Mavzuning maqsadi: Oila vakillarining vegetativ organlari tuzilishini, otalik va onalik qubbalarining tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar, jadvallar, preparatlar, mikroskop, lupa, pintset, preporoval nina va boshqalar
Nazariy tushuncha: Qarag‘aytoifa bo‘lim o‘simliklari oldingi bo‘limlardan urug‘ hosil qilishi va ular yorda-mida ko‘payishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari yo-piq urug‘li o‘simliklardan urug‘ning meva ichida emas, balki megasporafillarda ochiq holda joy olishi bilan ham farq qiladi. Shuning uchun bunday o‘simlik-lar ochiq urug‘lilar deb ataladi. Ochiq urug‘lilarning hozir-gi davrda 800 ga yaqin turi ma`lum. Ular asosan daraxt, buta va liana o‘simliklaridir. O‘t o‘simliklari bular ora-sida uchramaydi. Hozirgi davrda bu bo‘lim 6 ta ajdodga bo‘linadi: Shulardan Qizilchasimonlar ajdodi 3 ta qabi-laga bo‘linadi: Qizilchanamolar – Ephedrales, Gnetum-namolar – Gnetales, Velvichiyanamolar – Welwitschia-les. Shulardan Qizilchanamolar qabilasiga to‘xtab o‘ta-miz. Bu qabila yagona efedradoshlar oilasidan (Ephed-raceae) va efedra (Ephedra) turkumidan iborat. Tur-kumning hozirgi davrda 40 ga yaqin turi ma`lum bo‘lib, shulardan 16 tasi Markaziy Osiyoning turli ekologik sharoitlarida o‘sishga moslashgan. Efedra turkumining tipik vakili sifatida E. distachya bilan tanishamiz.
Efedra (Qizilcha)
Bu o‘simlik (9-rasm) Markaziy Osiyo sharoitida qumli, sho‘rlangan va har xil rangli tuproqlarda o‘sadi. Uning bo‘yi 120 sm, sershoxlangan. Shoxlarning bo‘-g‘imlaridan qarama-qarshi joylashgan kichik bargcha-lar chiqadi.
Efedra ikki uyli o‘simlik. Otalik qubbalari ingichka shoxlarning bo‘g‘imlarida 3-4 tadan bo‘lib joylashadi. Otalik qubbasi asosiy o‘qdan iborat bo‘lib, uning yuqori qismi 2 dan 8 tagacha bo‘lgan ikki-to‘rt o‘qli chang-donlarga (mikrosporangiylarga) ega. O‘qdagi har qaysi otalik asosini bir-biri bilan qo‘shilib ketgan ikkita qarama-qarshi joylashgan bargcha o‘rab turadi. Ular mikrosporafillar deb ataladi.
“Onalik” qubbasi 2-4 tagacha bo‘lib, ular yosh shox-larning yuqori barg qo‘ltiqlarida hosil bo‘ladi. Onalik qubbasining asosini bir nechta juft mevasiz tangacha-simon barglar o‘rab turadi. Qubba o‘qi bitta urug‘kur-takdan (megasporangiy) tashkil topgan. Urug‘-kurtak tashqi tomonidan integument bilan o‘ralgan, integu-ment o‘z navbatida tashqi qalin va ichki yupqa qop-lag‘ichdan iborat. Yupqa qoplag‘ich mikropila yo‘lini hosil qiladi. Urug‘kurtakning o‘rtasini nutsellus egal-laydi va uning yuqori qismi bo‘shliqqa aylangan. Nut-sellusda onalik gametofiti hosil bo‘lishi bilan, unda ikkita arxegoniy paydo bo‘ladi va ularning har biri bittadan tuxum hujayraga ega. Changdonlarda yetilgan changlar urug‘kurtakning mikropila yo‘liga kelib tu-shishi natijasida urug‘kurtakdan mevaga o‘xshay-digan urug‘ paydo bo‘ladi. Urug‘kurtakning tashqi qoplag‘ichi urug‘ning sersuv qismga, ichki qoplag‘ichi qattiq po‘stiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |