Mavzu: kompozitsion sathga doir adabiyotlar tahlil



Download 19,38 Kb.
bet1/2
Sana28.11.2022
Hajmi19,38 Kb.
#874054
  1   2
Bog'liq
KOMPOZITSION SATHGA DOIR ADABIYOTLAR TAHLIL


MAVZU: KOMPOZITSION SATHGA DOIR ADABIYOTLAR TAHLIL

REJA:

1.Kompozision usullar.


2.Kompozitsiya turlari.
3.Epik nutqning kompozitsion shakllari: rivoya, tavsif, dialog.

Badiiy asar unsurlarini o‘z o‘rnida, me’yorida, butun bilan mustahkam aloqada bo‘ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirilishi kompozitsiya deyiladi. Kompozitsiya (lat., tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsurning o‘zi bo‘lmaydi, zero, har bir unsur asar butunligida o‘zining funksiyasiga ega, muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Asarning nutq sathidan boshlab to badiiy voqeligi qadar o‘z qurilishiga – kompozitsiyasiga ega. Bu esa epik, dramatik va lirik turga mansub asarlarning kompozitsiyasi bir-biridan jiddiy farq qiladi deganidir.


2. Asar badiiyati va ijodkor mahorati kompozitsiyaga nechog‘liq bog‘liq?
Muayyan asar badiiyati haqida so‘z ketganda eng avval uning kompozitsion xususiyatlariga, ijodkor badiiy mahorati haqida so‘z borganda esa kompozitsiya yaratish mahoratiga ayricha e’tibor beriladi. Zero, badiiy asarda voqelik muayyan badiiy shaklda aks etadi, yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi. Ya’ni san’atkor bir butunlik (hayot materiali)dan ikkinchi bir butunlikni – uning badiiy modelini yaratadi, hayot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantiradi. Shunga ko‘ra dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iqtidori, iste’dodi ijodkor shaxsning tug‘ma imkoniyatlari sanaladi.
3. Badiiy shaklning nechta aspekti farqlanadi?
An’anaga ko‘ra badiiy shaklning uch aspekti farqlanadi: 1) asarning nutqiy qurilishi, 2) tasvirlanayotgan predmetli olam – badiiy voqelik va 3) bu ikki sath birliklarini bir-biriga o‘zaro munosabatdorlikda va uyg‘un muvofiqlashtirgan holda joylashtirish – kompozitsiya.
4. Badiiy shaklning uch aspekti farqlash an’anasi ildizi qayerdan boshlanadi? Ushbu an’ana ildizi antik ritorikaga borib taqaladi. Jumladan, Rim notiqligida qo‘llangan inventiyo (nutqda taqdim etiluvchi predmetlarni yaratish), dispositio (ularni muayyan tartibda joylashtirish) va elocutio (nutqqa zeb bergan holda yorqin ifodalash) terminlari mos ravishda badiiy voqelikkompozitsiya va nutqiy qurilish atamalariga mohiyatan mos keladi. Keyincha, XVI-XVII asrlarda bu istilohlar G‘arb poetika ilmiga olib kirilgan.
5. Adabiyotshunoslikda epik asar qurilishini tadqiq etishda qaysi masalalarga diqqat qilinadi?
Zamonaviy adabiyotshunoslikda epik asar qurilishini tadqiq etishda matn kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi, personajlar sistemasi, badiiy vaqt va zamon, rivoya kompozitsiyasi, nuqtai nazar kompozitsiyasi kabi masalalar diqqat markazida turadi.
6. Epik matn kompozitsiyasi qanday qismlardan iborat?
Epik asar matni rivoya, tavsif va dialog dan tarkib topadi, shu bois ular epik nutqning kompozitsion shakllari sifatida e’tirof etiladi.
7. Epik matn kompozitsiyasida rivoyaning tutgan o‘rni.
Rivoya makon va zamonda kechgan voqealarni so‘z vositasida aks ettirish, sodda qilib aytsak, hikoya qilishdir. Avvalo aytish kerakki, xuddi ko‘chirma gap tarkibida avtor gapi sintaktik qurilmani yaxlitlashtiruvchi unsur bo‘lgani kabi, rivoya ham epik asar nutq shakllarini yaxlitlashtiruvchi omildir. Ya’ni tavsif ham, dialog ham rivoya orqali, bamisoli rivoyaga o‘rab taqdim etiladi. Agar rivoya obyekti harakat bo‘lsa, tavsif turg‘un holatdagi narsa, joy, holat, xususiyat kabilarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, voqea yuz berayotgan joyga oid tafsilotlar, peyzaj, interer, portret, muallif xarakteristikasi, ruhiy holat tasviri kabilar. Dialogda nutq subyektlari o‘zgarsa ham, jarayon baribir rivoya orqali tasvirlanadi: personajlar nutqini roviy izohlab, sharhlab, to‘ldirib boradi, natijada o‘quvchi personaj gaplarini go‘yo roviy “qulog‘i” bilan eshitadi. Rivoya, tavsif va dialogning salmog‘i, ularning muayyan ketma-ketlikda va mutanosib tarzda joylashtirilishi epik asar kompozitsiyasiga qo‘yiluvchi muhim talablardan sanaladi. Deylik, rivoya salmog‘i ortib ketgan holda o‘quvchining voqea zamiridagi mohiyatdan chalg‘ib qolishi, tavsif ko‘payib ketganida esa asarning o‘quvchini zeriktirish havfi ortadi.
8. Epik asar kompozitsiyasining syujetga aloqadorligi.
Epik asar kompozitsiyasining o‘zagini syujet tashkil qiladi. Bu tabiiy ham. Negaki, voqeabandlik – epik asar tabiatini belgilovchi xususiyat, bu turdagi asarlar makon va zamonda kechuvchi voqealarni hikoya qilish asosiga quriladiYa’ni syujet haqidagi aytilgan gaplarning aksariyati mohiyatan syujet qurilishi – kompozitsiyasi haqidagi gaplardir.
9. Obrazlar sistemasining asar kompozitsiyasida tutgan o‘rni.
Obrazlar sistemasi ham kompozitsiya masalasi bo‘lib, buning asoslari obraz turlaridan kelib chiqadi. Obrazning predmetlilik darajasiga ko‘ra tasnifi ko‘ra detal obrazlardan boshlab badiiy voqelik qadar bir-biriga bog‘liq ierarxik tizim ko‘z oldimizga keladi. Masalan, “O‘tkan kunlar” romani boshlanishidagi

Download 19,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish