Real sektordagi iqtisodiy vaziyatni baholash integrallashgan hisobkitoblar asosida quyidagi 3 ta yo‘nalishni qamrab oladi:
Real sektor rivojiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, pul-kredit tizimi holati, soliq-budjet tizimi, davlatning investitsion siyosati, mamlakatning to‘lov qobiliyati holati ta’sir qiladi. Real sektor rivojini, natijada iqtisodiy o‘sishni moddiy ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilashga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar miqdori hamda innovatsiyalar ta’minlaydi. Bundan tashqari, bozor iqtisodiyoti sharoitida real sektorga mamlakatning moliyaviy sektori holati ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, foiz stavkalari darajasi, fond birjalari, sug‘urta tizimi va boshqalar.
Yalpi ichki mahsulot va uni hisoblashning usullari. Makroiqtisodiy tahlilda statistika va milliy hisobchilik tizimida qo‘llaniladigan ko‘pgina iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Milliy hisobchilik tizimi doirasida ba’zi bir asosiy statistik agregatlardan iqtisodiy faollikni makrodarajada o‘rganish uchun keng qo‘llaniladi. Milliy ishlab chiqarish hajmini belgilab beradigan va mamlakat darajasida iqtisodiy faoliyat natijalarini baholaydigan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich – bu yalpi ichki mahsulot(YaIM)dir. Uningdinamikasi milliy iqtisodiyot qanday darajada rivojlanayotganligini, ya’ni hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatga doir chora-tadbirlar qanchalik samarali ekanligini baholash uchun ishlatiladi. Yalpi ichki mahsulot (Gross Domestic Product - GDP) deganda, yil davomida iqtisodiyotda (mamlakat ichkarisida) ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovar va xizmatlarning umumiy bozor qiymatiga aytiladi. YaIMni hisoblashning usullari. YaIM ni hisoblashda 3 xil usulni qo‘llash mumkin:
хarajatlar usuli (oxirgi ishlatilishi bo‘yicha hisoblash usuli);
daromadlar usuli (taqsimlash usuli);
qo‘shilgan qiymat bo‘yicha hisoblash usuli (ishlab chiqarish usuli).
Yuqorida aytilganidek, yalpi mahsulotning MHTdagi asosiy ko‘rsatkichlari bular:
Yalpi daromadning MHTdagi asosiy ko‘rsatkichlari esa:
milliy daromad (MD);
shaxsiy daromad (ShD);
ixtiyordagi shaxsiy daromad (IShD).
MHTning barcha asosiy ko‘rsatkichlari yil davomida iqtisodiy faoliyatning natijalarini joriy yil narxlarida aks ettiradi va shuning uchun ular nominal ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Ammo nominal ko‘rsatkichlardan o‘zaro mamlakatlar yoki bitta mamlakatning turli davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini qiyoslash uchun foydalanish mushkul, chunki ular narxlar darajasi ta’siri ostida bo‘ladi. Bunday qiyoslashni faqatgina o‘zgarmas (solishtirma yoki bazis) narxlarda hisoblangan real ko‘rsatkichlar (ishlab chiqarishning real hajmi va daromadning real darajasi) orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Shu sababli nominal va real (narx darajasi o‘zgarishidan xolos bo‘lgan) ko‘rsatkichlarni alohida o‘rganish va ularni tushunib olish muhim ahamiyatga ega. Nominal YaIM – bu joriy narxlarda, ya’ni ushbu yil narxlarida hisoblangan ko‘rsatkich bo‘lib, u qiymat ko‘rsatkichi hisoblanadi va shuning uchun narxlar darajasining o‘zgarishi uning kattaligiga ta’sir ko‘rsatadi. Nominal YaIMga ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi:
Real YaIMni hisoblash uchun esa nominal YaIMni unga ta’sir etuvchi narxlar darajasidan «xolos etish» lozim bo‘ladi. Real YaIM – bu qiyosiy narxlarda, ya’ni o‘zgarmas yoki bazis yil narxlarida hisoblangan yalpi ichki mahsulotdir. Bunda bazis yil qilib istalgan yilni olish mumkin, ya’ni tanlangan bazis yil joriy yildan oldin ham, undan keyin ham bo‘lishi mumkin (masalan, 2000 yil uchun real YaIMni hisoblash uchun 2018 yil narxlari bazis yil qilib olinishi mumkin yoki aksincha. 2018 yil uchun 2000 yil narxlari bazis yil deb qabul qilinadi). Shunday qilib, real YaIM quyidagicha aniqlanadi: Real YaIM = (Nominal YaIM / YaIM deflatori) x 100%
Milliy farovonlikni baholashning muammolari MHTdagi ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot va yalpi daromadni faqatgina miqdor jihatdan hisoblab beruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanib, ular bir qator kamchiliklardan holi emas. Masalan, ular ilmiy-texnik taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishning salbiy jihatlarini hisobga olmaydilar, bundan tashqari YaIM va MD ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq darajada ortadigan farovonlik, hayot sifati darajasini aks ettirmaydi. Farovonlik darajasini aniqlashda odatda a) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM (GDP per capita), ya’ni YaIM / mamlakatdagi aholi soni; yoki b) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi MD (NI per capita), ya’ni MD / mamlakatdagi aholi soni ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Mamlakatlarni o‘zaro ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiyoslash uchun ularni nisbatan qat’iy valutada, ya’ni AQSh dollarida hisoblash amaliyotda keng tarqalgan. Ammo ushbu yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar ham mukammal hisoblanmaydi va hayot sifati darajasini aniq belgilab bera olmaydi. Ularning asosiy kamchiliklari:
a) ular o‘rtacha tenglashtirilgan (agarda bitta kishida ikkita avtomobil, ikkinchi bir kishida umuman avtomobil bo‘lmasa, u holda har birida o‘rtacha bittadan mavjud deb hisoblanadi);
b) ular farovonlik darajasining ko‘pgina sifat jihatlarini hisobga olmaydi (bir xil kattalikdagi MDga ega ikki mamlakat turlicha: savodxonlik darajasi, umr kechirishining davomiyligiga ko‘ra, salomatlik va o‘lim darajasi, jinoyatchilik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqlanishi mumkin);
v) ular dollarning turli mamlakatlar uchun turlicha sotib olish qobiliyatiga ega ekanligini rad etadi (1 dollarga AQShda va masalan, Hindistonda turli hajmdagi tovarlarni xarid qilish mumkin);
g) ular iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlarini hisobga olmaydi (atrof-muhit ifloslanish darajasi, shovqin, gazlar bilan ifloslanganlik darajasi va boshqalar).
Qisqасhа хulоsаlаr Milliy hisoblar tizimi (MHT) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va boyligi ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy darajada umumlashtirish va tahlil qilish uchun konseptual va statistik asosni yaratadi. Asosiy hisoblar ishlab chiqarish, iste’mol, sarmoyaning jamg‘arilishi, daromadlarning taqsimlanishi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Aktivlar va passivlar balansi milliy boylikning barcha tarkibiy qismlari – nomoliyaviy, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslar va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish imkonini beradi. 1993 yilgi MHTni yangilash jarayoni rasman 2009 yilning mart oyida nihoyasiga yetdi, o‘shanda yangilangan versiya BMT Statistika qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |