Asosiy makroiqtisodiy qiyosiy tahlil.
REJA:
KIRISH.
I.BOB. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi, ko`rsatkichlar tahlilini uslubi va uslubiyati. O`zbekiston Respublikasida amalga oshirish jarayonlari.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi va uni amalga oshirish yo'llari.
Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tahlilini uslubi va uslubiyati.
Makroiqtisodiy tahlil natijalarini boshqarish va O`zbekiston Respublikasida amalga oshirish jarayonlari.
Xulosa va takliflar.
Foydanilgan adbiyotlar.
.KIRISH.
Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni yechish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda tahlil qilish, o‘rganish dolzarb vazifadir.Mamlakatni iqtisodiy holatini, o‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlarini zarurligini, samarasini baholashda iqtisodiy tahlil juda katta ahamiyatga ega. Tahlilni muhim vazifalaridan biri bo‘lib mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni modellashtirishning sifatini oshirish, o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatni natijalarini aniqlashdir. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri bolib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlab berishga yordam beradi. Ushbu muammoli ma’ruzalar matnlarini vazifasi bo‘lib, milliy iqtisodiyotni ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o‘tkazishda foydalanadigan usullari to‘plamini o‘rgatish hisoblanadi. Ushbu kurs ishimizda mamlakatda ishlab chiqarishdagi tovar va xizmatlarni jami hajmini hisoblash, inflatsiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, tolov balansini va valuta almashtiruv kursini tahlil qilish usul va uslublari hamda ulami prognoz qilish muammolari va ulami yechimini topish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Makroiqtisodiy tahlil ko‘rsatilgan iqtisodiy agregatlarni o‘zgarishlarini tushuntirib, iqtisodiyotda kutilmagan o‘zgarishlarni oldini olish va chora-tadbirlarni ko‘rish uchun mamlakat mamuriyatiga belgilarini ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘ygan. Mamlakatda sodir bo‘ladigan hollarni aniq tahlili va undan keyingi zarur bo‘ladigan siyosatni ishlab chiqish, aniq iqtisodiy va statistik ma’lumotlari sistematik ravishda to‘planishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |