XI juft BMN (n. accesorius) - qo'shimcha nerv.
To'sh-o'mrov-so'rgichsimon va trapetsiyasimon muskullarni nerv bilan ta'minlaydi.
Tekshirish usullari:
Buning uchun bemordan quyidagi sinamalarni bajarish so'raladi:
1. Boshni oldinga engashtirish;
2. Boshni turli yonlarga bukish;
3. Yelkani qisish;
4. qo'llarni yuqorigorizontal ko'tarish;
5. Kurakni umurtqaga yaqinlashtirish.
Normada qamma harakatni qiyinchiliksiz bajariladi.
Zararlanganda asosiy belgilar: bo'yin va elka usti muskullarining atrofiyasi, zararlangan tomonga elkaning tushishi, boshni soglom tomonga bukishning chegaralanishi, elkani qisishning chegaralanishi, qo'lni gorizontal chiziqqacha olib kelishning qiyinlashishi, kurakning pastki burchagi umurtqadan uzoqlashishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |