Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J



Download 1,37 Mb.
bet2/11
Sana29.06.2022
Hajmi1,37 Mb.
#717756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Alijonov Tohirjon

Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishini yozishda algebraik tenglamalar sistemasini analitik va sonli yechish usullari yordamida matematik yechish, aniq amaliy masalalarda bu jarayonni ko’rsatish, masalani yechishning algoritmi yaratish ko’zda tutilgan.
Kurs ishining vazifalari. Algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usullari o’rganiladi. Usullar bir qancha misollarda ko’rsatiladi va misollarni yechish algoritmi ko’rsatiladi.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Algebraik tenglamalar sistemasi kurs ishining tadqiqot obyektidir. Ushbu ishda algebraik tenglamalar sistemasini analitik va taqribiy yechish masalasi qaraladi. Quyida masalaning qo’yilishi va uni yechishning ketma-ket algoritmi keltirilgan.

I BOB. Algebraik tenglamalar sistemasini yechish usullari


Ko’plab amaliy masalalar algebraik tenglamalar sistemasini yechishga olib kelinadi. Umumiy holda n noma’limli n ta algebraik yoki transendent tenglamalar sistemasi quyidagicha yoziladi:
. (1.1)
Ushbu (1.1) sistemani vektor shaklida quyidagicha yozish mumkin:
. (1.1)
bu yerda T – argumentlarning vektor ustuni; ( )Tfunksiyalarning vektor ustuni; (…)T – transponirlash operatsiyasi belgisi.
Algebraik tenglamalar sistemasi yechimini izlash – bu bitta algebraik tenglamani yechishga nisbatan ancha murakkab masala. Bitta tenglamani yechish uchun qo’llanilgan usullarni algebraik tenglamalar sistemasini yechishga umumlashtirish juda ko’p hisoblashlarni talab qiladi yoki uni amaliyotda qo’llab bo’lmaydi. Xususan, bu oraliqni teng ikkiga bo’lish usuliga tegishli. Shunga qaramasdan algebraik tenglamani yechishning bir qator iteratsion usullarini algebraik tenglamalar sistemasini yechishga umumlashtirish mumkin.

1.1. Nuyuton usuli, Takomillashtirilgan Nuyuton usuli, Nuyuton Rafson usuli




Nyuton usuli
(1.1) tenglamalar sistemasini yechish uchun ketma-ket yaqinlashish usulidan foydalanamiz. Faraz qilaylik, (1.1) vektor tenglamaning izolyatsiyalangan ildizlaridan bittasi bo’lgan ushbu k -chi yaqinlashish

topilgan bo’lsin. U holda (1.1) vektor tenglamaning aniq ildizini ushbu
, (1.1.1)
ko’rinishda ifodalash mumkin, bu yerda  xatolikni tuzatuvchi had (ildizning xatoligi).(1.1.1) ifodani (1.1) ga qo’yib, quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
. (1.1.2)
Faraz qilaylik,  bu va larni o’z ichiga olgan biror qovariq D sohada uzluksiz differensiallanuvchan funksiya bo’lsin. (1.1.2) tenglamaning o’ng tarafini  kichik vektor darajalari bo’yicha qatorga yoyamiz va bu qatorning chiziqli hadlari bilangina cheklanamiz:
. (1.1.3)
(1.1.3) formuladan kelib chiqadiki, hosila deb  o’zgaruvchilarga nisbatan  funksiyalar sistemasining quyidagi Yakob matritsasi tushuniladi:
,
yoki uni qisqacha vektor shaklida yozsak,
, .
(1.1.3) sistema bu xatolikni tuzatuvchi had larga nisbatan matritsali chiziqli sistema. Bundan (1.4) formulani quyidagicha yozish mumkin:
.
Bu yerdan,  maxsus bo’lmagan matritsa deb faraz qilib, quyidagiga ega bo’lamiz:
.
Natijada ushbu
, (1.1.4)
Nyuton usuli formulasiga kelamiz, bunda  nolinchi yaqinlashish sifatida izlanayotgan ildizning qo’pol qiymatini olish mumkin.
Amaliyotda (1.1) algebraik tenglamalar sistemasini bu usul bilan yechish uchun hisoblashlar (1.1.4) formula bo’yicha quyidagi shart bajarilgunga qadar davom ettiriladi:
. (1.1.5)
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Nyuton usulining algoritmini quyidagicha yozamiz:
1.  boshlang’ich yaqinlashish aniqlanadi.
2. Ildizning qiymati (1.1.4) formula bo’yicha aniqlashtiriladi.
3. Agar (1.1.5) shart bajarilsa, u holda masala yechilgan bo’ladi va  (1.1) vektor tenglamaning ildizi deb qabul qilinadi, aks holda esa 2- qadamga o’tiladi.
Hisoblashlarda (1.1) nochiziqli tenglamalar sistemasining funksiyalari va ularning hosilalari matritsasi aniq berilgan deymiz, u holda bu sistemani yechishning blok-sxemasi 1.1.1-chizmadagi ko’rinishda bo’ladi.

1.1.1-chizma. Nochiziqli tenglamalar sistemasini yechish uchun Nyuton usulining algoritmi.
f(x) vektor-funksiya x ildizi atrofida ikki martagacha uzluksiz differensiallanuvchi va Yakob matritsasi maxsus bo’lmagan (aynimagan), ko’p o’lchovli Nyuton usuli kvadratik yaqinlashishga ega:
.
Shuni ta’kidlaymizki, usulning yaqinlashishini ta’minlash uchun boshlang’ich yaqinlashishni muvaffaqiyatli tanlash muhim ahamiyatga ega. Tenglamalar sonining oshishi va ularning murakkabligi ortishi bilan yaqinlashish sohasi torayib boradi.
Xususiy hol. Hisoblash amaliyotida n=2 bo’lgan hol ko’p uchraydi. Buni, masalan, f(z)=0 algebraik tenglamaning kompleks ildizlarini topishda ham ko’rish mumkin. Haqiqatan ham, agar ushbu
va
funksiyalarni kiritsak, z - kompleks ildizning xhaqiqiy qismi va y – mavhum qismi quyidagi ikki noma’lumli ikkita algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechishdan hosil bo’ladi:
(1.1.6)
Bu taqribiy hisoblashni Nyuton usuli yordamida aniqlik bilan bajaraylik.
D sohaga tegishli - nolinchi yaqinlashishni tanlab olamiz. (1.1.3) dan quyidagi chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini tuzib olamiz:
(1.1.7)
Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
(1.1.8)
(1.1.7) sistemani larga nisbatan, masalan, Kramer usuli yordamida yechamiz. Kramer formulalarini quyidagicha yozamiz:
(1.1.9)
bu yerda (1.1.7) sistemaning asosiy determinanti quyidagicha:
, (1.1.10)
(1.1.7) sistemaning yordamchi determinantlari esa quyidagicha:
;
.
larning topilgan qiymatlarini (1.1.8) ga qo’yib, (1.1.7) sistemaning - birinchi yaqinlashishi komponentalarini topamiz:
. (1.1.11)
Quyidagi shartning bajarilishini tekshiramiz:
, (1.1.12)
agar bu shart bajarilsa, u holda birinchi yaqinlashishni (1.1.7) sistemaning taqribiy yechimi deb, hisoblashni to’xtatamiz. Agar (1.1.12) shart bajarilmasa, u holda , deb olib, yangi (1.1.7) chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini tuzamiz. Uni yechib, - ikkinchi yaqinla-shishni topamiz. Topilgan yechimni ga nisbatan (1.1.12) bo’yicha tekshiramiz. Agar bu shart bajarilsa, u holda (1.1.7) sistemaning taqribiy yechimi deb ni qabul qilamiz. Agar (1.1.12) shart bajarilmasa, u holda , deb olib, ni topish uchun yangi (1.1.7) sistemani tuzamiz va hokazo. Bu sistemani yechishning blok-sxemasi 1.2-chizmada tasvirlangan.

1.1.2-chizma Ikki noma’lumli ikkita algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechishning Nyuton usuli blok-sxemasi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish