Asosiy qism i-bob. Felning leksik-grammatik xususiyatlari



Download 55,63 Kb.
bet6/7
Sana26.06.2022
Hajmi55,63 Kb.
#707116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA HARAKAT FE\'LLARI

2.2. Harakat fe’llari

Harakat konkret (harakatlantiruvchi ob'ektlar ko'rinib turgan) bo'lishi mumkin va nokonkret (harakatlantiruvchi ob'ektlar yashirin tusda) bo'lishi mumkin. Bunday harakatlarni biz shartli ravishda aktiv va passiv harakatlar deb oldik.


Asosan insonga xos harakatlar ko'zda tutiladi.
A. Konkret (aktiv) harakat. Oyoq, qo'l, yuz, og'iz, gavda harakatlarida harakatlantiruvchi ob'ektlar yaqqol ko'rinib turadi.
1. Oyoq harakati. Bu harakat asosan, 1) «yurmoq» fe'li bilan beriladi. Yurish harakatidagi turli xarakter va maneralarni ifodalashda esa har xil grammatik va stilistik usullardan foydalaniladi. Yurish, asosan, jonli predmetlarga oid. Yurish oyoqni (muayyan yuza ustida) harakatlantirish orqali bajariladi. Yurish harakatidagi turli holatlar (temp, intensivlik va ekspressiv- lik bilan aloqador holatlar)ni berishda ham asosan fe'llar ishlatiladi:
“yurmoq” — bu fe'l yolg'iz holda qo'llanganda yurish harakatidagi barcha usullarni, undagi (yuqorida ta'kidlanganidek) maneralarni ocha olmaydi. Buning uchun tilda leksik vositalar (ravishlarni qo'llash), morfologik vositalar (ravishdoshlar, ko'makchi fe'llarni qo'llash), sintaktik-stilistik usul- lar (tasviriy yo'llar bilan berish) ishga solinadi. «yurmoq» fe'lining o'zi ko'makchilik vazifasida kelganda yurish harakatidan ko'ra ham ko'proq boshqa ma'nolar kelib chiqadi.
2) Yurish usullaridagi turliliklarni, ma'no nozikliklarini ifodalashga xizmat etuvchi ko'makchi fe'llarning o'zi ham ayni vaqtda mustaqil fe'l vazifasida kelib «yurmoq» fe'liga sinonimik variant bo'la oladi. Mas., yo'rg'alab yurmoq — yo'rg'alamoq: La'li Bo'ronbek bilan yonma-yon yo'rg'aladi (H. G'ulom). Ayol manziliga yetay deganda, yo'rg'alab ketdi.
“yo'rg'alamoq” fe'li mayda qadamlar bilan tez va chaqqon yurish harakatini ifodalashda ishlatiladi. Ko'proq otning yurish usulini belgilaydi. Qiyos qiling: ot yo'rg'alab ketdi; yo'rg'a ot (bu haqda quyiroqda yana to'xtalamiz). Yurishdagi xususiyatlarni ifodalashdagi tasviriy usullar: bedana yurish qildi;, bedana qadam qilib ketdi va b.
“pildiramoq” (“pildillamoq”) fe'l formasi asosan bolaning yurish harakatini ifodalashda (ijobiy harakat yerda) ishlatiladi: Bola onasining oldiga tushib pildirab ketdi. Pildilla- volib yurib ketdi.
...Pildirashgan bolalar, bu kambag'al, lekin is- siqqina xona unga baxt maskani kabi tuyuldi (Oybek). Bu formadan ham tez va chahhon harakat, mayda hadam tashlash ma'nolari anglashilib turadi.
3) “yugurmoq”, “chopmoq”, “ohlamoq” (shev — katta-katta qadamlar tashlab yurmoq) fe'llari mustaqil ma'noli fe'llar bo'lishi bilan birga, yurish harakatidagi tezlikni, intesivlikni ifodalovchi fe'llar deyish ham mumkin. Bularning ravishdosh formalari, “bormoq”, “kelmoq”, “o'tmoq”, “ketmoq” kabi mustaqil fe'llar bilan qo'llanib keladi: yugurib bordi, chopib ketdi kabilar.
4) Yurish paytidagi — yurish harakati bilan bog'liq bo'lgan tana, gavda harakatlari ham ravishdoshlar orqali ko'rsatiladi, mas., Choyni keyin o'zingiz bafurja ichaverasiz,—dedi u lapanglab o'rnidan turayotgan Oyshabonuga (H. G'ulom). ...Ular dalaning o'rtasidan, qandaydir yashil sim tortilgan tayoqlar yonidan la- panglab, shoshmay kelishardi (A. Muxtor). U gandiraklab kelib G'ulomjonning chiroyli ko'zlariga tikildi (M. Ismoiliy).
Yurishdagi ayrim holatlarni ifodalashda yana shunday ravish va ravishdosh formalari qo'llanadiki, ular yurish uslubidan ko'ra ko'proq sub'ektning (yozuvchining) harakatni bajaruvchi shaxsga bo'lgan modal — ekspressiv munosabatlarini anglatishga xizmat etadi: Soli sovuq do'qong'laganicha chiqib ketdi (M. Ismoiliy). ...Qulaladan bir-ikki og'iz gap so'radi-yu, qo'lidan ushlab, yo'lakdan dikanglatganicha o'rta eshikka tomon olib bordi (A. Qahhor).
5) Yurish harakatidagi passivlik, sustlik tempini ifodalash uchun qo'llanuvchi maxsus fe'l formalari yo'q. Ular, ko'pincha, analitik, tasviriy formalar orqali ko'rsatiladi: Orif aka birdan majolsizlangan oyog'ini bazo'r sudrab, uyga qarab intildi (A. Muxtor). Shu kuyi ancha turgach, u bitta-bitta bosib, kombinat darvozasidan chiqib ketdi (Said Ahmad). “bitta-bitta bosib” ravishdoshi — asta, avaylab yurish, sirli yoki yashirincha harakat, ehtiyotkorlik bilan qadam qo'yish kabi ekspressivlik ma'no ottenkalarini beradi. Yana misol: Jannat xola o'rnidan turdi-da, bitta- bitta bosib, ko'cha eshigidan tashqariga qaradi (Said. Ahmad).
6) Yurish bilan bog'liq bo'lgan “tentiramoq”, “tentimoq” fe'llari yurish usulini belgilamaydi balki, bular yurish harakatini bajaruvchining salbiy maqsadini yoxud biror bemaqsad harakatni ifodalashda qo'llanadi: ...Uning (aroqxo'rning) ko'cha- ko'yda tentirab yurishi, hatto, yo'l bo'yida o’chib qolishi ham birovning diqqatini jalb qilmaganiday, ... (A. Qahhor). Bezori tong otguncha qaylardadir bemaqsad tentiradi.
“gandiraklamoq” fe'li yurish harakatidagi anormallikni ko'rsatadi. Bu ko'proq sub'ektning fizik holati bilan bog'liq bo'ladi: U gandiraklab-gandiraklab borib, jarlikka yumalab ketdi.
7) Yurish harakati asosan oldinga tomon bo'ladi. Olg'a qaragan holatda orqaga yurish esa tisarilmoq fe'li orqali ifodalanadi. Bu, asosan, otlarga nisbatan (asl formasi — tiss+la) ishlatiladi: Bexos oldidan chiqqan ilondan cho'chib ot biroz orqa- ga tisarildi. Boshqa o'rinlarda ham qo'llanishi uchraydi: U tomog'iga sovuq havo tiqilganday, bir entikdi, yuragi shuvullab, beixtiyor orqasiga tisarildi (H. G'ulom).
8) Hayvonlarning yurish harakatlarini ifodalashda ham deyarli yuqoridagi fe'llar ishlatiladi. Faqat otlarning yurishiga xoslashgan fe'llar esa “yo'rtmoq”, mas., Nigora chavkarini yo'rttirib ketayotib, qo'l siltadi (S. Anorboev). “yo'rg'alamoq”, mas., Qatta yo'lga chiqqandan keyin toy, ...bir qiyomda yo'rg'aladi (A. Qahhor). Lekin keyingi “yo'rg'alamoq” fe'lining funktsiyasi kengaygan.
“lo'killamoq” fe'li aslida tuyaning yurish harakatiga xos. Qo'llanishda bu fe'lning ham funktsiyasi kengaygan. “shataloq otdi”, “chichang'ladi” kabi fe'llar esa ot va sigir kabi hayvonlarning yugurish, tepinish harakatlarini ifodalab keladi.
9) “o'rmalamoq” (shev.— o'rmoq) fe'li hasharotlarning yurish harakatini ifodalaydi: qurt o'rmaladi, o'rgumchak o'rmaladi, chumoli o'rmaladi,
Badiiy asarda obrazli tasvir va o'xshatish vositalarida bu formaning inson va hayvonlar uchun qo'llangani uchraydi. Mas., Avtomat ko'krakka botardi, ...sirg'anchiq ildizlarni ushlab o'rmalar edik (A. Muxtor). Ufqdan berida o'rgimchakday o'rmalab arava kelar edi (A. Qahhor).
10) Ma'lumki, rus tilida odam va hayvonning yurish harakati bilan (arava, poezd, avtomobil` kabi) predmetlarning yurish harakati boshqa-boshqa fe'llar vositasida beriladi. O’zbek tilida esa har ikki harakat uchun bir “yurmoq” fe'li qo'llanaveradi. Mas., Poezd yura boshladi. Bu daryoda paroxodlar ko'p yuradi va b. Odatda, g'ildirakli yoki g'ildiraksimon predmetlarning yurish harakati “g'ildiramoq”, “g'ildiratmoq” fe'li bilan ham ifodalanadi. Biroq bu fe'lning qo'llanishi chegaralangan bo'lib, passiv xarakterga ega: aravacha pastlikka g'ildirab ketdi. Bola g'ildiragini g'ildiratib o'ynadi.
11) “yurmoq” fe'li predmet uchun qo'llanganda, logik qonuniyatga ko'ra orttirma nisbat formasini olishi lozim edi, ya'ni, poezd yurdi — poezdni yurgizdi (poezd yurgizildi) — poezdni faqat bajaruvchi shaxs yurgizadi. Lekin poezd yurdi deyilganda, o'sha ma'no anglashilaveradi.
“Yurmoq” ma'nosining ko'chishida, o'zga ma'no kasb etishida kontekstning, undagi kelishik formalariniig (boshqaruv formasi- ning) roli katta. Mas., poezd yurdi — poezdda yurdik — poezdgayurdi. Chog'ishtiring: yo'l yurdi — yo'ldan yurdi — yo'lga yurdi va b.. Bularning hammasi «daraja ma'nosining kontekstual ifodala- nishi» (A. M. Peshkovskiy) mumkinligini ham ko'rsatadi.
Buning konkret ko'rinishlari o'zbek tilshunosligida hali ishlangan emas. Yuqoridagi misollarda “yurmoq” fe'li o'z asl ma'nosida ham. qo'llangan, ta'kid ma'nosida ham. Ba'zi birikmalar esa bu holda idioma hosil qilgan. Qiyoslang: poezd yurdi — poezdning yurish harakati, poezdda yurdik — ta'kid: boshqa transportda emas (logik urg'u birinchi so'zda), so'ng, faqat yo'l yurdik emas, “(poezdda) sayr qildik”. Yana misol: Yo'l yurdi — bunda yurish harakati va (izoh) masofa (yo'l-ob'ekt) ma'nosi bor. Io'lda yurdi —_ bunda ko'proq “komandirovkada” yoki “umuman safarda bo'lish” ma'nosi anglashiladi. Yo'lga yurdi (yo'limga yurdi, yo'liga yurdim)_ko'chgan ma'nodagi idiomatik ibora — “aytganimni qildi”, “so'ziga kirdim” kabi. Qiyos qiling: so'zimga yurdi.
12) “yurmoq” fe'li nisbat formalarini olganda quyidagi ma'no ottenkasini beradi. Mas., yurishmoq: ishi yurishmadi_“omadi kelishmadi”. Bolaning ichi yurishmadi va b.
13) “yurmoq” fe'li birga bo'lmoq, birgalikda vaqt o'tkazmoq ma'nosida qo'llanadi: Yaxshi bilan yurdim — yetdim murodga yomon bilan yurdim — qoldim uyatga. Yigit qiz bilan yuradi.
14) Biror yo'lni tutish ma'nosini berishda turli so'zdar bilan birikkan holda qo'llanadi: To'g'ri yurmoq, sayoq yurmoq, Pok yurmoq. Shularga o'xshash: jim yurmoq, indamay yurmoq, kelib-ketib yurmoq va b.
15) “yurmoq” ko'makchi fe'l vazifasida kelganda yoki turli ko'makchi fe'llar bilan asosiy fe'l vazifasida kelganida rang- barang ma'no ottenkalarini beradi: har narsani o'ylab yuradi. Bilib yuradi. Bizni mashinada olib yurdi. Anchagacha javrab Yurdi!”Yurmoq” fe'li yana quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
2) Ba'zi bir o'yinlarda termin tarzida (surmoq, tekislamoq kabi so'zlarga sinonim bo'lib) qo'llanadi: Yurish sizdan. filni yuring. Tuzni yuraman.
Yurish harakatidagi intensivlik, tezlik turli ravIsh va boshqa fe'llar bilan ko'rsatiladi: yugurmoq, chopmoq, yelmoq (shamolga o'xshatish) kabi. Yurish harakatiga bo'lgan ekspressivdik va modallikni ifodalashda quyidagi fe'llardan foydalaniladi: zing'illamoq, zimbillamoq, pildiramoq, g'izillamoq kabilar.
Oyoq bilan yana tepish, tepkilash, toptash, depsish harakatlari bajariladi.
2. Qo'l harakati va uning ifodalanish usullari. Qo'l Harakati avvalo mehnat ma'nosi bilan, qolaversa munosabat va turli Ekspressiv, emotsional, modal ma'no ottenkalari bilan aloqadordir. Lekin shunisi borki, qo'l harakatida (oyoq bajargan yurish harakati singari) o'ziga xos dastlabki harakatni tasavvur etish qiyin. Shunday bo'lishiga qaramay, bu harakatda qo'lning predmetga yo'naltirilishini ko'zda tutib, ushlash harakatini qo'lga xos dastlabki harakat deb belgilash mumkin: qalamni ushlamoq, qoshiqni ushlamoq, toshni ushlamoq, devolni ushlamoq, tangani ushlamoq kabi. Misolda keltirilgan predmetlarning barchasiga bir “ushla moq” fe'li
qo'llanmoqda. Aslida predmet shakliga qarab qo'lning harakat shakli ham bir qadar o'zgaradi. Demak, bu turlilikni “ushlamoq” fe'li o'z ma'no doirasiga sig'dira oladi. Harakat maqsadiga va ekspressivlik vaziyatiga qarab bu fe'l o'rnida sinonim variantlar qo'llanishi mumkin. Mas., siqimlamoq, changallamoq, qisimlamoq, chimchimoq kabi. Analitik formalar qo'llanadi: qo'ltiramoq, qo'l tekkizmoq, qo'lga qismoq, qo'l uchi bilan ushlamoq va b.
Bu harakatning bajarilish sifatini ochishda, uning xarakteristikasini belgilashda, sub'ektning harakat jarayonidagi va- ziyatini aniqlashda turli (leksik, morfologik)vositalardan va stylystik usullardan foydalaniladi: Masalan, maxsus aniqlovchi so'zlar qo'llanadi. Ravishlar (bo'sh ushladi, qattiq ushladi, mahkam ushladi, sekin ushladi), ravishdoshlar (changallab ushladi, siqib ushladi), ko'makchi fe'llar (ushlab oldi, ushlab qoldi) va b.
“Ushlamoq” fe'lning ba'zi grammatik, semantik xususiyatlari shunday: bu fe'l ob'ektli va aktiv nisbatlanish xususiyatiga molik. Ko'chgan ma'nolarda ishlatilganda: 1) “qo'lga tushirmoq”, “tutmoq”, “tutib olmoq” ma'nolarini beradi. Mas., Josusni ushlab ketishdi. O’g'rini ushlab olishdi. U chegaradan o'tayotgan paytida ushlanibdi.
2) “fosh bo'lmoq”, “sir ochilmoq”, “sharmanda bo'lmoq”: ikkalasini ushlab olishibdi. Xatini ushlashibdi.
3) “o'lja qilmoq”, “ov qilmoq”: Juda katta baliq ushladik. Ovchilar ikkita kiyik ushlashibdi.
4) “ovlava qilmo”: Kecha bozorda savdogarlarni ushlashibdi.
5) “ushlamoq” fe'li turg'un birikmalar, frazeologizmlar' tarkibida kelib turlicha ko'chgan ma'nolar kasb etadi: ...etagini mahkam ushladi. Ishxonada biroz ushlanib qoldim. Uni milisiyada ikki kun ushlab turishibdi. Maoshimdan o'n so'm ushlab qol- di. Bolamni biroz ushlab turing va b.
Keltirilgan misollardagi “ushlamoq” fe'liga ko'p o'rinlarda “tutmoq” fe'li stilistik sinonim bo'la oladi.Ta'kid ma'nosi uchun “ushlamoq” fe'li qo'l so'zi bilan birga qo'llanadi: O’z qo'lim bilan ushlab ko'rdim. Cho'g'ni qo'li bilan ushladi-ya. Bunda ma'lum darajada pleonazm hodisasi ko'rinadi.Chunki ushlash harakatini faqat qo'l bajaradi. Qiyos qiling: O’z ko'zim bilan ko'rdim. Qo'l bilan bajariladigan boshqa harakatlar: silamoq (siypalamoq), uhalamoq, chimchilamoq, qitiqlamoq, changallamoq, shapaloq lamoq (shapatilamoq), mushtlamoq, no'qmoq, chertmoq, tirnamoq, qisimlamoq, hovuchlamoq va b.
Bu fe'llarning xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, ular majhullik nisbati formasini oladilar-u, o'zlik nisbati formasini qabul qila olmaydilar. Qo'l harakatini ifodalaydigan fe'llardan faqat qashimoq (qashinmoq), qichimoq (qichinmoq) kabi fe'llargina o'zlik nisbati affiksini ola oladi. Ayrimlarida esa o'zlik nisbati ma'nosi tasviriy usul bilan (o'z so'zini qo'llash yo'li bilan) ifodalanadi.
Qayd etilgan fe'llar kontekstda, badiiy tilda ko'chgan ma'nolarda keladi. Mas., Otam yetimlarning boshini siladi. Mungli kuy yurakni tirnar edi. Bahor shabbodasi dillarni qitiqlaydi kabi.
Insonning qo'l harakati ba'zan ekspressiv-emotsional holat, ob'ektga bo'lgan modal munosabat tufayli bajariladi. Mas., shapaloqlamoq, (shapaloq tortmoq, shapaloq tortib yubormoq), mushtlamoq (musht tushirmoq), chimchilamoq, tirnamoq (shev.— timdalamoq), o'ymalamoq, yumdalamoq va b. Lekin ob'ektga bo'lgan munosabatga qarab (harakatning yo'naltirish maqsadiga ko'ra) bu fe'llar ekspressiv-emotsional ma'nosini yo'qotishi ham mum- kin. Bunday ma'nolar kontekstda konkretlashadi: xamirni musht- lamoq, oynakni tirnamoq, dutorni chertmoq kabi.
Qo'l bilan aloqador bo'lgan urish, turtish, no'qish harakatlari ayni vaqtda biror predmet — “qurol” vositasida ham bajarilishi mumkin. Shuning uchun bularda harakat xarakteri konkret emas. Kontekstda aniqlashadi.
Shox tirnab ketdi, mix tirnab ketdi kabi misollarda “tirnamoq” fe'li funktsional
qo'llangan. Chunki bunda predmet ta'sirida yuz bergan ob'ektiv holat (jarohat) bilan qo'l harakati ta'sirida yuz bergan ob'ektiv holat o'xshash.
Qo'l harakatini ifodalashda qo'llanuvchi analitik (tasviriy) formalar: chapak chalmoq, qo'lni shiqillatmoq, qo'lni paxsa qil- moq, qo'lni bigiz qilmoq, qo'lni silkitmoq (xayrlashganda) va b.
3. “Xatti-harakat” (“qiliq” — jest`) va uning ifodalanish usullari. Sub'ekt o'zining psixologik holat va munosabatini mimikadan tashqari yana turli qo'shimcha xatti-harakat bilan ifodalaydi. Bunday xatti-harakatlar (“qiliqlar”) oyoq, qo'l, tana, bosh harakatlari vositasida yoki ularning kompleksida ifodala- nishi mumkin. Sub'ekt o'zining ruhiy holatini ob'ektiv borliqda, o'zgaga bo'lgan ekspressiv, modal munosabatini o'zining xatti- harakatlari, qiliq (jest`)lari orqali ham bildiradi. Demak, xatti-harakatlar ma'lum ma'no ifodalaydi.
Yozuvchi asar personajlarining “xatti-harakat”larini umumiy bayonda yoki avtor remarkasida (izohida) tasvirlaydi. Masalan,
1) Bosh harakati: Saida boshini quyi solib jim qoldi (A. Qahhor). Bunday xatti-harakat oddiy (ekspressiyasiz) ifodada “engashdi”, “boshini engashtirdi” tarzida berilaveradi. Lekin badiiylik (badiiy uslub), o'zgacha ifoda (perifraza) nuqtai naza- ridan bu xatti-harakat “boshini quyi soldi” shaklini oladi. Bu iborada “solmoq” fe'lining qo'llanishi mantiqan (“solmoq”ning asl lug'aviy ma'nosiga nisbatan) nomuvofiq hisoblanadi, ya'ni, solmoq aslida — yuqoridan pastga tushirilgan bir predmetni boshqa predmet ichiga kiritmoq, qo'ymoqdir. Demak, solmoq muayyan misolda solintirmoq funktsiyasida qo'llangan.
Qiyoslang: Hamma Saidiyning so'zini ma'qullar, ammo muddaoga kelganda boshi- ni chayqar edi
(A. Qahhor). Rais bosh irg'itdi-da, yana ishida davom etdi. G'ulomjon Qudratga yer ostidan qarab qo'ydi, Qudrat boshini silkdi (M. Ismoiliy). Nuri ma'noli kulib, boshini tebratib, uning orqasidan qarab qoldi (Oybek). Keltirilgan misollarda, yozuvchilar bosh harakatini ifodalashda turli ma'nodagi fe'llardan foydalanganlar. Bu fe'llarning deyarli hammasi ham ekspressiv holatlardagi bosh harakatini ifodalashga xos fe'llar emas. Faktik materialning statistik tomonini hisobga olganda boshqa variantlarga nisbatan, “bosh chayqamoq” variantining ko'p qo'llanganligi aniqlandi. “Chayqamoq” fe'li ikki xil formada chaymoq (kir chaymoq, og'izni chaymoq), chayqamoq (chayqatmoq), (suvni chayqamoq) qo'llanadi. Bu fe'lning “bosh chayqamoq”, “daraxtlar shamoldan chayqaldi” iboralarida qo'llanishi badiiy tilga xos.
Yuqoridagi misollarda keltirilgan (“tebratmoq”, “chayqatmoq”, “irg'itmoq” va b.) fe'llarning hammasi ham boshning ikki xil harakatini ifodalashga xizmat etadi: a) ikki yonga qarata qilingan (inkor, e'tiroz, hayajon, afsus, alam, achinish kabi ma'nolarni anglatuvchi), takrorlanuvchi gorizontal harakat,
b) boshning yuqoridan pastga tomon vertikal ravishda qilingan harakati. Bu harakat odatda tasdiqni, ma'qullashni, fikrga qo'shilishni ifodalashga qaratiladi. Bunday xatti-harakat ko'pincha, “bosh irg'itdi” (varianti: “bosh irg'atdi”) va “bosh silkitdi” (“bosh silkdi”) iboralari orqali beriladi. Tasdiq va inkor ma'nosini bunday yo'l bilan ifodalashni eng qadimgi (hatto go'daklik paytlaridan o'zlashgan) odat deyish mumkin. Lekin lug’aviy ma'noga e'tibor berilsa, bu fe'llar ko'rsatilgan xatti- harakatlarni ifodalashga to'g'ri kelmaydi:
“irg'itmoq”. Qiyos qiling: toshni irg'itmoq (bu misolda predmetni bir o'rindan boshqa o'ringa yubormoq, ko'chirmoq). “Silkitmoq”, qiyos qiling: daraxtni silkitmoq, gilamni silkitmoq takrorlanuvchi harakat. Ammo bosh harakatini ifodalashga ham bu fe'llar normallashib qolgan.Bosh bilan bog'liq bo'lgan xatti-harakat yana boshqa fe'l formasi bilan ham ifodalanadi.
Mas., Ikromjon boshini sarak- sarak qildi, jahl bilan ko'kragiga mushtladi (Said Ahmad). Buperifrastik forma — sarak-sarak qilish [sar — toj. “bosh” +ak (?)] odatda go'dakning bosh harakatiga (kilig'iga) nisbatan qo'l- lanadi. Bu fe'l bildirgan harakat ham “bosh chayqatdi”, “bosh tebratdi” iboralari anglatgan xatti-harakatga deyarli teng. Bularning hammasi sinonimik (stilistik) variant bo'lib, ekspressiv-emotsionallikni ifodalashga xizmat qiladi.
Sub'ektning turli ekspressiv holatini anglatish uchun qiladigan xatti-harakatlari boshqa tasviriy usullar bilan ham beriladi. Misollar: Sizlar katta boy ekansizlar, besh kunlik dunyoda davri-davron suring!—deb Nuri achchig'idan boshini boshqa tomonga burdi (Oybek). Munisxon “qandoq bo'lar ekan” deganday, boshini bir yoqqa tashladi. (A. Qahhor). Ko'rinib turibdiki, yozuvchi demoqchi bo'lgan maqsadini personajning bosh harakatini tasvirlab oldindan izohlab bergan. Qiyoslang:— Balli,— Fazliddin boshi bilan xotinining so'zini ta'kidladi (Oybek). Bu misolda esa yozuvchi “ta'kidladi” fe'lini berish bilai boshning harakatidagi ma'noni ham izohlab qo'ya qolgan. Yuqorida aytib o'til- ganidek, ta'kidlash, ma'qullash, tasdiqlash holatlarida boshning harakati vertikal yo'sinda bo'ladi.
Hayajonlanish, alamlanish, kuyish, tutoqish, o'ylanish, eslash, biror javobga tayyorlanish va shu kabi psixologik holatlarda — bosh qashish, bosh changallash, soch (yuz) yulish, boshga (peshonaga) urish, peshonaga niqtash va hokazo xatti-harakatlarning ifodasi shunga mos keladi: Beda o'rib qo'yish kerak edi-ku.— Boshini qashidi Yormat (Oybek).— Ha aytganday, peshonasini qashib gapirdi boyvachcha (Oybek). Orif aka tirsagini stolga tirab, mangla- yini kaftiga qo'ydi (A.
Muxtor). To'lagan qop-qora qo'li bilan do'ng peshonasini ishqab, “gapiraveraymi?” deganday atrofiga qaradi (A. Muxtor).
Demak, sub'ektning ekspressiv-emotsionallik bilan bog'liq bo'lgan bosh harakatini ifodalashda deyarli hamma ifodada bosh qismigagina xos bo'lganda “boshini egmoq”, “boshini engashtirmoq”, “boshini solintirmoq” tarzida “bosh” so'zi qo'shib aytiladi.
2) Turli (e'tiroz, g'azablanish, do'q, po'pisa kabi) psixologik ma'nolarni sub'ekt qo'l, yelka harakatlari bilan ifodalaydi:— Qo'ying, pashshadan fil yasamang!—Inobat qo'lini bir siltab shartta o'rnidan turdi (O. Yoqubov).
— Ortiq! Ho', Ortiq!— deb Qambar ota o'g'liga qo'l silkidi (P. Qodirov). Bu misoldagi “qo'l silkidi” iborasi ekspressivlikni emas, chaqirish, o'ziga chorlash ma'nolarini anglatmoqda.
Qiyoslang: Kuzatayotganda, xayrlashayotganda ham odatda qo'l silkitiladi — Oq yo'l! — Botirali do'stiga qo'l silkidi (H. G'ulom). ...Soraxon qo'l siltab,— onamning o'zlari ham urishqoqlar,— dedi (A. Qahhor). Sub'ekt o'zga haqida (salbiy) fikr bildirayotganda, sub'ektiv baho berayotganda, achchiqlanganda qo'l ishoralari bilan fikrini to'ldiradi.—Satqayi gap senga!—dedi Qamchi Karvonga ko'l siltab (H. G'ulom).
“Qo'l siltamoq” iborasida “siltamoq” fe'li turli formalarga ko’ra oladi: siltamoq, silkmoq, silkimoq, silkitmoq va b...: Agar qiz mujmal javob bersa, u vaqt qo'lingni siltaysan-da,yuraverasan (Oybek).
Qo'l harakatlari sub'ektning ob'ektga bo'lgan turli munosa- batlarini anglatadi: Tog'a qo'lini ko'tarib g'ala-g'ovurni bosdi (Said Ahmad).Ekspressiv, modal munosabatlardagi qo'l harakatlari (ko'rsatkich barmoq bilan o'qtalgansimon harakat qilish, qo'lni paxsa qilish harakati va b.) o'xshatish tipidagi turli idiomatik, frazeologik iboralar orqali ifodalanadi. Qamchi qo'lini paxsa qilib gapiraverdi (H. G'ulom).— Hoy, battol, imonga til tegiz- ma!—dedi Mahdum, qo'lini G'ulomjonga bigiz qilib (M. Is- moiliy).
“Niqtamoq” ham qo'l harakatiga xos fe'l formasidir (bu biror predmet (masalan, tayoq) vositasida bo'lishi ham mumkin): So'ngra egri barmog'i bilan uning peshonasiga niqtab:— Peshonangga yer bitgan bo'lsa, olasan...—dedi (A. Qahhor) va b.Ikki qo'lni qorin ustiga qo'yib (qovushtirib) turish vaziyati (poza) itoatkorlik va o'zgalarga nisbatan hurmat va umuman mulozamat belgisi sifatida bajariladi. Bu xatti-harakat “qo'l qovushtirdi” turg'un birikmasi orqali ifodalanadi. Mas., Qozi domla qo'l qovushtirib turib gapirdi (M: Ismoiliy).
— YO, tavba, o'zi-ya!—deb yoqa ushlaydi bobo (Shuhrat). Yoqa uchlarini qo'li bilan changallash odat bo'yicha ajablanish, hayrat- .lanish kabi psixologik holatlarni ifodalovchi majoziy xatti- harakat hisoblanadi. “...yoqamni ushlabman” turg'un iborasi “hayron qolibma” iborasi o'rnida qo'llana oladi. Bu ibora qo'llanganida yoqa ushlash harakati bajarilmasligi ham mumkin (Qo'l harakatining asosiy tomonlari yuqorida berilgan).
3) Sub'ekt yelka harakatlari (yelka mimikasi) orqali ham o'zining his-hayajonlarini, modal, ekspressiv munosabatini anglatadi. Bu xatti-harakat quyidagi iboralarda aks etadi: Ibodat yelkasini uchirdi:—Bilmadim endi... (O. Yequbov). Asad bu ishdan bexabarday yelkasini qisadi (H. Nazir). Bu ikki ibora bir tipdagi xatti-harakatni ifodalaydi, lekin birinchisida (“yelkasini uchirdi”da) harakat qisqa, tez bajarilish, ikkinchisida (‘yelkasini qisdi”) harakat nisbatan sust va davomli xarakterga ega. Yana misol: Jo'ra qo'llarini yoyib, yelkasini ojizona qisib umid- siz ekanini ifoda qildi (Oybek) va b.
Ta'sirchanlikni oshirish uchun “hayron qoldi” va “yoqasini ushladi” iboralari birga ishlatiladi:—...O’g'lim!—dedi Norboy ota Avazga.— Sening mol tanishingga hamma hayron qolib yoqasini ushlar edi (P. Qodirov). Yo'lchining so'zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi: Astog'furullo! (Oybek).
4) Insonning o'tirish holati (vaziyati, pozasi) o'ziga xos bir necha xil ko'rinishlarga ega: Hammalari tosh oldida yerga cho'kka tushdilar,... (Oybek). Bunday o'tirish ko'proq erkaklarga xos....Yefreytor... o'tirib, uzun oyoqlarini chalishtirdi (Oybek). Oyoqlarni faqat ma'lum o'tirish holatida stulda o'tirganda chalishtirish mumkin. Bu (chalishtirmoq) fe'l formasi boshqa funktsiyada deyarli qo'llanmaydi. Bu fe'lning (o'zining bosh nis- batiga qaraganda) ma'nosi toraygan. Qiyoslang: chalishtirmoq — chalmoq. Utirish holatidan yana biri: “chordana qurmoq”. Mas., Avaz poygakga kelib chordona qurib o'tirdi (P. Qodirov).
5) Gavda bilan bog'liq bo'lgan vaziyat (poza)ni ifodalovchi o'ziga xos fe'llar mavjud: Mas., g'o'daymoq. Bu fe'l formasi gavdaning tik holatini tasvirlaydi. Qo'chgan (salbiy) ma'noda ham qo'llanadi. Quyidagi fe'l formalari ham gavdaning tik holatini tasvirlaydi: Nihoyat g'oz turib, fonarga cho'zildi (H. G'ulom). Nimaga serrayib turibsan, ro'dapo (M. Ismoiliy).
...Yarog'-aslahali ikki to'ra zinada qaqqaydi (Oybek).
“Serraymoq”, “qaqqaymoq” fe'llari gavda vaziyati va sub'ektning ob'ektga bo'lgan salbiy ekspressiv munosabati bilan bog'liq bo'lib, jonli' nutqda aktiv qo'llanadi.— Arslonbek aka, ...men sizning jiyaningizni intizomsiz dedim... Qalandarov do'g'aydi.— Nima qipti intizom- siz bo'lib? (A. Qahhor). Bu (do'g'aydi) fe'l formasi yozuvchi tili- ga xos bo'lib, umumxalq nutqida ishlatilmaydi va b.
6) Yetish vaziyatini ifodalashda ham ayrim fe'l formalarining shunga moslashganligini ko'ramiz: “Uzalmoq”, “cho'zilmoq” (stilistik sinonim): Maysa ustiga uzala cho'zilib, qattiq “uh” tortdi. (Oybek). Bir past cho'zilib damingizni oling. Qo'rpacha ustiga uzala tushdi.Pastga yoki yuqoriga qarab yotish holatlari ba'zi ravish va ravishdoshlar orqali tasvirlanadi:
Chalqancha yotdi yoki osmonga qarab yotdi, muk tushib yotdi. Badiiy tilda “ko'kragini zaxga berib yotdi” formasi ham ishlatiladi va b.
4. Gapirish harakati va uning ifodalanish usullari. Gapirish insonga xos xarakatlardan biri. Gapirishni harakat deb aytilishiga sabab — bu jarayonni og'iz (til + bo'g'iz) + tovush ob'ektla- ri vujudga keltiradi. Gapirish — fikr ifodalash (kommunika- tiv aloqa) uchun bajariladigan ifodali harakatdir. Mas., u gapirdi — demak, “u fikr ifodaladi”. Bu harakat ekspressiv-emotsional holatlari, sub'ektning sub'ektga (tinglovchiga) bo'lgan modal, aloqa munosabatlari bilan bog'lih bo'ladi. Shu tufaylidan bu harakatni ifodalashda nuth fe'llarining o'zigina yetarli bo'lmaydi. Gapirish paytidagi insonga xos mane- ralarni, umuman gapirish usullarini, ichki ruhiyat, modal muno- sabatlarning nutqda aks etishini, sub'ektning nutqiy kamchiligini va shu kabilarni berishda tildagi fonetik, morfologik, leksik vositalardan, leksik-stilistik usullardan foydalaniladi. Ya'ni harakat xarakterini ochishda, ko'pincha, ravish va ravishdoshlar, so'zlarning leksik variantlari, sinonimlari, frazeologizmlar, stilistik, tasviriy usullar qo'llanadi:
1) Leksik-morfolo- gik vositalar.
a) Ravishlar. Nutq fe'llari oldidan ravishlar qo'llanilib kelganda gapirish harakatining xarakteri, tempi, intensivligi, qisqa yoki davomliligi, so'zlovchining gapirish ma- nerasi va shu kabilar aniqlanadi, harakat konkretlashadi. Mas., Orif aka o'tirgan joyidan uning darg'azab yuziga qarab yumshoq gapirdi (A. Muxtor). Bunda predmetning sifat belgisiga xos bo'lgan yumshoq so'zi (ravish) ko'chgan ma'noda qo'llanib, gapirish usulini belgilamoqda. Lekin bu o'rinda yumshoq ravishi ancha keng ma'no va vazifani o'z zimmasiga olgan. Yumshoq gapirdi deyilganda — birinchidan, gapirish jarayonida ovozning pasay- ganligi, so'zlarning tanlab qo'llanganligi anglashilsa, ikkinchidan, so'zlovchining tinglovchini avaylab, unga ehtiyotkorlik bilan yondoshganligi va shu singari nozik ma'no ottenkalari anglashilib turadi.— Biz xalq bilan ish ko'ramiz,— Botirali yotig'i bilan gapirdi (H. G'ulom). Bunday—“ot+bilan ko'makchi”li konstruktsiya “gapirmoq” fe'li oldidan qo'llanganda psixologik holatni, munosabatdagi ehtiyotkorlikni ifodalaydi. ... Bodrov... Bektemirga bir zum tikildi-da, shaxdam va aniq gapirdi (Oy- bek). Bundagi shaxdam va aniq ravishlarining ma'no va funktsiya- siga diqqat qiling. Elchibek... jonliroq gapira boshlaganini o'zi ham payqadi (A. Muxtor). ...Yig'i aralash gapirdi chol (Oybek).
b) Ravishdoshlar. Bu vosita orqali ham gapirish harakati- ning turli usullari, sub'ektning gapirish jarayonidagi ekspres- siv-emotsional holati, modal munosabati va shunga o'xshashlar aniqlab beriladi. Mas., G'ulomjon bo'g'ilganga o'xshash bir tovush bilan jerkib gapirdi (M. Ismoiliy). Oyshabonu jig'ibiyroni chiqib gapirdi (H. G'ulom). ...xotin-qizlarga eskicha qarash to'g'ri- sida juda kuyib-pishib gapirdilar (A. Qahhor) .•— Ha, san izvoshni qo'tsq^— ovozini pasaytirib, deyarlik shivirlab gapirdi Lut- finiso,... (Oybek). Qeyin to'lqinlanib, zavqlanib gapirdi (M. Is- moiliy).— Oq podshohning g'aznasidan chiqqan hamma pul juhud- da, stakanga kon`yakni to'ldirib, pixillab gapirdi Jamolboy (Oybek). Pixillab ravishdoshi gapirish harakatini aniqlab kelganda, odatda, tovushning xastaligi (bo'g'iqligi) tushunilishi bilan birga gavdaning semizligi, nosog'lomlik, keksalik holati kabi qo'shimcha ma'no ottenkalari ham anglashilib turadi.
2) Fonetik variantlar: bidirlamoq — bijirlamoq. Bu ikki fe'l ma'no va funktsiya jihatidan bir-biriga yaqin keladi. Bijirlamoq varianti, ko'pincha, bolalar nutqiga nisbatan erkalab aytiladi: Voy bijirlamay qolgur. To'ng'illamoq — do'ng'illa- moq — po'ng'illamoq formalari fonetik variant hosil qiladi. Ma- salan, po'ng'illamoq fe'li ham gapiruvchi, hamda uningnutqiga nisbatan salbiy munosabat, bepisandlik nuqtai nazaridan qo'llanadi. Bunda ham yuqoridagi fe'llardagi kabi nutqning noravonligi, mu- nosyabatdagi qo'pollik, ovozdagi dagallik kabi ottenkalar aks eta- di: U Akmalga po'lg'illadi:— Men yeb, sen quruq qolganday nima qilib turibsan bir chetda? (O. Yoqubov). Bunda yozuvchi personaj nutqidagi salbiylikni yanada bo'rttirish uchun nutq tekstini ham shunga moslab tanlagan.do'ng'illamoq fe'lida ko'proq nutqiy qo'pollik va ovoz dag'al- ligi aks ettiriladi: U rasta bo'lgan o'spirin tovushi bilan do'ng'illadi (M. Ismoiliy).to'ng'illamoq fe'li o'zining ma'no va funktsiyasi jihatidan do'ng'illamoq fe'liga deyarli teng keladi. (Qiyos qiling: to'ng' odam — dag'al odam). Mas., A'zam tirnogini tozalayotgan odamday beparvo to'ng'illadi:—Bitimga qilamanmi? (Shuhrat). Bu misol- da ham nutq teksti diqqatga sazovordir.
G'o'ldiramoq (g'uldiramoq) fe'li biror ichki ta'sir (hayajon- lanish, qo'rqish, tahlikalanish) yoki tashqi ta'sir (birovdan uya- lish, siri bosish kabilar) natijasida talaffuzdagi noravonlikni, tushunarsiz, tugallikka ega bo'lmagan nutqni ifodalashda qo'llanadi. Shuning bilan birga bu fe'lning qo'llanishida ham nutq ijrochisiga bo'lgan ekspressiv-modal munosabatlar anglashilib turadi. Mas., To'g'ri gap oldida tili tutilgan boy g'o'ldiradi (H. G'ulom).— Kelinning... emizikli bolasi borligi vaji- dan...— qizarib g'o'ldiradi u (“Mushtum”),
Nutqdagi bunday anormallik — g'o'ldirash kishidagi turli ruhiy-psixologik holatlar bilan birga, patologik holatda ham yuz berishi mumkin.
Yuqorida qayd etilgan fe'llar taqlidiy xarakterga ega bo'lgani uchun takroriy qo'llanish xususiyati ham bor: ming'ir-ming'ir qildi, bidir-bidir qildi, g'o'ng'ir-g'o'ng'ir qildi, g'o'ldir-g'o'ldir qildi kabi.
3) Leksik-stilistik vositalar.
a) Leksik sinonimlar. Gapirmoq fe'li o'zinyng so'zlamoq, aytmoq, demoq (deb aytmoq) kabi leksik sinonimlariga (leksik variantlariga) ega (bulardan ayt, so'zla fe'llarining qo'llanishi gapirmoq fe'liga nisbatan qadimiyroqdir).So'zlamoq fe'li qo'llanish jihatidan adabiy nutqqa xos bo'- lib qolganligi tufayli gapirmoq fe'li bilan stilistik farqhosil qilgan. So'z ham ko'pincha, jonli nutqda gap shaklida qo'llangani kabi gapirmoq fe'li jonli nutqda ham, adabiy tilda ham teng qo'llanaveradi.
So'zlamoq fe'li oldidan qo'llanib, harakat usLubini belgi- lovchi, xarakterini ochuvchi ayrim leksik, morfologik elementlar gapirmoq fe'li oldidan qo'llanuvchi xuddi shunday elementlardan deyarli farq qilmaydi. Mas., Ichkaridan g'ovur-g'uvur ichida allakimning biyron-biyron so'zlayotgani eshitilib turardi (H. G'ulom). Shokir ota yana o'zining qo'li qisqaligidan ...g'oyat kuyunib so'zladi (Oybek). Qanday tushlar ko'rganini labi-labiga tegmay so'zlay ketdi (A. Qodiriy).
Aytmoq, demoq, deb aytmoq fe'llari jonli va adabiy nutqda ¦birdek ishtirok etaverishiga qaramay, yana o'z stilistik xususiya- tiga, qo'llanish o'rniga ega Masalan, aytmoq fe'lida bayon, informatsiya berish ma'nolari kuchli. Ashula aytdi misolida aytdi fe'li o'rnida yuqorida keltirilgan fe'llardan birortasini qo'llab bo'lmaydi. To'yga aytdi misolida aytmoq, chaqirmoq, taklif qilmoq ma'nolarida. Shunga o'xshash nutq so'zladi birik- masidagi so'zladi fe'lini boshqalari bilan almashtirib bo'l- maydi. Dedi, deb aytdi fe'llarida esa umumiy ijrodan ko'ra yakunlash, xulosalash, izohlash ma'nolari ustun.
b) Stilistik sinonimlar. Shunisi diqqatga sazovorki, hara- katni xarakterlashga xizmat qiluvchi ayrim vositalar (ravish, ravishdoshlar) o'zi gapirmoq, so'zlamoq fe'llariga stilistik sinonim bo'lib qo'llana oladi.
Bunday holatda harakat manerasi yordamchi elementlarsiz ham tushunarli bo'laveradi: ming'irlab gapirmoq — ming'illamoq singari.Salbiy xarakterga ega bo'lgan stilistik variantlar: vaysa- moq (vaysalamoq), valdiramoq, vaqillamoq va hokazo. So'zlovchining (yozuvchining) biror shaxsga uning nutqiga nisbatan bo'lgan salbiy (modal) munosabati tufayli yoki bepisandlik natijasida uning nutqi, gap-so'zi shu tarzda xarakterlanadi. Mas., Ko'p valdiramasdan lo'nda qil gapni: bu yog'i qandoq bo'ladi (O. Yequbov). Ko'zlari qisiqqina qizcha o'tirib olib nimalardir deb javrayapti (Said Ahmad). ...Do'konga kelib nonni, tushgan pulni sanaydi, pul ba'zan kam kelsa kerak, javraydi (A. Qahhor).— Bas, ko'p vaqillama!—dedi Mahdum, qo'l siltab (M. Ismoiliy). U, Gulnorning “uchchiga chiqqan” takabburligi, hech kimni nazarga ilmas- ligi to'g'risida vaysadi (Oybek). Bolalar yopishavergach, xaltani ochishga majbur bo'ldi-da, labini burib vaysay boshladi (Oybek).
Vaysamoq, javramoq fe'llari yuqorida sanab o'tilgan (salbiy ottenkaga ega) ma'no xususiyatlaridan tashqari. o'git-nasihatqilmoq, e'tiroz bildirmoq, uqdirmoq, tayinlamoq, va'zxonlik: qplmoq kabi qator ma'no ottenkalari bilan ham bog'liq.
Keltirilgan fe'llarda so'zlovchining gapirish manerasini belgilovchi ma'nolar yo'q. Unda keragidan ortiq gapirish, ezma- lik qilish, ayni mavzuni ko'p takrorlash kabi ma'no ottenkalari aks etadi.
Ming'irlamoq (ming'illamoq), bidirlamoq (bidillamoq), to'ng'illamoq, do'ng'illamoq, po'ng'illamoqlar ham shular jumlasi- dandir: Mirzakarimboy asta o'rnidan turdi. “Yorasulillo” deb ming'irladi (Oybek). Ming'illamoq fe'lining ma'nosi asosan salbiy. Bunda yana nutqning nokonkretligi, lo'nda emasligi, talaffuz zaifligi, ovozning pastligi kabi nozik ottenkalar ham yaks etib turadi.
Bidirlamoq (bidillamoq) fe'li asosan salbiy munosabatda qo'llanadi. Bunda ko'proq tez gapirish, gapirib tashlash, mahma- donachilik qilish, qoqvoshlik singari ma'no ottenkalar anglashiladi: Xotin bo'lsa tilini bir qarich qilib Urinboyga bidir- layapti (H. Nazir).
Jonli tilga xos bo'lgan “qaqillamoq” fe'li nutq bilan bog'- liq bo'lib, o'zida turli salbiy ma'no ottenkalarini (qaqajon- lik, o'zboshimchalik, o'zinikini ma'qullash kabilarni) aks ettiradi: Mushtumdek boshingdan buncha qaqillaysan.
Nutq va ovoz ma'nosini aks ettiruvchi fe'llar: pichirlamoq,. shivirlamoq, shipshimoq, (shipshitmoq). Bunday nutqda ovoz. (ovozning jarangdorligi) past bo'ladi. Harakat xarakteri o'ziga xos. Mas., Xotin... boshini chayqab pichirlar edi:— Qo'ying,... qo'- ying (A. Qahhor).
Hayot darrov orqasiga o'girilib, yarim shipshi bilan pichirladi (M, Ismoiliy).
Pichirlamoq, shivirlamoq fe'llarida yuqoridagi xususiyat- lardan tashqari, nutqdagi, suhbatdagi sirlilik, intimlik, g'iybat, chaqma-chaqarlik kabi ma'no hamda hamsuhbatlarnipg sirdoshligi, yaqinligi kabi semantik ottenkalar aks etadi: Munis- xon eshikni zichlab, Saidiyning qarshisiga o'tirdi-da unga tomov engashib pichirladi (A. Qahhor). Xunukkina, qotma, oriq mashinachi menga qarab sekin shivirlaydi — yaxshi toycha bor, suluv toy- cha. ...— deb (Oybek). Uning yonida o'tirgan Ismoiljon sekin tur- tib: «Hamma vaqt ahvol shu» deb shivirlaydi (A. Qahhor).
Pichirlamoq, shivirlamoq fe'llari ma'nosidan ovoz jarang- dorligining pastligi anglashilib turishiga qaramay, stilistik maqsadda sekin, asta, yarim tovush bilan, qulog'iga kabi ravishlar qo'llanadi. Bundan tashqari, masofa yaqinligi o'z-o'zidan taqozo etilishiga qaramay, yaqin kelib, qulog'ining tagiga kelib, qulog'iga kabi tushuntirish elementlari ishlatilishi mumkin: Ur- tog'im qulog'imning tagiga kelib nozarur gaplarni pichirlab o'ti-shivirladi.
Ovozni pasaytirib gapirish harakatiga xos fe'llar bo'lgani kabi ovozni ko'tarib gapirishga xos fe'llar ham mavjud: shan- g'illamoh, o'shhirmoq, baqirmoq, bo'kirmoq kabilar (bularning hammasi tovushga taqlid so'zlardan yasalgan). Bu fe'llar subyektning ekspressiv-emotsional holatlarini, muomaladagi qo'pol- likni va so'zlovchining (yozuvchining) personajga bo'lgan modal (salbiy) munosabatini aks ettiradi. Mas., Mingboshi, jahli chi- qib, bolalarga o'shqirdi:— Uningni o'chir, haromilar (M. Is- moiliy).— Sholining sirini ochgan ham shu fohisha!— Boy tobora avjiga chiqib bo'kirardi (H. G'ulom).— Ishvoshlaring shunaqa tomshoqmi-a?—o'tirgan zamon shang'illadi xotin (Oybek).
Baqirmoq, bo'kirmoq, shovqinlamoq, qichqirmoq fe'llari ko'- pincha ovoz + nutqni (ya'ni baland ovoz bilan gapirishni) ifoda- laydi. Qichqirmoq, chinqirmoq, chiyillamoq, hayqirmoq kabi fe'llar nutq+ovozni ifodalashi bilan birga bola yoki ba'zi hayvonlarga nisbatan qo'llanganda faqat ovozni aks ettirishi ham ¦mumkin. Mas., Utap darvozadan dalaga chiqib, otlarning yonida turgan uch qoraga qichqirdi:—Qiringla-ar-o! (H. G'ulom). Bu o'rinda ovozni ko'tarib (qichqirib) gapirish (chaqirish) harakati sub'ekt bilan ob'ekt orasidagi masofaning uzoqligi tufayli yuz bergani anglashiladi.
Shu fe'llarga yaqin keladigan, ya'ni, o'z mazmunida nutq va tovushni ifodalaydigan yana bir gruppa fe'llar (analitik vo- sitalar) borki, ular ko'proq modal-ekspressiv munosabatlarda qo'llanadi. Bular, masalan, sub'ektning (hamsuhbatning) gapiga o'sha zamoni javob qaytarish, urishib tashlash, talab solish, og'- zidan chiqishi bilan qaytarib yopishtirish kabi ekspressiv-munosabat ma'nolarini aks ettiradi: Qirg'iz unamadi, bag'illab ber- di (A. Qahhor). Erining so'ziga Uzbek oyim ortiqcha qizishadi, labi-labiga tegmay bobillab beradi (A. Qodiriy).
“Qayirib tashlash”, “og'ziga urish” kabi analitik formalar ham shular jumlasidandir.Jonli so'zlashuvda, javob bermadi, gapirmadi inkor fe'l- lariga “indamadi” (“undamadi: ui —ovoz, undamoq — ovoz bermoq) fe'li sinonim bo'lib keladi. Bu fe'l bo'lishli formada deyarli qo'llanmaydi: Siz ham borasizmi desam indamadi.
3) Nutq protsessini tasvirlashda turg'un birikmalar, frazeo logizmlar, tasviriy usullar ishlatiladi: Samovar qaynab tur- gan edi, bitta choy damlang degan gap og'zimdan chiqib ketibdi (A. Qahhor). Bu frazeologik ibora gapirish harakatini uning xarakterini ifodalash bilan birga, kutmaganda, o'plamasdan, bilmasdan, birdaniga kabi ekspressivlik ma'nolarini va nuqiy kamchilikni ham aks ettiradi.— Pritseli qo'yiqli, xotirjambo'lavering,— mamnun javob berdi Turdiev rus tilini yarimta- yurimta qilib (Shuhrat).— Xotining nuqul o'sha behayo Hulkar bilan pichir-pichir qilib yuradi (P. Qodirov). Bunday tasviriy usullarda gapirdi, dedi, aytdi, so'zladi fe'llari ko'pincha ishla- tilmaydi. Ammo, mazmundan gapirish ma'nosi anglashilaveradi.
Demak nutq jarayonini, gapirish harakatini vujudga kelti- ruvchi ob'ektlar — og'iz (til + bo'g'iz)+tovush. Gapirishning turli usullari, harakat xarakteri, sub'ektning gapirish manerasi — leksik, grammatik, fonetik vositalar, leksik-stilis- tik usullar bilan beriladi.
Og'iz + tovush vositasida bajariladigan harakatlar doirasi- ga yana: o'qish, kuylash, xushtak chalish harakatlarini kiritish mumkin. Bunday harakatlar ham ma'lum maqsadga qaratilgan, ifodali harakat bo'ladi.
Bulardan tashqari, insonning og'iz va yafasi vositasida: puf- lash, tuflash, esnash, aksirish, yo'talish; og'iz vositasida chaynash, kavshash, so'rish, yutish kabi harakatlar bajariladi. Bular faqat tabiiy, jismoniy holatlar bilan bog'liq, ifoda ma'- nosi yo'h.Harakat fe'llariga yana kulish, mimika, yig'lash, qarash fe'llarini, eshitish, ko'rish, sezish kabi sezgi fe'llarini kiri- tish mumkin. Qarash fe'li hamda barcha oezgi fe'llari nokon kret (passiv) harakat ifodalovchilar doirasiga kiritiladi.
Bu fe'llarning analizi navbatdagi ilmiy ishlarimizda beriladi.tilda nutq fe'llari (gapirmoq9, so'zlamoq, aytmoq, demoq) orqali tasvirlanadi.

XULOSA:
Hozirgi o’zbek adabiy tilida fe’l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi:
1. Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to‘kdi va boshqalar.
2. Тafakkur fe’llari: o‘ylaydi, o‘qidi, kashf qildi kabi.
3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi.
4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo‘ldi, qayg‘urdi, iztirob chekdi.
5. Nutq fe’llari: gapirdi, so‘zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming‘irladi, do‘ng‘illadi.
6. Ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko‘zini qisdi va boshqalar.
7. Jismoniy holat fe’llari: og‘ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog‘aydi, kuchaydi, charchadi kabi.
8. Тabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.
9. Ko‘rish fe’llari: qaradi, ko‘rdi, boqdi, termuldi.



Download 55,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish