M a ’ruza rejasi. Kompozitsion tahlilning maqsadi va vazifasi.
Bajarish tarti-
bi, usullari hamda vositalalari. Vazifani bajarish uchun kerak boMadigan ashyolar.
M a ’ruza. Ilmiy tadqiqotning asosan ikki uslubi mavjud: sintez va ana-
liz. Sintez - tadqiq etilayotgan obyektlami jam lab, um um iy xulosa chiqa-
rishdan iborat. Analiz - tadqiq etilayotgan
obyektni h ar taraflama, har bir
tomoni bo‘yicha xulosa chiqarishdir. Bajariladigan vazifada biror tanlangan
m e’moriy inshootning
kompozitsiyasi tahlil etiladi, y a ’ni analiz qilinadi.
Talaba o‘tgan vaqt mobaynida arxitekturaviy kompozitsiya b o ‘yicha egalla-
gan tushunchalarni (tekislik, yuza, metr, ritm, kontrast va boshqalarni)
muayyan inshootda topishga harakat qiladi. lzlanish natijalarini grafik usulda
qayd etish vazifaning mohiyatini tashkil etadi.
Kompozitsion tahlil shakllaridan biri “ m e’m oriy (arxitekturaviy) su
rat” dir. Me'moriy surat inshootning eng xarakterli k o ‘rinishlaridir. In
shoot to ‘g‘risida to‘laroq tasaw u r necha qarash nuqtalaridan hosil etilsa,
m e’moriy surat soni ham shuncha bo'ladi.
Misol aytaylik. Afina akropolidagi Parfenon ibodatxonasining me’moriy
surati bitta. U burchakdan qaralganda hosil bo‘ladi.
Shunda Parfenonni ham
old—asosiy tomoni, ham yon—uzun tomoni ko‘rinadi. Yonidagi Erex-
teyon ibodatxonasi esa kamida uch m e’moriy suratga ega: old—asosiy tarz
tomonini va orqa qismining yon tomonlaridagi boshqa - boshqa tuzilishga ega
peshtoqlarni ( portiklarni) ko‘rish uchun kamida u ch joyga o ‘tish kerak
b o ‘ladi.
Vazifada tahlil etilayotgan inshootning asosiy m e ’moriy suratlari sxema
tarzda chiziladi.
1-vazifa.
M E ’MORIY IN SH O O TN IN G K O M P O Z IT S IO N
TAHLILI
Inshootning tarzi, tarhi va umumiy ko‘rinishi asosida analitik tahlil
bajariladi.
Vazifa maqsadi: m e’moriy asar bilan obdan tanishiladi va uning kom
pozitsion (frontal, hajmiy, fazoviy) turi aniqlanadi. Kompozitsion tahlil
www.ziyouz.com kutubxonasi
asosan grafik usulda bajariladi hamda annotatsiya (qisqa tunushtirish xati)
yoziladi.
Inshootning tarzi, tarhi va umumiy ko‘rinishidagi
metrik va ritmik qa-
tor qonuniyatlarini aniq ajratish, har bir qatorni to'xtatish usulini alohida
ifodalash zarur. Hajmlarda kichiklarining kattalariga bo'ysunishi,
ulaming
kompozitsion o ‘qi ko'rsatiladi.
Annotasiyada inshootning nomi, qachon va qayerda qurilganligi va
boshqalar ko‘rsatiladi. Chizmalaming masshtablari qog‘ozda joylashtirilishiga
qarab talaba tom onidan aniqlanadi.
Vazifa uchun kerakli narsalar; 55x75
yoki 40x60 sm o ‘lchamIi oq qog‘oz, flomaster, qalam.
Do'stlaringiz bilan baham: