Nazariy tushuncha: Bu ajdod faqat bitta qabila va bitta oilani o‘z ichiga olib, oilaning yagona vakili – ikki bo‘lak bargli ginkgo o‘simligi hisoblanadi. Quyida shu o‘simlik bilan tanishamiz.
Ikki bo‘lak bargli ginkgo
Bu o‘simlik (10-rasm) har yili barglarini to‘kib turadigan, bo‘yi 40m. ga yetib boradigan daraxt. Tanasi to‘q kulrang, silliq po‘stloq bilan qoplangan, uchki tomonidan shoxlanadi. Barglari o‘rta qismidan bir oz o‘yiq bo‘lgan uchburchak shakldagi plastinkadan iborat bo‘lib, uzun bandga aylanadi. Barg plastinkasi ba`zan yaxlit bo‘ladi.
10-rasm. Ginkgo biloba. 1-qisqargan novdadagi kuchalasimon otaliq qubbalar; 2-mikrosporangiyli mikrosporofil; 3-qisqargan novdadagi onalik qubbalar; 4-alohida olingan qubba; 5-urug‘- kurtakning bo‘yiga kesimi; 6,7-urug‘ va uning bo‘yiga kesimi;
Ginkgo ikki uyli o‘simlikdir: uning mikro va mega-sporangiylari har xil tuplarda hosil bo‘ladi. Mikrospo-rangiylar kalta novdalarda rivojlanadi. Ular barg qo‘ltiqlaridan o‘sib chiqqan maxsus o‘qlarda kuchalalar tarzida joylashgan. O‘qlardagi mikrosporangiylar uzun oyoqchalarda turadi va har bir oyoqchada odatda ikkitadan bo‘ladi. Sporangiy bilan oyoqchasi mikrospo-rofilni tashkil etadi. Bu o‘rinda mikrosporo-filni otalik qubbachasi deb atash mumkin. Megosporangiylar yoki urug‘kurtaklar ham kalta novda-chalarda hosil bo‘lib, barg qo‘ltiqlaridan joy oladi. Urug‘kurtaklar uzun oyoq-chadan iborat. Bu oyoqcha-ning yo‘g‘onlashgan yuqori qismida ikkitadan yoki juft holda urug‘ kurtak bo‘ladi. Har bir urug‘kurtak asosini halqasimon aylana bo‘rtiq (valik) o‘ragan. Mana shu tuzulmalarning hammasi (urug‘kurtak, oyoqcha, bo‘rtiq (valik)) makrosporofil yoki onalik qubbasi deb qaraladi. Urug‘kurtak bitta qalin qoplag‘ichga, ya`ni integu-mentga ega. Bu qop-lag‘ichning uchi cho‘zilib ikki pallali mikropila yo‘liga aylanadi. Qoplag‘ich uchini nutsellus egallaydi va unda endosperm yoki arxegoniyli gametofit hosil bo‘ladi. Nutsellusning uchida chang kamerasi rivojlanadi.
Mikrosporalar (changlar) mikrosporangiy ichida ta-raqqiy etib, ularning har biri uchtadan – protallial, anteridial va vegetativ hujayralarga ega bo‘ladi. Bu hujayralar mikrospora qobiqchasiga o‘ralgan holda, mikrosporangiy devorini yorilishi bilan tashqariga tarqaladi va shamol yordamida urug‘kurtakka kelib tushadi, uning mikropila yo‘li orqali chang kamerasiga o‘tadi. Bu yerda mikrospora qobiqchasi yorilib, undagi 3 ta hujayralardan bittasi, ya`ni vegetativ hujayra o‘sib, chang naychasiga aylanadi. Bu naycha ingichka o‘sim-talar bilan nutsellusga kelib birikadi. Shu vaqtning o‘zida anteridial hujayradan bir tutam xivchini bor ikkita yirik spermatozoid paydo bo‘ladi. Chang naycha-sining uchi yorilishi bilan spermatozoidlar chang kame-rasidagi suyuqlikka chiqadi va bir oz vaqtdan so‘ng ulardan biri arxegoniydagi tuxum hujayra tomon yo‘l oladi, u bilan qo‘shilish natijasida otalanish sodir bo‘ladi. Otalangan tuxum hujayradan murtak (embrion) rivojlanadi. Urug‘kurtak to‘laligicha urug‘ga aylanadi. Urug‘ tashqi tomonidan sersuv qalin po‘st, ichki tomo-nidan qattiq toshsimon po‘st bilan o‘ralgan. Yupqa par-da endosperm va uning yuqori qismidan joy olgan ikkita urug‘pallali murtakni o‘rab turadi. Urug‘ qulay sharoitga tushgandan so‘ng, ginkgo o‘simligiga ayla-nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |