Asosiy makroiqtisodiy qiyosiy tahlil. Reja: kirish



Download 1,76 Mb.
bet5/11
Sana09.07.2022
Hajmi1,76 Mb.
#759213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Asosiy makroiqtisodiy qiyosiy tahlil kurs ishi

Moliyaviy sektor – bu qarz olish va uni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to‘plamidir.

Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug‘urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsion kompaniyalar, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi. Real sektorda YaIM ni asosiy qismi yaratiladi. Butun real sektor iqtisodiyotining umumiy holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD) kabilar hisoblanadi.


Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Shu sababli, real sektordagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni milliy iqtisodiyot holatiga bog‘liq ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yerosti va yerusti boyliklari zaxiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
2. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular bandlik, ishsizlik, inflatsiya, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar.
3. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaIM va uning harakat shakllari).
4. Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular YaIM da iste’mol va jamg‘arma nisbati, ish haqi va boshqa omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqalar.
Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishining mohiyati va tasnifi Iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibi mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining asosini tashkil etadi. Iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlarida iqtisodiy vaziyatni aniq tasavvur qilish, uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini hisobga olish muhim iqtisodiyijtimoiy ahamiyatga ega. Real sektor iqtisodiyoti tarkibi – bu milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko‘rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo‘ladilar. Real sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, zamon va bozor talabidagi o‘zgarishlarga nisbatan moslanuvchan iqtisodiy subyektlar faoliyati yig‘indisidan iboratdir. Iqtisodiyotni real sektoriga mahsulot ishlab chiqarish bilan, nomoddiy boylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sohalari ham kiritiladi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab real sektor infratuzilmasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish sohalari va bozor xizmat ko‘rsatish sohalaridan tarkib topadi. Iqtisodiyotning real sektoriga quyidagi moddiy va nomoddiy boyliklar yaratish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalari kiradi: - sanoat; - qishloq xo‘jaligi; - qurilish; - transport va aloqa; - boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari. Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri hisoblanadi va iqtisodiyotning barcha sohalariga sezilarli ta’sir qiladi. Xizmatlar sohasi – bu bir tomondan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarining assortimenti bo‘lsa, ikkinchi tomondan tashkilotlar va yakka ijrochilar majmuasi bo‘lib, ular xizmat ko‘rsatish faoliyati doirasida iste’molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko‘rsatishadi. Xizmatlar sohasi tarkibida yetakchi o‘rinlarni transport xizmatlari, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, savdo xizmatlari, mehmonxona va turistik-ekskursiya xizmatlari egallaydi. Bulardan tashqari xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibiga kommunal xizmatlar, maishiy xizmatlar, avtomobillarni ta’mirlash xizmatlari, tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar ham kiradi. Shuningdek xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibida bank, moliya va sug‘urta xizmatlari ham salmoqli o‘rin egallaydi, lekin ular iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga taalluqlidir. Real sektor tarkibiy tuzilishini takomillashtirish va unga ta’sir etuvchi omillar Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish – bu milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir. Tarkibiy o‘zgartirishlar uzluksiz yuz beradi, ularni rag‘batlantirish iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Hozirgi davr yangi texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o‘zgartirishlarni yuzaga keltiradi.Shu bois tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash islohotlarni chuqurlashtirishning muhim jihati deb baholash zarur. Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish butun milliy iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish davlatning ko‘magida rivoj topadi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin.Shuning uchun yirik tarmoqlarga investitsiyalarni davlat yo‘naltiradi va shu boisdan tarmoqlar boshqalarga nisbatan jadal o‘sib boradi.Muhim tomoni shundaki, iqtisodiyot tarkibini o‘zgartirish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy shartidir.Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish boshqa sohalarning ham o‘sishiga olib keladi. Masalan, neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi neft-gaz sohasining rivojlanishi bilan birgalikda, kimyo sanoati tarmoqlarining ham rivojlanishiga zamin yaratiladi. Bu nafaqat energiya manbalarini eksport qilish imkonini beradi, balki turli kimyoviy xomashyo moddalari va tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga imkon yaratadi. Iqtisodiyot real sektori tarkibini o‘zgartirish mamlakat eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Tarmoqlar rivojida yangi davr boshlanadiki, bu soha korxonalari ham bozor mexanizmi asosida rivojlanadi, o‘z-o‘zini moliyalashtirish qoidasi amal qiladi, chunki iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘liga aytilgan tarmoqlar ham tortiladi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish