Markaziy bankning pul-kredit siyosati
Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini taminlash maqsadida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jaroayonlarni etiborga olib o’zining pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotida pul massasi yoki stavkalarini zarur darajadagi meyorini taminlash iqtisodiyotini pulga bo’lgan talabini qondirish yoki milliy valyuta kursini xorijiy valyutalarga nisbatan mustahkamlash yoki qator omillar nuqtai nazaridan turlicha ko’rinishda amalga oshiriladi shu jihatdan Markaziy bankning restriksiyon (qattiq) va ekspansion (yumshoq) pul-kredit siyosati turlarini keltirish mumkin. Restriksion pul-kredit siyosatida iqtisodiyotida pul massasi va kredit operatsiyalar hajmini kamaytirish va foiz stavkalarini oshirish bilan bog’liq tadbirlar amalga oshiriladi. Buning natijasida milliy iqtisodiyot kredit, deposit va soliq stavkalari oshishi, ayrim tadbirlarga davlat byudjeti xarajatlari qisqarishi yuz beradi, inflyatsiya darajasi jilovlanadi, mamlakat to’lov balansini sog’lomlashtirishga bo’lgan tadbirlar amalga oshiriladi.Eksponsion pul-kredit siyosatida odatda kreditlash hajmini oshirish, iqtisodiyotd pul massasining oshishi ustidan nazoratni susaytirish, soliq va bank foiz stavkalarini pasaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati restriksion yoki ekspansion bo’ladimi u keng qamrovli yoki selektiv xarakterga ega bo’lishi mumkin. Keng qamrovlida Markaziy bankning pul-kredit siyosati mamlakatdagi barcha kredit muassasalari va ularning barcha operatsiyalariga joriy etiladi, selektivda esa, pul-kredit siyosati aloxida olingan tijorat banklar faoliyatida yoki ayrm operatsiyalar uchun tatbiq etilishi mumkin. Demak, Markaziy bankning pul-kredit siyosati usullari xilma-xil bo’lib, ularni joriy etishda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat muhim o’rin tutadi. Masalan, mamlakatda iqtisodiyotning pasayishi va ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan sharoitda Markaziy bank arzon pullar siyosatini qo’llashi mumkin. Bunday siyosatning maqsadi kredit foiz stavkalarini pasaytirish orqali iqtisodiyotga pul taklifi va investitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan, bu albatta mamlakatda iqtisodiy o’sish va bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiyotda pul taklifini oshirish kredit foiz foiz stavkalaini pasayushiga olib keladi, qimmatli qog’ozlarni sotib olish, majburiy zaxira normasi va qayta moliyalash stavkasi (hisob stavkasi) darajasini pasaytirishi lozim. Iqtisodiyotda inflatsiya darajasi yuqori bulgan hollarda Markaziy bank qimmat pullar siyosatini qullaydi, buning asosiy maqsadi umumiy xarajatlar va umumiy takliflarni qisqartirishga qaratiladi Bunda Markaziy bank tijorat banklarning ortiqcha pul mablag’larini strilizatsiya qilish maqsadida va davlatning qimmatli qog’ozlarini sotadi, majburiy zaxira va hisob stavkalari normasini oshirdi.
Pul-kredit siyosatining qator usullari mavjud bulib, ularning asosiylari quyidagilar :
tijorat banklariga nisbatan urnatilgan majburiy zaxira siyosati ;
tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi) ;
ochiq bozordagi siyosati;
valyuta va depazit siyosati.
Iqtisodiy adabiyotlarda va xalqaro bank amaliyotida Markaziy banklarning pul-kredit siyosati monetar siyosat, monetar instrumentlar tarzida ham yuritiladi. Biroq, Markaziy bankning pul-krediti siyosati qanday tarzda yuritilishiga qaramasdan, ularning maqsadi bitta masalaga, ya’ni mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyoti va xo’jalik yuritish tajribasidan ma’lumki, milliy valyuta sotib olish qobiliyatining tushib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi va aksincha . Ya’ni, inflyatsiya darajasining pasayishi esa mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi.
Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir etmaydigan darajada ushlab turish va milliy valyutaning barqarorligini taminlash uchun pul-kredit siyosati usullariniamaliyotga joriy etadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi Qonunning 23-moddasiga binoan kelgusi yil uchun mamlakat monetary siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida ishlab chiqiladi.
Xususan, ushbu siyosat:
iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko’rsatkichlarini;
muomalada bo’lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan chegaralarini;
pul massasi yillik o’sish su’ratining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini, shu jumladan, Markaziy bank ichki aktivlarining o’zgarishini;
pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli asosiy ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |