Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi
Reja:
Аshtаrхоniylаrning hоkimiyat tеpаsigа kеlishi
Аshtаrхоniylаr оlib bоrgаn siyosаt
Аbulfаyzхоn dаvridа Аshtаrхоniylаr
Shayboniylardan keyin Buxoro taxtini egallagan sulola – Ashtarxoniylar (kelib chiqishi Astraxondan bolganligi uchun) yoki Joniylar (sulola asoschisi Jonibek Sulton nomidan olingan) hukmronligi ozbek davlatchiligi tarixidagi eng ziddiyatli davr hisoblanadi. Oliy hokimiyatni 150 yildan ortiqroq (1601-1756) davr mobaynida oz qollarida saqlab kelgan ashtarxoniylar davrida markaziy davlat hokimiyati juda zaiflashdi, ozaro urushlar avj oldi. Abdullaxon ikkinchining say-harakatlari bilan barpo etilgan ulkan Buxoro xonligi hududi qisqarib ketdi. Markaziy hokimiyat mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilolmaganligi, hududiy yaxlitlikni taminlay olmaganligi sababli 17-asr boshlaridayoq Xurosonning katta qismi qoldan boy berildi. Xorazmda mustaqil Xiva xonligi barpo etildi. 18-asr boshiga kelib esa xonlikning shimoliy chegaralarida Qoqon xonligiga asos solindi.
Ashtarxoniylar Jojixonning on uchinchi ogli Toqay Temur avlodidan bolib, 15-asrning 80-yillaridan boshlab Astraxan (Xojitarxon)da hukmronlik qilganlar. Bu shahar Ivan Grozniy qoshinlari tomonidan 1556 yilda egallangach, sulola yetakchisi Yormuhammad oz yaqinlari bilan Buxoroga kelib ornashgan. Yormuhammadxonning ogli Jonibek Sulton tez orada xonning qizi Zuhro begimga uylanadi va shu tariqa Ashtarxoniylar Shayboniylar bilan yaqin qarindosh bolib qoldilar. Jonibek Sulton va uning ogillari Dinmuhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad Abdullaxon ikkinchi hukmronligi davrida yuksak mavqega ega bolganlar. Shayboniylar ortasidagi toju-taxt uchun kurash bu sulola vakillarining qirilib ketishiga sabab boldi. Natijada yirik ozbek qabilalari boshliqlari tomonidan Buxoro taxti Ashtarxoniy Jonibek Sultonga taklif etildi. U Xurosonda hokimlik qilayotgan ogli Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Lekin Dinmuhammad Buxoroga kelishida qizilboshlar bilan toqnashuvda halok bolgach, uning ukasi Samarqand hokimi Boqi Muhammad taxtga otqazildi (1601-1606). Lekin hokimiyat rasman Jonibek Sulton qolida bolib, uning nomidan tangalar zarb etilgan, uning nomi xutbaga qoshib oqilgan.
Boqi Muhammad xonlikdagi ichki siyosiy nizolarga chek qoyishga harakat qildi, xonlikning shimoliy chegaralarini kochmanchi qabilalardan himoya qilish choralarini kordi. Balx viloyatidan eronliklarni xaydab chiqarib u yerga ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. Lekin 17-asr boshlarida Buxoro xonligi hududi Abdullaxon ikkinchi davridagiga qaraganda juda qisqarib ketgan edi. Ashtarxoniylar Xorazmni va Xurosonning katta qismini butunlay qoldan boy berdilar. Toshkent uchun qozoq sultonlari bilan koplab urushlar olib borishga togri keldi.
Boqi Muhammaddan song taxtga Vali Muhammad otirdi. Uning qisqa hukmronligi davrida (1606-1611) ichki kurashlar yanada kuchaydi, yirik ozbek qabilalari beklari iqtisodiy-siyosiy jihatdan katta kuchga ega bolib, xon hokimiyatiga boysunmas edi. Yangi xonning markaziy hokimiyatni kuchaytirishga bolgan intilishi unga qarshi fitna bilan yakunlandi va taxtni Boqi Muhammadning ogli Imomqulixon egalladi. U ozining nisbatan uzoq davom etgan hukmronligi davrida (1611-1742) xonlikda hukm surayotgan ozaro urushlarga chek qoyishga va markaziy hokimiyatni mustahkamlashga muvaffaq bolsada, Xuroson va Xorazmni qayta qolga kirita olmadi. Bu davrda xon hokimiyatining mavqei oshdi, ichki vaziyat birmuncha yaxshilandi. Lekin undan keyin taxtga otirgan Nodir Muhammadxon (1642-1645), Abdulazizxon (1645-1681) va Subxonqulixon (1681-1702) davrida mamlakatda siyosiy vaziyat yana izdan chiqdi. Bu xonlar maxalliy feodallarga va tashqi dushmanlarga qarshi toxtovsiz urush olib borishga majbur boldilar. Bu kurashlarda diniy ruxoniylar juda katta rol oynadilar. Mamlakatda diniy mutaassiblik kuchaydi. Bu oz navbatida dunyoviy ilmlar rivojiga tosqinlik qildi.
Subxonqulixon davrida Buxoro hududida xivaliklarning uyushtirgan xujumlari iqtisodiy-siyosiy vaziyatni yanada qiyinlashtirdi. Abdulazizxon va uning ogli Anushaxon boshchiligidagi Xiva qoshinlari Zarafshon va Qashqadaryo voxasiga talonchilik yurishlari uyushtirib, shahar va qishloqlarni vayron qildilar. Bu yerlarda xojalik izdan chiqib ketdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashdi, xalqning ahvoli yanada ogirlashdi. Soliqlar bir necha barobar oshirildi, hatto, yetti yillik soliqlar birdaniga yigib olina boshladi.
18-asr boshlariga kelib ashtarxoniylar davlatidagi inqiroz yanada kuchaydi. Bu sulola xonlari yirik saroy amaldorlari va qabila boshliqlariga qaram bolib qoldilar. Ubaydullaxon (1702-1711) markaziy hokimiyatni kuchaytirishga intilgan songgi ashtarxoniy hukmdor boldi. Uning Xisor, Termiz, Shahrisabz viloyatlarining isyonkor hokimlarini boysundirish uchun qilgan harakatlari natijasiz tugadi. Ubaydullaxonning 1708 yilda moliyaviy ahvolni yaxshilash uchun otkazgan pul islohoti iqtisodiy vaziyatni yanada chigallashtirdi. Zarb etilgan past qiymatli mis pullar bozorlarda savdogarlar tomonidan olinmasdan, dokonlar yopilib, Buxoro shahrida katta qozgolon kotarildi. Qozgolon bostirilgan bolsada, siyosiy vaziyat izga tushmadi. Natijada Ubaydullaxon oldirilib, taxtni Ashtarxoniylar sulolasining amaldagi songgi xoni Abulfayzxon egalladi. Uning hukmdorligi davrida (1712-1747) mamlakatda qabila boshliqlari, viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga qarshi chiqishlari yanada kuchaydi. Amaldorlar fitnasi avj oldi.
Buxorodagi markaziy hokimiyat amalda bir guruh saroy amaldorlari qolida edi. 1722 yilda Samarqandda mustaqil xonlikka asos solindi va bu xonlik 1731 yilgacha saqlab turildi. Mamlakatdagi ikki honkimiyatchilikdan kochmanchi qozoqlar unumli foydalandilar. Ular 7 yil (1723-1729) davomida xosildor Zarafshon va Qashqadaryo voxalariga talonchilik yurishlarini uyushtirib turdilar. Shaharlarda hayot izdan chiqdi, butun-butun qishloqlar xuvillab qoldi. Mamlakat iqtisodiy va siyosiy inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Yirik ozbek qabila va urug boshliqlari ozlariga tegishli hududlarda mustahkam qorgonlar barpo etib, markaziy hokimiyatga umuman boysunmay qoydilar.
Bu siyosiy parokandalikdan tashqi dushmanlar ustalik bilan foydalandilar. Eronda yangi sulolaga asos solgan Nodirshoh qoshinlari 1736 yilda Movarounnahrga bostirib kiradi va Qarshi shahrini qamal qiladi. 1740 yilda Nodirshohning ozi katta qoshin bilan kelib Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, Samarqand va Xisorni egalladi hamda katta boyliklarni olib ketdi. Bu harbiy harakatlar paytida Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiyning ogli Raximbiy mangit Nodirshoh xizmatiga kiradi. Bu Muhammad Raximga keyinchalik Buxoro taxtini egallashga yordam berdi. 1747 yilda Nodirshoh Movarounnahrga yana xujum uyushtirib Toshkent, Otror, Turkistonni egalladi. Shu yili Abulfayzxon saroy fitnasi oqibatida oldirildi va hokimiyatni Muhammad Raxim mangit egalladi. Songgi Ashtarxoniylardan Abdulmomin (1747-1751), Ubaydullaxon ikkinchi (1751-1754) va Shergozi (1754-1756) Buxoro taxtiga rasman otqazilgan bolsalarda amalda davlat boshqaruvi butunlay Muhammad Raxim mangit (1756-1759 qolida edi. U 1756 yil dekabrda rasman Buxoro taxtiga otqazildi va shu tariqa Buxoro xonligida yangi sulola mangitlar hukmronligi boshlandi.
Ashtarxoniylar davlat tizimi oz tuzilishi, mohiyatiga kora Shayboniylar davlat tizimidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman oliy hokimiyat boshligi bolib, davlatning ichki va tashqi siyosatga bogliq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal qilinar edi. Lekin amalda kopgina ashtarxoniy hukmdorlar yirik saroy amaldorlari qolida oyinchoq bolib qolgan bolsada, joylarda mahalliy hokimiyat tamomila viloyat hokimlari ixtiyorida edi. Bu markaziy boshqaruvning zaifligi oqibati bolib, u kop hollarda mamlakatni inqirozga olib kelardi.
Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bolib, uni taxt vorisi boshqarardi. Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bolib, markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi. Bu davrda saroyda otaliq mansabi eng yuksak mansab darajasiga kotarildi. Lekin, barcha saroy mansablarining nomlanishi va vakolati Shayboniylar davridagidan uncha farq qilmas edi. Otaliqdan tashqari devonbegi, parvonachi, mushrif, xazinachi va boshqa saroy amaldorlari davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega edilar.
Viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga boysunishi belgilangan yillik soliqlarni toplab xon xazinasiga yuborib turish, xon farmoniga kora xarbiy yurishlarda oz qoshinlari bilan qatnashishdan iborat edi xolos.
Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi hududi juda qisqarib ketdi. 17-asr boshlarida xonlikka boysunuvchi oltita viloyat Buxoro, Samarqand, Sagaraj, Oratepa, Shahrisabz va Guzor viloyatlari tilga olinadi xolos. Keyinchalik Imomqulixon tomonidan Xisor, Toshkent, Turkiston, Fargona, Balx viloyatlari qayta boysundirilgan bolsada, Xurosondagi bir necha yirik viloyatlar va Xorazm butunlay Buxoro xonligi tarkibidan chiqdi. Bu davrda shayboniylar davridagidek ijtimoiy tabaqalar saqlanib qolgan bolsada, ularning mavqeida ozgarishlar kozga tashlanadi. Jumladan, oliy tabaqa xisoblangan xon va uning avlodlari, saroy amaldorlarining mavqei birmuncha pasayib, sarkardalar hamda viloyat hokimlarining mavqei oshdi. Shunindek, bu davrda Joybor xojalarining avlodlari mavqei juda yuqoriga chiqadi. Asosiy soliq tolovchi fuqaro raiyatning ahvoli yanada yomonlashdi. Ashtarxoniylar davrida ozaro ichki urushlar avj olib, harbiy soxada jiddiy ozgarishlar, islohotlar qilinmadi. Qoshin tuzilishi va jang olib borish usuli ashtarxoniylar davridagidek bolib, bu usul bu davrga kelganda oz ahamiyatini yoqota boshlagan edi. Mamlakatda tashqi va ichki dushmanlarga tosiq bola oladigan qudratli harbiy qoshinning barpo etilmaganligi, uyushgan markaziy qomondonlikning yoqligi sababli Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi xarbiy jihatdan ota zaiflashib ketdi. Natijada xonlik xududi qisqarib bordi.
Ashtarxoniylar davriga xos bolgan ozaro urushlar, siyosiy tarqoqlik, soliqlarning muttasil oshib borishi iqtisodiyotni, uning yetakchi tarmogi bolgan qishloq xojaligini inqirozli ahvolga solib qoydi. Bu davr dehqonchiligida orta asrlarga xos yer egaligi, iqtisodiy munosabatlar tola saqlanib qoldi. Ananaviy yer egaligi ham saqlanib kelar edi. Bu davrda mamuriy va diniy amaldorlarga tegishli bolgan suyurgol, iqto yerlar hamda vaqf yerlari kopayib bordi. Bu yerlarda asosan, oddiy dehqonlar ijaraga yer olib ishlardilar.
Qishloq xojaligida ananaviy oziq-ovqat ekinlari yetishtirilgan va bu mahsulot ichki extiyojni qondirgani holda, bir qismi chetga ham chiqarilgan. Ashtarxoniylar davrida chorvachilik ham qishloq xojaligining yetakchi tarmogi sifatida faoliyat korsatib keldi.
Xunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar bolib qolgan bolsada, ozaro iqtisodiy munosabatlarning zaiflashishi va natural xojalikning rivojlanishi sababli, eng kerakli hunarmandchilik mahsulotlarini yetishtirish kopgina yirik qishloqlarda ham rivojlana boshladi. Mamlakatning hunarmandchilik mahsulotlariga bolgan extiyoji asosan mahalliy xunarmandlar mahsulotlari hisobiga qondirilar edi. Bu davrda toqimachilik va u bilan bogliq hunarmandchilik turlari (ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish va boshqalar) rivojlanishda davom etib, bu soha butun orta asrlar davrida bolganidek xunarmandchilikning yetakchi tarmogi bolib qoldi. Shu bilan birga kulolchilik ham rivojlanib bordi. Bu davr xunarmandchiligida metall va yogochga ishov berish, yogoch va ganch oymakorligida ham orta asr ananalari davom ettirilishi bilan birga kopgina oziga xosliklar kozga tashlanadi.
Mamlakat iqtisodiy hayotida savdo-sotiqning orni va ahamiyati xatto urushlar kuchaygan davrda ham birmuncha saqlanib qoldi. Asosiy savdo markazlari sifatida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa yirik shaharlarning mavqei oshib bordi. Xonlikda dehqonchilikdan, chorvachilik va hunarmandchilikdan olinaditgan mahsulotlarning turli-tumanligi ichki savdoning rivojlanishiga katta tasir korsatdi. Bu davrda tashqi savdo aloqalari rivojlandi. Xususan, Rossiyaning turli savdo shaharlari (Astraxan, Orenburg, Sibirdagi shaharlar), Hindiston, Eron, Qoshgar, Turkiya bilan savdo-sotiq olib borildi. Tashqi bozorga asosan turli qishloq xojalik mahsulotlari chiqarilardi. Bu davrda paxta, teri, jun, turli matolarning asosiy xaridori sifatida Rossiya katta ahamiyatga ega bola boshladi.
Ashtarxoniylar davrida ananaviy bolgan xiroj, zakot, ixrojot, boj kabi soliqlardan tashqari juda koplab katta-kichik soliqlar joriy etildi. Ular asosan ozaro urushlar sababli boshab qolgan xazinani toldirishga, qoshin taminotiga, xon va saroy amaldorlarining harajatlarini qoplashga sarflanar edi. Asosiy soliq tolovchilar dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar va chorvadorlar bolib, shahar va qishloq aholisi bu soliqlarni tolash bilan bir qatorda turli ommaviy ishlarga va majburiyatlarga ham safarbar qilinar edi.
Ashtarxoniylar davriga hos bolgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ziddiyat madaniy hayotga salbiy tasir korsatdi. Mamlakatda dindorlar mavqeining oshib borishi madrasalarda dunyoviy bilimlar ahamiyatining pasayishiga, bu paytga qadar erishilgan yutuqlarning unutilib borishiga olib keldi. Natijada ilm-fan, madaniyat beshigi bolgan Movarounnahr Ashtarxoniylar davrida siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloq bir olkaga aylandi. 17-asrda Buxoro xonligidagi yirik shaharlarda oliy talim beruvchi 150 ga yaqin madrasalar faoliyat korsatgan bolsada, ulardagi talim tizimi zamon taraqqiyotini belgilab beradigan bilimlarni berishda ojiz edi. Lekin bunga qaramay, bu davrda ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti toxtab qolmadi. Tarixnavislik va adabiyot sohalarida bir qator qimmatli asarlar yaratildi. Ular ichida Mahmud ibn Valining «Baxr al-asror» asari, Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy» asari, xoja Samandar Termiziyning «Dastur al muluk» asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tuhfat ul-xoniy», Abdurahmon Davlatning «Tarixi Abulfayzxon» kabi tarixiy asarlari yaratildi. Adabiy hayotda Turdi Farogiy, Gulxaniy, Sayyido Nasafiy, Gofur Samarqandiy kabi shoirlar keng xalq ommasiga manzur bolgan qimmatli asarlarini yaratdilar.
Ashtarxoniylar davrida ham koplab masjid, madrasalar, bozorlar, hammomlar, karvonsaroylar, rabotlar, honaqohlar, sardoba va boshqa inshootlar barpo etildi. Samarqandda 17-asr oxirida bir qancha yirik binolar qurildi. Bular ichida Registon maydonida Yalangtoshbiy mablagiga qurilgan Sherdor (1661) va Tillakori madrasalarini aytib otish mumkin. Bu davrda savdo-sotiq bilan bogliq inshootlar qurilishi ham ancha rivojlandi. Mahalliy boylar, amaldorlarning mablagi hisobiga qurilgan koplab karvonsaroylar, rabotlar, sardobalar bunga misol bola oladi.
Xulosa qilib aytganda, Ashtarxoniylar davri (1601-1756) Movarounnahrda ozaro siyosiy nizolar, markaziy hokimiyatning zaiflashib borishi bilan xarakterlansada, iqtisodiy hayotda, madaniyatning bazi sohalari (memorchilik, tarixnavislik, adabiyot)da ijobiy siljishlar ham kozga tashlanadi.
Ashtarxoniylar sulolasi hukmdorlari
Boqi Muhammad 1601-1606 yillar.
Vali Muhammad 1606-1611 yillar.
Imomqulixon 1611-1642 yillar.
Nodir Muhammadxon 1642-1645 yillar.
Abdulazizxon 1645-1681 yillar.
Subxonqulixon 1681-1701 yillar.
Ubaydullaxon 1702-1711 yillar.
Abulfayzxon 1711-1747 yillar.
Abdulmomin 1747-1751 yillar.
Ubaydulloh II 1751-1753 yillar.
Shergozi 1754-1756 yillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |