Asosiy qism Korrelyatsion va regression tahlilning ekonometrik modellashtirishda qo’llanilishi


Korrelyatsion modelni tuzish bosqichlari



Download 131,47 Kb.
bet4/9
Sana15.06.2022
Hajmi131,47 Kb.
#672716
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Korrelyatsiya koeffitsiyentini amalda qo\'llanishiii

2. Korrelyatsion modelni tuzish bosqichlari.

Korrelyatsion modelni tuzish quyidagi bosqichlardan iborat:


1. Masalaning qo’yilishi va statistik ko’rsatkichlarini isbotlash.
2. Statistik ma’lumotlarni to’plash va ularni birlamchi qayta ishlash.
3. Juft bog’lanishlarni o’rganish.
4.Bog’lanish shakllarini tanlash va regressiya tenglamalari parametrlarini aniqlash.
5. Masalaning echish natijalarini statistik baholash va modelning iqtisodiy ma’nosi.
Korrelyatsion model tuzishning birinchi bosqichida tekshirish maqsadi shakllanadi, natijaviy va omilli alomatlar tanlanadi, boshlang’ich axborotni olish usuli haqidagi masala hal qilinadi va hokazolar.
Omilli alomatlar tanlash sabablari bilan aniqlanadi. Bu sabablarga hodisalar xususiyatini hisobga olish, model tuzishning maqsadi, boshlang’ich axborotning mavjudligi va boshqalar kiradi. Omillar orasida multikollinearlikning mavjudligi, ya’ni o’rganilayotgan ko’rsatkichni aniqlaydigan omilli alomatlar o’rtasida chiziqli bog’lanish mavjud ekanligini tekshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkita omil o’rtasida korrelyatsiya yuqori koeffitsientini ifodalaydigan chiziqli bog’lanish mavjud bo’lsa, u holda ikki axborotdan biri tanlab olinadi. Shuning uchun modelga omillardan biri kiritiladi.
Amalda omillarni ajratish ikki bosqichni tanlash yordamida amalga oshiriladi. Tanlashning birinchi bosqichida o’rganilayotgan hodisalar bilan mantiqiy bog’langan omillar tanlab olinadi. Ikkinchi bosqichda esa maxsus miqdoriy tahlil qilish yo’li bilan ana shu omillar orasidan modelga kiritish uchun asosiy omillar tanlab olinadi.
Ko’p omilli modellarni tuzishda o’rganilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi jiddiy bog’lanishlarni aniqlash hamda bog’lanishning eng qulay shakllarini ko’rsatish imkonini beradigan juft qonuniyatlar tahlili muhim bosqich hisoblanadi.
Juft korrelyatsiya koeffitsientlari ko’p parametrli modelning omil tanlash alomati hisoblanadi. Har doim, buni ko’pchilik olimlar qayd etishgan, natijaviy va omilli alomatlar o’rtasidagi yuqori koeffitsientli juft korrelyatsiyalar o’rganilayotgan ko’rsatkichga (mazkur omil) jiddiy ta’sir ko’rsatayotganligidan va shunga muvofiq ko’p omilli modelga kiritilishi lozimligidan dalolat beradi.
Omillarni uzil-kesil modelga kiritish maqsadida omilli alomatlar o’rtasidagi bog’lanishlarni miqdoriy baholash lozim. Omillar o’rtasida bog’lanish shaklini tanlashning uchta usuli mavjud:
– empirik usul;
– oldingi tadqiqotlar tajribasi usuli;
– mantiqiy tahlil usuli.
Analitik funksiya turini regressiyaning empirik grafigi bo’yicha aniqlash mumkin. Lekin mazkur grafik usulni faqat juft bog’lanish hollarida hamda kuzatishlar soni nisbatan ko’p bo’lganda muvaffaqiyatli qo’llash mumkin.
O’rganilayotgan iqtisodiy hodisalarning mantiqiy tahlili, bog’lanish shaklini asoslash va tanlashda asos bo’ladi. Shu bilan birga, o’rganilayotgan hodisani tavsiflash uchun eng qulay funksiyalar sinfini asoslash imkonini beradi. Bog’lanishli munosabat aniq shakllarini tanlash, iqtisodiy jarayon haqida boshlang’ich axborotning mavjudligiga bog’liq bo’ladi. Ayrim hollarda mantiqiy tahlil funksiyalar sinfini tanlash imkonini beradi. Bunday hollarda EHM yordamida, ma’lum funksiyalar saralanadi, model parametrlari aniqlanadi hamda natijalar bilan taqqoslanadi.
Mezon sifatida, odatda, ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti, Fisher mezoni va o’rta qiymatli approksimatsiya xatoligidan foydalaniladi.
Hisoblashlar ko’lamining ko’p bo’lishi, saralash algoritmining bo’lmasligi, bog’lanish shaklini tanlashda mazkur usuldan foydalanish, korrelyatsion usulning samaradorligini kamaytiradi.
O’zaro bog’lanish xarakteriga qat’iy funktsional ko’rinish berib bo’lmaydigan hollarda korrelyatsion va regression tahlil usullaridan foydalaniladi. Bunday hollarda natijaviy va omilli alomatlar o’rtasidagi bog’lanish o’rtacha qiymat tendensiya ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Korrelyatsiya koeffitsientlari bog’lanishni, regressiya tenglamasini va uning shaklini ifoda etadi. Regressiya tenglamalari parametrlari o’sish parametrlarini umumlashtirish yoki ma’lum tadqiqot natijasida o’sish ma’nosiga ega bo’ladi.
Normal taqsimot qonuni shaklida ifodalangan katta sonlar qonuni korrelyatsion va regression tahlilning nazariy asosini tashkil etadi.
Tahlildagi mavjud omillar natijaviy va omilli alomatlar uchun bir vaqtda butun majmua bilan matritsali shaklda qayd qilinadi, shuningdek, ular miqdoriy ifoda etiladi. Korrelyatsion va regrestsion tahlil uslubi doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Mazkur usul xususiy va ko’plikdagi bog’lanishlarni baholash, miqdor va sifat o’rtasidagi korrelyatsiya, chiziqli va chiziqsiz bog’lanishlar singari masalalarni qamrab olgan. Mana shu nazariya asosida zamonaviy ko’p o’lchamli statistik tahlil usuli, shu jumladan, ko’p o’lchamli omillar regressiya usuli singari, turli usullar rivojlanmoqda.
Analitik va sintetik xususiyat, amalda chyegaralanmagan tanlamalar hajmi bo’yicha omillarning katta sonini hisobga olish, ma’lumotlarni standart holatda tasavvur qilish imkoniyatlari korrelyatsion va regrestsion tahlil usulining muhim tomonlari hisoblanadi.



Download 131,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish