Asosiy vositalarni baholanishi:
1.Boshlang’ich qiymat
2.Tiklanish qiymati
3.Joriy qiymat
4.Qoldiq qiymat
5.Tugatish qiymati
1.Boshlang’ich qiymat– to’langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig’imlarni), shuningdek aktivni undan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo’yicha qilingan xarajatlarning qiymati.
2.Tiklanish qiymat-belgilangan narx indeksi, tiklanish qiymati aniqlab bo’lingan o’xshash turdagi mahsulotlar narxi, narx o’zgarishlarining yiriklashtirilgan koeffitsientlari yordamida aniqlanadi. Asosiy vositalar qiymatini ishlab chiqarishning o’zgargan iqtisodiy va texnik shart-sharoitlariga mutanosiblikka keltirish uchun davriy ravishda asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi.
3.Joriy qiymat-ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lgan summa.
4.Qoldiq qiymat-jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati.
5.Tugatish qiymat-asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
2.2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Xo’jalik yurituvchi subyekt muassasalarida asosiy vositalarni tahlil qilishda, eng avvalo, ularning xususiyatlarini e’tiborga olish, tarkiban joylashtirish va tasniflash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda Xo’jalik yurituvchi subyekt muassasalari asosiy vositalarini quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.Muassasaning moliyaviy faoliyatida asosiy vositalarning qatnashuviga ko‘ra:
– aktiv asosiy vositalar;
– passiv asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning foydalanish jarayonida ishtirokiga ko‘ra:
– foydalanishdagi asosiy vositalar;
– foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning turlarga ajratilishiga ko‘ra:
– yer;
– binolar;
– inshootlar;
– uzatish moslamalari;
– hisoblash texnikasi va kompyuterlar;
– mashina va uskunalar;
– transport vositalari;
– asbob-uskunlar;
– xo‘jalik jihozlari;
– ishlab chiqarish inventarlari;
– ishchi va mahsuldor hayvonlar;
– ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar.
Mulkiy egaligiga qarab:
– o‘ziga tegishli asosiy vositalar;
– ijaraga olingan asosiy vositalar.
Ma’lumki, asosiy vositalar o‘z vazifalarini bajarish bilan bir qvaqtda eskirib boradi. Asosiy vositalarning eskirishi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
– jismoniy eskirish;
– ma’naviy eskirish.
Xo’jalik yurituvchi subyekt tizimidagi iqtisodiy islohotlar asosiy vositalar amortizatsiyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Chunki Xo’jalik yurituvchi subyekt tashkilotlari to‘la davlat to-monidan moliyalashtirilgan davrda asosiy vositalarning eskirishi asosan jismo-niy eskirish hisobiga amalga oshirilib, amortizatsiya ajratmalari ularning xiz-mat ko‘rsatish muddatiga asoslangan. Tizimda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish va pullik xizmatlarning rivojlanishi, aholining zamonaviy xizmatlarga bo‘lgan talabi ortishi, o‘z navbatida, hozirgi sharoitda tizimda asosiy vositalarning jismoniy eskirishdan ko‘ra ma’naviy eskirishi tezlashishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ham tizimda asosiy vositalarning batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida ularga tezlashtirilgan amortizatsiya ajratilishi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bud-jet tashkilotdarida tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini amalga oshirishning asosiy manbayi esa Xo’jalik yurituvchi subyektdan tashqari mablag‘lar hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt muassasalarining amortizatsiya siyosati bevosita davlat amor-tizatsiya siyosati asosida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me’yoriy xatiga hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‘riqnomasiga muvo-fiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashni soddalashtirish maqsadida quyidagi beshta guruh asosiy vositalarga me’yorlar belgilangan.
Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun – 5%.
Yengil avtomobillar, taksilar, yo‘l harakatida foydalaniladigan avtotraktorlar, maxsus buyumlar, inventarlar, kompyuterlar, ma’lumotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun – 20%.
Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtopritseplar, mashina, asbob-uskunalar va mebellar uchun -15%.
Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy vositalar uchun – 10%.
Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari, issiqlik, gaz va suv o‘zatuvchi truba provodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa uzatish uskunalari uchun – 8%.
Ushbu me’yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya hisoblashning o‘zgartirilgan normalarini qo‘llash imkoniyati berilgan, ya’ni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsiyentga qadar) usullardan foydalanishlari mumkin.Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash tartibi qo‘llanilsa, me’yoridan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya summasi soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilib, o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lashlari lozim. Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli tuman muhim uslublari mavjud, bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:
– teng ulushlarda, amortizatsiya me’yorlaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash;
– qoldiq usulda eskirish hisoblash;
– ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash;
– kumulyativ usulda eskirish hisoblash va hokazo.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda;
– teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarda eskirish hisoblash;
– tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli.
Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qo‘llanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta’sir etadi. Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya me’yorlariga o‘tish asosiy fondlari yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy ta’minoti va ularning ma’naviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirish imkonini ham beradi.Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muassasa ishini to‘g‘ri tashkil etish va raqobatbardosh xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan muammolardan asosiysi bu asosiy vositalarning texnik holatiga to‘g‘ri baho berish hisoblanadi. Sababi yil davomida zamonaviy asosiy vositalar kirimi tufayli asosiy vositalar tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu esa bir tomondan asosiy vositalarning ortishiga, ikkinchi tomondan ularning ma’naviy yoki jismoniy eskirishi hisobiga kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarni ijobiy hal etish uchun asosiy vositalarning texnik holatini tahlil qilib borish zaruriyati tug‘iladi.Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi:
– asosiy vositalarning jismoniy eskirishi va foydalanishi uchun yaroqsiz holatga kelishi;
– asosiy vositalarining ortiqchaligi;
– asosiy vositalarni sotish;
– o‘g‘irliklar, yo‘qotishlar va boshqa chiqimlar.
Bugungi kunda Xo’jalik yurituvchi subyekt muassasalaridagi asosiy vositalarning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda, muassasaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi darajasini hamda xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil qilib borish maqsadga muvofiq. Xo’jalik yurituvchi subyekt muassasalarida asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurol-langanlik darajasi deb xizmat ko‘rsatishning me’yor darajasida mehnat vosi-talari bilan ta’minlanganligiga aytiladi. Asosiy vositalarning turi xizmat ko‘r-satish sohasi faoliyatiga qarab turkumlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimida:
– o‘rin-joylar;
– kompyuterlar;
– tashxis qo‘yish apparatlari;
– jarrohlikni amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy vositalar;
– tish davolash, ko‘z kasalliklari va boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan asosiy vositalar mavjud.
Muassasaning mehnat vositalari bilan ta’minlanganligini quyidagi jihozlarini farqlash lozim:
– o‘ziga tegishli bo‘lgan mehnat vositalari bilan ta’minlanganligi;
– ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlanganligi
Do'stlaringiz bilan baham: |