Архегонийли ва гулли ўсимликлар бўйича амалий машғулотлар



Download 6,34 Mb.
bet13/67
Sana11.03.2022
Hajmi6,34 Mb.
#490909
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
Bog'liq
Yuksak o‘simliklar sistematikasidan (4)

Nazariy tushuncha: Bu bo‘lim vakillari poyasining bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘linganligi bilan spora hosil qilib ko‘payuvchi o‘simliklardan farq qiladi. Bo‘g‘imlardan chiqqan barglar mayda, poyada to‘p-to‘p yoki halqasimon joylanishga ega bo‘lib, ko‘pincha reduktsiyalangan holda bo‘ladi.
Bu bo‘limning asosiy ajdodlari: Gieniyasimonlar - (Hyeniopsida), Ponabargsimonlar - (Sphenopnyllopsida), Qirqbo‘g‘imsimonlar - (Eqvisetopsida).
Birinchi va ikkinchi ajdod vakillari yo‘qolib ketgan, bizning davrimizgacha yetib kelgan emas. Ulardan faqat Qirqbo‘g‘imsimonlar ajdodiga oid, qirqbo‘g‘imnamolar qabilasining vakillarigina yetib kelgan.
Bu qabilaga kiruvchi o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi bo‘shliqlardan iborat. Mayda barg shoxchalar bo‘g‘imlarda halqasimon bo‘lib joylashgan. Qabilaning faqat bitta Qirqbo‘g‘imdoshlar oilasi (Eqvisetaceae) va bitta qirqbo‘g‘im turkumi (Eqvicetum) bor. Bu turkum hozirgi davrda 30 dan ortiq turga ega. Markaziy Osiyo sharoitida 6 ta turi ma`lum. Shulardan eng keng tarqalgan turlardan biri dala qirqbo‘g‘imidir.


Dala qirqbo‘g‘imi
Dala qirqbo‘g‘imi (6-rasm) ko‘p yillik, ildizpoyali o‘t o‘simlik bo‘lib, u asosan botqoq, o‘tloq, daryo va ariq bo‘ylarida uchraydi. Poyasining balandligi 10-50 sm. Poyaning yer ostki qismi ildizpoyaga aylangan. Ildizpoya ham o‘z navbatida yer ustki qismi kabi bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Ildizpoya bo‘g‘imlarida tuganak va mayda ildiz tutamlari hosil bo‘ladi. Tuganaklar zahira ozuqa moddalar saqlashga moslashgan. Ildizpoyadan o‘sib chiqqan yer ustki novdalar ikki xil: erta bahorgi va yozgi. Bu novdalar tashqi morfologik tuzilishi jihatidan bir-biridan alohida ajralib turadi.
Erta bahorgi novdalar qoramtir yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Bu novdalarning bo‘g‘imlarida shaklan o‘zgar-gan bir-biri bilan qo‘shilib, naysimon qin hosil qilgan o‘tkir uchli mayda barglar bor. Novdalarning uchki qismlarida bir nechta sporofillardan (sporangiofor) tashkil topgan, shakli duksimon tuzilishga ega bo‘lgan sporali boshoqchalar vujudga keladi. Har bir sporofil 3 qismdan – olti qirrali lappak, qisqa oyoqcha va uning atrofida joylashgan 8-10 ta sporangiydan iborat. Sporangiylar ichida shakl jihatdan teng bo‘lgan elaterali sporalar hosil bo‘ladi. Sporalar elateralar yordamida tashqariga tarqaladi. Shuning bilan bahorgi novdalar quriydi. Bundan so‘ng, ildizpoyadan hosil bo‘lgan yozgi (vegetativ) novdalar ham o‘z navbatida bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlariga bo‘lingan. Har bir bo‘g‘imda halqa-simon tarzda joy olgan yon novdachalar bor. Bular ham o‘z navbatida bo‘g‘imlardan tashkil topgan. Bo‘g‘imlarda hosil bo‘lgan barglar mayda bo‘lib, ular deyarli xlorofil donachalarga ega emas. Shu tufayli assimilyatsiya jarayoni novda va yon novdachalarda amalga oshadi. Yozgi novdalar to kech kuzgacha saqlanib qoladi va kel-gusi yilni yer ustki qismi uchun ozuqa moddalar to‘playdi.
Dala qirqbo‘g‘imi vegetativ va sporalar yordamida ko‘payadi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘payganda ildizpoya va tuganaklar ishtirok etadi. Sporalar yordami bilan ko‘pa-yishi otalik va onalik gametofitlari hosil bo‘lishi bilan boradi. Sporalar sirtdan bir-biridan farq qilmasa ham, lekin ular ichki tuzilishi – fiziologik jihatidan farq qiladi. Shuning uchun sporalar nam yerga tushgandan so‘ng, ba`zi birlari o‘sib otalik gametofit, boshqalari esa onalik gametofitlarini hosil qiladi. Lekin bu doimo saqlanib qoladigan farq bo‘lmay, tashqi muhit ta`sirida otalik gametofitlarida arxegoniylar, onalik gametofitlarida esa anteridiylar hosil bo‘lishi ham mumkin. Har ikkala gametofit tasmasimon uzun yoki qisqa bo‘laklarga bo‘lingan yashil ko‘rinishda bo‘ladi. Otalik gametofitlari onalik gametofitlariga nisbatan kichik. Ularda anteri-diylar yuzaga kelib, ko‘p xivchinli spermatozoidlar yetiladi. Onalik gametofitida arxegoniylar rivojlanadi. Arxegoniy tuxum hujayrasini otalanishi natijasida zigota hosil bo‘lib, undan yangi qirqbo‘g‘im o‘simligi, ya`ni sporofit nasl o‘sib chiqadi. Otalanish suv yordamida rivojlanadi.





Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish