Bosh miya nervlari (BMN) ni tekshirish usullari
I juft BMN (n. olfactorius) sezuvchi nervlar.
Odam hidlash orqali turli hidlarni (ovqatning hidini, gulning hidini va b.q.) ajratadi. Hid bilishning kamayishiga - giposmiya, hidlashning yo'qolishiga -anosmiya, hid bilishning kuchayishiga - giperosmiya, hidlashning buzilishiga dizosmiya yoki parosmiya deb ataladi.
Hidlashni tekshirish usullari:
Hid bilishni kuchsiz xidga ega bo'lgan (kamfora yogi, valeriana suyuqligi, tish pastasi va b.q.) moddalar orqali tekshiriladi. Kuchli hidga ega bo'lgan moddalardan foydalanib bo'lmaydi, chunki kuchli hidlar ham uch tarmoqli nervning, hidlov retseptorlarini ta'sirlaydi.
Bemorning har bir burun teshigiga kuchsiz xidli moddalar hidlatilib, uning nomi so'raladi. Normal holatda tekshiriluvchi hidni sezib, uning nomini aytadi.
Zararlanish simptomlari: hid bilishning bir tomonlama yo’qolishi yoki kamayishi, hidlov sugoni yoki hidlov yo'lining (trakti) zararlanganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |