2. ASOSIY VOSITALARNING HOLATI VA ULARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI TAHLILI 2.1. Asosiy vositalar tahlili vazifalari, asosiy yo’nalishlari, axborot ta’minoti Asosiy vositalar – ixtiyoriy ishlab chiqarishning eng muhim omillaridan biridir. Ularning holati va samarali foydalanish bevosita korxonalar xo’jalik faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir qiladi. Korxonaning asosiy vositalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish barcha texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash, jumladan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxi va tayyorlashda sarflanadigan mehnat sig’imini pasaytirishga imkon beradi.
Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasi kabi ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan noishlab chiqarish sohada uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) harakatlanuvchi moddiy aktivlardir.
Iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash bo’yicha olib borilgan qat’iy chora-tadbirlar mamlakatda ishlab chiqarilatgan yalpi ichki mahsulot tarkibiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha ishlar hali hamon davom etmoqda. Asosiy vositalar tahlili bir necha yo’nalishda olib borilishi mumkin, ularni majmuaviy ishlab chiqish esa asosiy vositalar va uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibi, dinamikasi va foydalanish samaradorligini baholashga imkon beradi.
Asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar hajmi va tarkibini baholash. Asosiy vositalar qiymati o’zgarishining korxona moliyaviy ahvoli va balans tarkibiga ta’sir miqdori va xarakterini aniqlash.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlili
Asosiy vositalar harakati tahlili.
Asosiy vositalar foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari tahlili.
Uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili.
Uskunalardan foydalanishni integral baholash
Uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish byo’icha xarajatlar samaradorligi tahlili
Kapital ta’mir xarajatlari tahlili.
Joriy ta’mir xarajatlari tahlili. Uskunalarni ishlatish bo’yicha xarajatlar, foyda va ishlab chiqarish hajmining o’zaro aloqasi tahlili.
Asosiy vositalarga investitsiyalar samaradorligi tahlili
Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholash.
Investitsiyalash uchun qarzlar jalb qilish samaradorligini baholash.