VIII juft BMN (n. Vestibulocochlearis).
Eshitish - ko'rish sezgisidan keyin ikkinchi muhim sezgi organi hisoblanib, buning yordamida odamlar nutq orqali muloqotlashadi, eshitadi va b.q. ma'lumotlarni qabul qiladi . U BMN ning sakkizinchi-sezuvchi juft-daxliz-chiganoq nervi (n. Vestibulocochlearis), nafaqat eshitish, (pars cochlearis), muvozanat organi (pars Vestibularis) hamdir.
Pars coshlearis - eshituv qismi.
Eshituv o'tkirligining kamayishiga - gipokuziya; karlik-anakuziya; eshitishning kuchayishiga-giperakuziya deyiladi.
Tovush o'tkazish (o'rta quloq-nog’ora parda, eshitish suyakchalari) va tovush qabul qilish (ichki quloq-chiganoq, eshituv nervining yo'li) apparatlarining zararlanishlarini qiyoslash klinik amaliyotda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |