Asosiy qism i-bob. Felning leksik-grammatik xususiyatlari



Download 55,63 Kb.
bet2/7
Sana26.06.2022
Hajmi55,63 Kb.
#707116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA HARAKAT FE\'LLARI

Kurs ishining maqsadi: Hozirgi o’zbek adabiy tilida harakat fe'llarini ma’noviy guruhlarini o’rganib, asoslab berish.
Kurs ishining vazifasi: Hozirgi o’zbek adabiy tilida harakat fe'llarining ma’noviy guruhlarini tahlil qilish; tilimizda foydalanadigan harakat fe’llarini tahlil qilish; fe’l so’z turkumini yoritilishini adabiyotlar misolida talqin qilish.
Kurs ishining obekti: Mustaqil fe’l so’z turkumi
Kurs ishining predmeti: Hozirgi o’zbek adabiy tilida harakat fe'llari yoritilgan adabiyotlar
Kurs ishining hajmi: Kurs ishimiz kirish, asosiy qism, ikki bob, to’rt paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I-BOB. FELNING LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI.

    1. Fe’l so‘z turkumi haqida ma’lumot

Fe’lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta’kidlash mumkinki,fe’l asosiy so‘z turkumlaridan biri bo‘lib, o‘z ma’nosi, grammatik shakllari vasintaktik vazifalari bilan boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turadi. Fe’l ish-harakatni,mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bog‘laydi. Aynan ana shu xususiyati bilan fe’l undan yasalgan otdan farq qiladi. Fe’l quyidagi xususiyatlariga ko’ra mustaqil so’z turkumi sifatida xarakterlanadi:
1. Harakat, holat yoki jarayon sifatidagi leksik-grammatik ma’nosi.
2. O’ziga xos o’zak yasovchi quyidagi suffikslar va prefikslarga hamda leksik-grammatik so’z morfemalarga egaligi.
3. Fe’l boshqa so’z turkumlariga qaraganda so’z o’zgartirish va so’z yasash
borasida ancha rivojlangan, bunga sabab uning bir qancha grammatik kategoriyalarga egaligidir.
4. Fe’lning o’ziga xos tarzda bog’lanishi.
5. Gapda turlicha sintaktik vazifalarda kela olishi.
Fe’l - harakat, holat yoki jarayonni ifodalab, zamon, aspekt, mayl, nisbat,perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik kategoriyalarga ega bo’lgan so’z turkumidir. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir.
Grammatikada harakat ma’nosi juda keng bo‘lib, kelmoq, yurmoq kabi fe’llar
ifodalaydigan harakatlarni, uyg‘onmoq, turmoq kabi fe’llar ifodalaydigan holatlarni, hayratda qoldirmoq, xavotirlanmoq kabi fe’llar ifodalaydigan ruhiy o‘zgarishlarni gullamoq, ulg‘aymoq kabi fe’llar ifodalaydigan biologik jarayonlarni hamda shu kabi harakat va hodisalarni o‘z ichiga oladi.
Bularning hammasi o‘ziga xos xususiy tomonlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan tomoni ham mavjuddir, ya’ni ular zamon bilan bog‘liq holda yuz beruvchi hodisalar bo‘lib hisoblanadi. Fe’l mustaqil so’z turkumi bo’lib, u harakat, holat yoki jarayonni, ya’ni ma’lum bir belgining paydo bo’lishi va o’zgarishi kabi harakatni ifodalaydi.
Fe’lga xos bunday ma’nolarning barchasi uni boshqa so’z turkumlaridan farqlashga yordam beradigan umumiy harakat ma’nosiga borib taqaladi.
Yu.S.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo’ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so’z turkumi bo’lib hisoblanadi.
Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma’noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma’nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma’lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko’rsatadi.
Muhimi shundaki, fe’l o‘zida ma’lum bir vaqt davomida sodir bo‘ladigan harakatga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Bu xususiyatlar fe’lning shaxsli shakllarida
Fe’llarning so’z o’zgartiruvchi tizimiga alohida e’tibor qilsak, affiksatsiya usuli bilan yasaladigan suffiksli fe’llar ancha kamchilikni tashkil etishining va konversiya yo’li bilan yasaladigan qo’shma fe’llarning anchagina ko’pligining guvohi bo’lamiz.
O‘zbek tilidagi fe’llar leksik – grammatik xususiyatlariga ko‘ra mustaqil fe’llar va yordamchi fe’llarga bo‘linadi.
Mustaqil fe’llar harakatni bildiradi, mustaqil ma’noga ega bo‘lgan va gapda uning biror bo‘lagi vazifasida kela oladi.
Masalan: Topshirilgan vazifa muddatidan ilgari bajarildi.
Nafaqat o‘zbek tilida balki ingliz tilida ham mustaqil fe’llarning ot, sifat, ravish turlariga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllari bor. Masalan: Ishlash foydali yordamchi fe’llarga ega harakat bildirmaydi, mustaqil ma’no ifodalamaydi. Ular turli grammatik ma’no ifodalash uchun yoki boshqa vazifada qo‘llaniladi.
Yordamchi fe’llar asosiy xususiyatlariga qarab, so‘z yasash uchun xizmat qiluvchi va bog‘lanma fe’l vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar, fe’llarga birikib turli qo‘shma ma’no ifodalovchi fe’llarga ajratiladi.
Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi.
Fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham ikki guruhga bo‘linadi:
1) mustaqil fe’llar;
2) yordam-chi fe’llar.
Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’noga ega bo‘lib, nutqiy jarayonda biror gap bo‘lagi vazifasida ishlatiladigan fe’llardir. Mustaqil fe’llar turli grammatik kategoriyalarga birlashadigan sof fe’l va vazifadosh shakllardan tashkil topadi. Masalan: keldim — aniq nisbat, bo‘lishli, xabar mayli, o‘tgan zamon, birinchi shaxs, birlik kabilar muayyan grammatik kategoriyalarni ifodalovchi sof fe’llar hisoblansa; kelgan – sifatdosh, kelgach – ravishdosh, kelish -harakat nomi shaklida ekanligi esa fe’lning vazifadosh shakllaridir.
Yordamchi fe’llar mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, turli grammatik ma’no va vazifalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladigan fe’llardir. Yordamchi fe’llar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:
1) qo‘shma fe’l yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi fe’llar.Masalan:xabar qilmoq, xursand bo‘lmoq, tasdiq etmoq kabi;
2) kesim tarkibida bog‘lama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar.
Bu vazifadagi yordamchi fe’llarga :
a) leksik ma’nosini mutlaqo yo‘qotgan sof bog‘lamalar, ya’niedi, ekan, emish to‘liqsiz fe’llari kiradi;
b) leksik ma’nosini tamomila yo‘qotmagan bo‘ladi, bo‘lmaydi, deyiladi, hisoblanadi kabi bog‘lamalar kiradi;

3) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi ko‘makchi fe’llar: chiqo‘qib chiq, qol-uxlab qol kabi.


Fe’llarning bosh shakli uning o‘zak-negiziga –moq affiksini qo‘shish orqali yasaladi: o‘qimoq, ishlamoq, yozmoq, o‘tirmoq, o‘qib chiqmoq, bilib olmoq. Ular lug‘atlarda ham shu shaklda beriladi.

Download 55,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish