1.2. Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tahlilini uslubi va uslubiyati
Uslub (approach) – bu bir necha usul va tamoyillar yig‘indisi hisoblanib, ular orqali tadqiqot maqsadiga erishish yo‘llari belgilanadi. Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining turli bosqichlarida tadqiqotning turli xil uslublaridan foydalanilgan (formal-logik, dialektik va boshq. ) va hozirda ham ulardan zamonaviy tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, bunday umumiy uslub va tamoyillarga: abstraktlashtirish (mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish, umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali o‘rganiladi. Makroiqtisodiy tahlilning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning eng muhim tamoyili umumlashtirish hisoblanadi. Iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va uning qonuniyatlarini, iqtisodiyotni bir butun darajada o‘rganish faqatgina umumlashtirish yoki agregatlash (aggregation) tamoyili orqali amalga oshiriladi. Makroiqtisodiy tahlil agregatlashni talab etadi.
Agregatlash – alohida elementlarni bir butun agregatga birlashtirishni ifodalaydi. Agregatlash: makroiqtisodiy agentlar, makroiqtisodiy bozorlar, makroiqtisodiy bog‘liqliklar, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Iqtisodiy agentlarning nisbatan tipik harakatiga asoslangan agregatlash to‘rtta makroiqtisodiy agentlarni ajratib beradi:
Bozorlarni agregatlash (aggregation markets) har bir alohida bozorda amal qiluvchi qonuniyatlarni aniqlash, ya’ni: talab va taklif shakllanishi xususiyatlarini va har bir bozorda uning muvozanat shartlarini tadqiq etish; talab va taklif nisbatlari asosida muvozanat narx va muvozanat hajmni aniqlash; har bir bozorda muvozanat o‘zgarishi oqibatlarini tahlil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Bozorlarni agregatlash to‘rtta makroiqtisodiy bozorni ajratish imkonini beradi:
Milliy hisoblar tizimi ijtimoy soha va iqtisodiyot, jamiyatdagi institutsional sektorlar va tarmoqlar uchun ham statistik ma’lumotlarni olish va tahlil qilish imkoniyatini nazarda tutadi. U jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni miqdoriy o‘lchash, qiyosiy va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkonlarini yaratadi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va boyligi ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy darajada umumlashtirish va tahlil qilish uchun konseptual va statistik asosni yaratadi. Asosiy hisoblar ishlab chiqarish, iste’mol, sarmoyaning jamg‘arilishi, daromadlarning taqsimlanishi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Aktivlar va passivlar balansi milliy boylikning barcha tarkibiy qismlari – nomoliyaviy, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslar va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish imkonini beradi. 1953 yilgi MHT xalqaro darajada tan olingan dastlabki standart edi. Keyinchalik u 1968 va 1993 yillarda yangilandi. Milliy hisoblar standarti u yoki bu darajada majburiy bo‘lgan shartli qoidalarni o‘zida mujassam etadi. Masalan, ishlab chiqarish chegarasi to‘g‘risidagi qoida undan uy xo‘jaliklari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xizmatlarning ko‘rsatilishini istisno etadi; o‘z navbatida, aktivlar chegarasi to‘g‘risidagi qoida ulardan uy xo‘jaliklari tomonidan ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun foydalaniladigan tovarlarni, hatto ulardan ko‘p yillar mobaynida foydalanish mumkin bo‘lsa-da, chiqarib tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |