2.5.Uskunalardan foydalanish tahlili
Uskunalardan foydalanishni yaxshilash fond qaytimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Uskunalardan foydalanish tahlilida, avvalo, korxonaning uskunalar bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanish to‘liqligini tekshirish zarur. Jami uskunalar mavjud, o‘rnatilgan va ishlatilayotgan kabi turlarga ajratiladi. Mavjud uskunalarga qayerda bo‘lishi (sexlarda, omborda) va qanday ahvolda bo‘lishidan qat’iy nazar korxonada mavjud barcha uskunalar kiritiladi. O‘rnatilgan uskunalar – bu sexlardagi yig‘ilgan va ishlatishga tayyorlangan uskunalardir. Shuni ham nazarda tutish lozimki, o‘rnatilgan uskunalarning bir qismi zaxirada, konservatsiyada, rejadagi ta’mirda va modernizatsiyada bo‘lishi mumkin. Ishlatilayotgan uskunalar – bu ishlatish vaqtidan qat’iy nazar hisobot davrida haqiqatda ishlatilayotgan barcha uskunalardir. Uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish ikki yo‘l bilan ta’minlanadi: • ekstensiv (vaqt bo‘yicha); • intensiv ( quvvati bo‘yicha). Uskunalarning ekstensiv yuklama darajasini tavsiflash uchun uni ishlatish vaqtining balansi o‘rganiladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: • kalendar vaqt fondi – uskunalarni ishlatishning maksimal mumkin bo‘lgan vaqti (hisobot davridagi kalendar kunlar soni 24 soatga va o‘rnatilgan uskunalar birligi miqdoriga ko‘paytiriladi); • rejim vaqt fondi – (o‘rnatilgan uskunalar birligi miqdori hisobot davridagi kalendar kunlar soniga va smenalilik koeffitsiyenti hisobga olingan holda kunlik ish soati miqdoriga ko‘paytiriladi); • rejaviy fond – reja bo‘yicha uskunani ishlatish uskunaning rejaviy ta’mirda va modernizatsiyada bo‘lishga oid rejimli vaqtidan farq qiladi; • ishlangan vaqtning haqiqatdagi fondi. Haqiqatdagi va rejadagi kalendar vaqt fondini taqqoslash uskunani ishga tushirish bo‘yicha rejaning muddat va miqdor bo‘yicha bajarilish darajasini; kalendar va rejim vaqt fondini taqqoslash – smenalilik koeffitsiyentini oshirish hisobiga uskunalardan yaxshiroq foydalanish 263 imkoniyatini, rejim va rejaviy vaqt fondini taqqoslash – ta’mirlashga vaqt sarfini qisqartirish hisobiga yuzaga keladigan vaqt zaxiralarini aniqlashga imkon beradi. Uskunalarni ishlatish vaqtidan foydalanishni tavsiflash uchun quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi: • kalendar vaqt fondi
– K k.f. = Tf : Tk; • rejim vaqt fondi
– K r.f. = Tf : Tr; • rejaviy vaqt fondi
– K p.f. = Tf : Tp; • kalendar fondda turib qolishlarning ulushi :
Ud.pr = PR : Tk. Bu yerda,
Tf, Tp, Tr, Tk – mos ravishda uskunalar ish vaqtining haqiqatdagi va rejaviy, rejim va kalendar fondlari; PR – uskunalarning turib qolishlari. Bir martalik tekshiruv ko‘rsatadiki, tahlil qilinayotgan korxonaning birinchi sexida vaqt bo‘yicha uskunalardan foydalanish quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi: Vaqt bo‘yicha uskunalardan foydalanishni tahlili Ko‘rsatkichlar Reja Hisobot Rejadan og‘ish (+,-) Mahsulot hajmi, ming so‘m 10823 10853 +30 Uskunalarni ish vaqti fondi, dastgoh-soatlar 421321 419699 -1622 1 dastgoh-soat uchun mahsulot ishlab chiqarish, so‘m 25,69 25,86 +0,17 Ushbu ko‘rsatkichlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz: • uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti
419699 : 421321 = 0,9962 • uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsiyenti 2
5,86 : 25,69 = 1,007 • uskunalardan integral foydalanish koeffitsiyenti
0,9962 x 1,007 = 1,003.
Hisoblashlar ko‘rsatadiki, sexda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishning sezilarli zaxiralari mavjud – rejaviy vaqt fondi 99,62 % ga foydalanilgan. To‘g‘ri, ish vaqtidan yo‘qotishlar 1 dastgoh-soatga mahsulot ishlab chiqarish ortishi bilan qisman qoplangan va bu ko‘rsatkich rejadan 0,66% yuqori bo‘lgan. Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish rejasi 100,27% ga bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |