Reja: 1.Lophophorata-lar filogeniyasi 2.Qiljag`lilar (Chaetognatha) tipi 3. Shakli va funksiyasi; ko`payishi va rivojlanishi ; filogeniyasi. Lophophorata-lar filogeniyasi. Qiljag`lilar (Chaetognatha) tipi. Lofoforatlar filogenetik jihatdan Protostome-Deuterostome ajdodiga yaqin deb hisoblanadi. Bu guruhga qon aylanish tizimi juda xilma-xil bo'lgan ikkita fila kiradi. Foronidlar endoteliysi bo'lmagan tomirlardan tashkil topgan yopiq qon aylanish tizimini ko'rsatadi. Shuning uchun qon koelomik epiteliyning bazal qatlami bilan aloqa qiladi . Qon qon tomir devorining miyoepitelial hujayralarining qisqarishining ritmik to'lqinlari bilan pompalanadi va gemoglobinni tashuvchi qizil hujayralarni o'z ichiga oladi (Herrmann, 1997). Braxiopodlarda qon aylanishi, aksincha, ochiq gemal tizim bilan bog'langan kiprikli koelomik kanallar tizimi orqali amalga oshiriladi Koelomning kengaytmalari mantiya, lofofor va hatto pedikulada bir qator hosil qiladi. Kiprikli selomik miyoepiteliyadan kelib chiqadigan sporadik mushaklar qisqarishi selomik suyuqlikni harakatga keltiradi (Chuang, 1964). Gemal tizimi oshqozon mintaqasining dorsal tutqichida joylashgan va sinuslarga oqib o'tadigan kontraktil tomirlarni ("yuraklar" deb ataladi) o'z ichiga oladi . Kapillyarga o'xshash tomirlar ham tasvirlangan, ular bir qavatli skuamoz mioepitelial hujayralardan tashkil topgan. Qiljag ‘lilar boshqa hayvonlardan tuzilishi bilan keskin farq qiladigan o ‘ziga xos guruh hisoblanadi. Ular dengiz planktoni tarkibida uchraydi. Embrional rivojlanish xususiyadari ikkilamchi og'izlilarga o'xshash bo‘ladi. Tipga bitta sinf - qiljag'lilar (Chaetognatha) kiradi. Qiljag‘lilaming ко‘pchilik qismi planktonda, faqat ayrim turlari bentos- da hayot kechiradi. Ular tanasini orqadan qorin tomonga tez-tez egib suzib yuradi. QUjag‘lilar yirtqich hayvonlar, asosan plankton organizmlar bilan oziqlanadi. 50 dan ortiq turi ma’lum. Uzunligi 1 sm dan 10 sm gacha bo‘ladi. Tashqi tuzilishi. Tanasi tiniq shishasimon. Tashqi ko'rinishi qis- man baliq chavoqlariga o‘xshaydi. Tanasining oldingi va keyingi tomoni biroz siqilgan. Terisi orqa va yon tomonlardan orqa va yon suzgichlami hosil qiladi. Hayvonlarning tanasi bosh, gavda va dum qismlarga bo‘lingan. Bosh qismi ustki va yon tomonlardan ikki qavat yoping'ich bilan qoplangan. Tanasining ko‘p qavatli epiteliy bilan qoplanganligi ul- ami boshqa umurtqasiz hayvonlardan farq qiluvchi belgi hisoblanadi. Epiteliy ostida ko‘ndalang yo‘lli bo‘ylama muskullar joylashgan. Musk- ullaming ostida joylashgan ichki epiteliy qavati tana bo‘shlig‘ini o'rab turadi. Hazm qilish sistemasi tanasining oldingi uchida joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. To‘g ‘ri nayga o ‘xshash ichagi gavdasi bilan dumi o ‘rtasidagi anal teshigi bilan tashqariga ochiladi (210-rasm). Og‘iz teshigini yon tomondan harakatchan ikki qator joylashgan xitin ilmoqchalar o ‘rab turadi. Mezenteriy to'siq tana bo‘shlig‘ini uzunasiga chap va o ‘ng qism larga bo‘lib turadi. Nerv sistemasi halqumusti va halqumosti nerv gangliylari hamda ichak ostida joylashgan, kuchli rivojlangan qorin nerv zanjiridan iborat. Halqumosti va halqumusti gangliylar miyani hosil qiladi. Qorin nerv zan jiridan tana devoriga 12 juft nervlar chiqadi. Miyasi ustida bir juft mayda ko'zlari joylashgan. Har bir ko‘z uchta juda mayda ko‘zchalardan iborat. Boshining ko‘zlardan orqaroqda joy lashgan, xilpirovchi epiteliy bilan qoplangan qismi hid bilish organi hiso blanadi. Epiteliy bo‘rtiqchalari tuyg'u vazifasini bajaradi. Jinsiy sistemasi. Qiljag‘lilar germafrodit. Jinsiy organlari juft bo‘ladi. Urg‘ochilik jinsiy organlari gavdasining keyingi qismida, erkaklik jinsiy organlari esa dum qismida bo‘ladi. Tuxumdonlar orqa ichagining ikki yonida joylashgan. Urug‘donlar dum bo‘shlig‘ining ikki yon bo‘limida bo‘ladi. Yetilgan urug'lar dastlab selomga tushadi, u yerdan ikkita urug‘ yo'li orqali dumining ikki yonida tashqi muhitga chiqariladi. Har qaysi urug1 yo‘li kengayib, bittadan urug‘ pufagini hosil qiladi. Urug‘ pufaklarida urug‘ hujayralari to'planadi. Faqat jinsiy ko'payadi. Rivojlanishi. Tuxum hujayrasi bir tekis bo‘linib blastulani, so‘ngra invaginatsiya yo'li bilan gastrulani hosil qiladi. Mezodermasi enterotsel usulda ichakdan hosil bo‘ladi. Selom bo‘shlig‘i ichakning ikki yonidagi bo‘rtiq xaltachalar shaklida bo‘ladi. Xulosa Qiljag‘lilarning kelib chiqishi va hayvonot dunyosida tutgan o ‘mi hozir- gacha uzil-kesil aniqlanmagan. Qiljag’lilar - Chaetognatha tipi. Okeanlarda taxminan 115 turi ma‘lum. Ko‘pchilik turlari suv yuzasida yashaydi. ADABIYOTLAR 1. Abrikosov G.G. Kurs zoologii. V 2 tomax. Т о т . 1, zoologiya bespozvonochnix. M. “Visshaya shkola”, 1966,552 s. 2. Averensev C.V. Zoologiya bespozvonochnix. М., “Sovetskaya nauka”, 1962,464 s. 3. Alirauxamedov S.N., Adashkevich B., Odilov Z., Xo'jaev Sh. Fo'zani biologikusuldahimoya qilish. T„ “Mehnat”, 1990,173 b. 4. Dogel'V.A. Zoologiya bespozvonochnix. М., “Visshaya shkola”, 1981, 606 s. 5. Jizn jivotnix, V 6 tomax. T. 1,2,3, М., “Prosveshenie”, 1968,1969.
Do'stlaringiz bilan baham: |