3.XULOSA
Rejalishtirilgan barcha savollarning javoblari ushbu bobda to’liq aks ettirilgan, ya’ni asosiy vositalar bilan ta’minlanish va ulardan foydalanish samaradorligi tahlilining ahamiyati, maqsadi va vazifalari, ular bilan ta’minlanish darajasining tahlili, fondlardan foydalanish samaradorligining tahlili, asosiy vositalar va ulardan foydalanishning ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sirining tahlili masalalari yetarli darajada ushbu bobda yoritilgan. Bularni yaxshi o’zlashtirib olishi uchun, talaba mavzuni darslik bo’yicha o’qib, o’zlashtirishini ham nazariy savollarga javob tayyorlashini va mashqni mustaqil bajarib, o’zlashtirib olishini tavsiya qilamiz.Asosiy vositalarning muhim xususiyatlari – korxonalar faoliyatida uzoq muddat mobaynida foydalanishi yoki ijaraga berilishidir. Shuningdek, ularning yana boshqa xususiyatlari xizmat muddati mobaynida o‘zini natural-buyum shaklini saqlab qolishi va o‘z qiymatini sekin-asta eskirish tariqasida chiqarib borishidir.Ahamiyati bo‘yicha, ya’ni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra, asosiy vositalarni, odatda, ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan turlarga ajratib o‘rganiladi. Asosiy vositalar - korhona moddiy tehnika bazasining asosini tashkilqiluvchi mehnat vositalaridir. Ularning asosiy hususiyatlari - o’zining tashqi ko’rinishini ho’jalik opersiyalari ta’sirida o’zgartirmaydigan va qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarhiga eskirish summalari orqali o’tkazishdir. Asosiy vositalar korhonada uzoq vaqt hizmat qiladi va ularga eskirish summalari boshlag’ich qiymati qoplangunga qadar hisoblanadi. Bundan tashqari, asosiy vositalar korhonada ijaraga berilish va olinishi mumkin. Korxona o’z tasarrufidagi asosiy vositalardan quyidagicha foydalanish huquqiga ega:boshqa korxonalarga bepul berishi yoki sotishi,almashtirishi,ijaraga berishi, o’ziga tegishli bino, inshoot, asbob uskuna,transport vositalari,inventarlarni vaqtinchalik foudalanish chun bepul yoki qarzga berishi,to’liq amortizasiyalangnmi yoki yo’qmi undan qat’iy nazar,agar ular jismoniy yoki ma’naviy eskirgan bo’lsa balansdan chiqarishi. Asosiy vositalar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -joylashgan joylari bo’yicha mavjud asosiy vositalar butligi ustidan nazort qilish;ularning kirimi,chiqimi va joyini o’zgartirishni hujjatlar bilan to’g’ri rasmilashtirish va hisobda o‘z vaqtida aks ettirish; -asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizasiya qilishuchun sarflananadigan mablag’lardan oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish; -korxona xarajatlariga kiritish uchun foydalanish va eskirish bilan bog’liq bo’lgan asosiy vositalar qiymati ulushini hisoblash; -ish mashinalari,asbob-uskunalar,ishlab chiqarish maydonlari,transport vositalari va boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanish ustidan nazorat; -asosiy vosita ob’yektlarini hisobdan chiqarish va tugatishdan olingan natijalarni to’g’ri aniqlash; Bu vazifalar talabga muvofiq hujjatlashtirish va mavjud asosiy vositalar va ularning harakati hisobini to’g’ri tashkil etish,ularning amortizasiyasini to’g’ri hisoblash, ta’miri bo’yicha xarajatlar hisobini to’g’ri olib borish yordamida hal etiladi. Asosiy vositalarning dasytlabki qiymati quyidagi hujjatlar yig’indisidan iborat: Asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish harajatlari,to’langan va qaytarilmaydigan soliq(yig’imlar) olib kelish , o’rnatish va foydalanishga tushirish xarajaytlari va aktivni ash holatiga keltirish va undan tayinlanishi bo’yicha foydalanish bilan bog’liq bo’lgan har qanday harajatlar.Asosiy vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki qiymatidan eskirish qiymatini olib tashlash yo’li bilan topiladi. Asosiy vositalarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish korxona rentabelligini ta’minlaydi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalar hisobi muhimligiga ham alohida e’tibor qaratish zarur, deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |