Mavzu:O`zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi REJA: 1. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning shakllanishi
2. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi va banklar faoliyatining huquqiy asoslari
3. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlanish bosqichlari
4. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining tarkibi
1. O’zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi . Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat bank tizimi ikki bog’indan tashkil topadi. Bank tizimi-bu malum tarixiy davr ichida shakillangan va tegishli qonun xujatlari asosida mamlakatda pul kredit munosabatlarini tashkil etadigan va tartibga soladigan muassasalar majmuidir. Bozor iqtisodioti sharoitida faoliyat yuritayotgan davlatlarning deyarli barchasida bank tizimi ikki pog’onadan iborat bulib, ushbu banklar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va tarixiy shakilanishiga qarab o’ziga xos xususiyatlar asosida faoliyat yuritiladi.O’zbekiston ham bank tizimi ikki pog’onadan iborat bulib ularning faoliyati tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Ikki pog’onali bank tizimida banklar-emission bank (Markaziy bank) va emission bulmagan (tijorat banklari, kredit uyushmalari, mikro-kreditdav tashkilotlar, lombardlar) banklardan tashkil topadi.
O’zbekitoston ikki pag’onali bank tizimining shakillanishi 1987-1990 yillarda, sobiq Davlat bankini islox qilish davriga tigri keladi.O’sha davrda asosiy e’tibor monopol emission bank xisoblangan .Davlat bankining tashkiliy tuzulmasini keskin o’zgartirish orqali, iqtisodiyotni rivojlantirish va mijozlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan banklarni tashkil etishga qaratiladi . Bank tizimida mustaqillikgacha bulgan davrda amalga oshirilgan isloxatlarning asosiy konsepsiyasi sifatida quyidagilarni keltirish mumkin :
Ikki pog’onali bank tizimini tashkil etish .
Davlatning ixtisoslashgan banklari xujalik xisobi o’zini o’zi moliyayashtirilishda o’tkazish ;
Xujalik yurutuvchi subektlariga yangi bank xizmatlarini taklif etish zamonviy hisob-kitob shakllarini va kredit munosabatlarini amalyotga joriy etish masalalari shular jumlasdandir.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari barcha soliqlar va boshqa majburiy tulovlarini tulashdan ozot qilinadi, yagona ijtimoiy tulov bundan mustasno.
Markaziy bank mamlakat banklarining banki hisoblanib tug’ridan-tug’ri aholi va mijozlarga bank xizmatlarini kursatmaydi.”Markaziy bank tug’risida”gi Qonunning 31 modasida belgilangan holatlar bundan mustasno. Unga ko’ra Markaziy bank, qonun xujatlarida nazarda tutulgan tartibga va sharoitda davlat xokimyati va boshqaruv organlari ayrim, davlat qumitasi va muassasalar va tashkilotlarning asosiy hisob varoqlarida xizmat kursatish buyicha bank aperatsiyalarini amalda oshirish.
Monetar siyosatini hamda valyutani tartibga solish soxasidagi siysatni shakilantirish qabul qilish va amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi hisop kitobining samarali tizimini tashkil etish va taminlash;
Banklar kredit uyushmalari, mikrokiridid tashkilotlari va grovxonlar faoliyatini litsenziyalash xamda tartibga solish, banklar kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimqtli qog’ozlar bilankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash ;
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, kelishuvga binoan xukumat rezervlarini qushgan xolda saqlash va tasavur etish;
Mamlakatda yagona emission organ vazifasini amalda oshiriladi . Markaziy bank o’tgan yil faoliyatini mustaqil auditor tashkilotlar tekshirividan keyin hisobotni keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmasdan Oliy Majlis Senati ko’rib chiqishi uchun taqdim etadi va hisobot beradi .
Markaziy banking oily organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank sifatida va faoliyatning asosiy yunalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi .Boshqaruv tarkibida markaziy Markaiy bank Raisi, uning urinbosarlari, shuningdek, bankning asosiy bulinma raxbarlari kiradi.
Boshqaruvining majlislari oyiga kamida bir marta o’tkazib turiladi, boshqaruv majlisida quyidagi masalalar kurib chiqiladi va hal etiladi.
Monitor siyosatining asosiy yunalishlarini, shu jumladan, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari kulami, Markaziy bankning hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy bankdai majburiy rezervlari normasini belgilaydi;
Markziy bankning normative hujtlarni tasdiqlaydi;
Markaziy bankning xalqaro tashklotlardagi ishtiroki masalasini hal qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori va shartlarni tasdiqlaydi;
Banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari mikrokredit tashklotlari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o’tkazish qoidalarini tasdiqlaydi’ shuningdek ularga rioya etilishini ko’rib chiqadi
Bank faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chiqarib olish to’g’risida qarorlar qabul qiladi’ kredit uyushmalari’ mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyati shuningdek qimmatli qog’ozlar blankalar ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi
Markaziy bank muassasalari hamda korxonalarni tashkil etadi qayta tuzadi va tugatadi
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarni ko’rib chiqadi
Markaziy banknng tarkibiy bo’limlari muassasalari va korxonalari raxbarlarini tasdiqlaydi
Markaziy bank tarkibiy bo’linmalari uning muassasalari va korxonalari raxbarlarini tasdiqlaydi
Markaziy bank tarkibiy bo’limlari uning muassaslari va tashkilot raxbarlarining hisobotlari hamda maruzalarni tinlaydi
Markaziy bank xodimlarini ishga yollash ishdan bo’shatish ularning mehnatiga haq to’lash shartlarini shuningdek ularni kreditlar olishi va aksiyalar sotib olishi tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi
Markaziy bank vakolati doirasidagi boshqamasalalarni ko’rib chiqadi va xal qiladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni taminlash maqsadida Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadli yo’nalishlari deb quyidagilar belgilab olindi: narxlar barqarorligi
bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
Amalda oshiriladigan isloxotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo’nalish lari etib quyidagilar belgilab olinadi :
_ birinchidan, assosiz infulatsion kutilmlarni oldini olish maqsadida infiatsion targetlashning printsip va uning insturimentlarini tubdan takomillashtirish, ushbu usulga o’rta muddatli istiqbolda tuliq utish va pul-kredit soxasida amalga oshirilayotgan siyosat va choralarni shaffofligini oshirish ;
_ikkinchidan, infilyatsiya omillarini chuqur urganish va tulov balansini hisobini yuritsh va taxlill qilish tizimini tuliq shakillantirsh asosida pul kredit-siyosatini shakillantirish qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomilashtirish maqsadida statik taxliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish
- uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mezanizimlarini shu jumladan tijorat banklar faoliyatiga yuzaga keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar kurish imkonini beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baxolash tizimini takomilashtirish
- turtinchidan, o’rta va uzoq muddat istiqbollarida iqtisodiyotni barqaror o’sishni taminlovchi muxim tarkibiy qisim sifatida bank tizimini rivojlantirish tijorat bank va tadbirkorlik subektlarini o’zaro tuliq sheriklik munosabatlarini shakillantirish aholining bank tizimiga ishonchli inistitutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitini yaratish
- beshinchidan, tulov tizimini yanada rivojlantirish shu jumladan real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamini boshqar ish va bank operatsiyalarini o’tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlarini kursatgan xolda tijorat bankining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish
- oltinchidan, nobank kiridit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish shuningdek ularning faoliyati ustidan nazorat kuchaytirish buyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish
- yettinchidan, xizmatlari istemolchilari huquqi va qonuniy manfiatlarini himoyasini ta’minlash aholi va tdbirkorik subektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 9yanvardagi PF-5296-sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” tug’risida farmoni asosida tayyorlandi. Xulosa qilib aytganda O’zbekiston Markaziy banki mamlakat banklarining banki hisoblanib, milliy valyutning barqarorligiga kredit muassuasalarining moliyaviy jixatdan barqaror faoliyat yuritishga ma’sul bo’lgan davlatning moliyaviy tashkiloti hisoblanadi.