XII juft BMN (n. hupoglossus) - til osti nervi.
Bu nerv til muskullarini, tilni oldinga va pastga yuqoriga va orqaga harakatlantiruvchi muskullarni innervatsiya qiladi .
Tekshirish usullari:
Bemordan tilni osiltirish so'raladi, normada til o'rta chiziqda joylashgan bo'lishi lozim.
Zararlanish simptomlari: periferik falajlikda tilni osiltirganda (ogizdan tashqari ga chiqarganda) zararlangan tomonga ogishi (deviatsiya), bundan tashqari , o'sha tomondagi tilning yarmida atrofiya, fastsikulyatsiya kuzatilishi mumkin. Nutqning aniqmasligi (apartriya), buzilishini (dizatriya) kuzatiladi.
Til osti nervining markaziy falajida atrofiya va fastsikulyatsiyasi kuzatilmaydi. Til patologik o'choqning qarama-qarshi tomoniga og’ishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |