III juft BMN ( n. oculomotorius) - ko'zni harakatlantiruvchi nerv.
Ko'zni harakatlantiruvchi nerv yordamida ko'z olmasi yuqoriga , ichkariga, pastga, yuqori ichkariga, hamda qoshni yuqoriga ko'taruvchi, ko'z qorachigining yoruglikka, konvergentsiya va akkomadatsiya reaktsiyalari amalga oshiriladi. Bu nerv ko'zning tashqi muskullarini nerv bilan ta'minlaydi, bu muskullar ichki to'gri, yuqori to'gri, pastki to'gri, pastki qiyshiq muskullardan iborat. Bulardan tashqari, yuqorgi qovoq ko'taruvchi, ko'z qorachigini toraytiruvchi (m. sphincter pupillae) va kipriksimon muskullarni (m. ciliaris) nerv bilan ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |