Архегонийли ва гулли ўсимликлар бўйича амалий машғулотлар



Download 6,34 Mb.
bet38/67
Sana11.03.2022
Hajmi6,34 Mb.
#490909
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
Bog'liq
Yuksak o‘simliklar sistematikasidan (4)

Yong‘oqdoshlar oilasi–Juglandaceae
Vakil: Chin yong`oq – Juglans regia (18-rasm)


Nazariy tushuncha: Bu oilaning 8 turkumi va 70 ga yaqin turi ma`lum. Ular shimoliy yarim sharning mo‘`tadil iqlimli mintaqalarida hamda Osiyoning shar-qida va Amerikaning tropik qismlarida o‘sadi. Barg-lari poyada ketma-ket joylashgan, yirik murakkab toq pat-simon. Gullari ayrim jinsli bir uyli o‘simlik. Changchi gullari ko‘p gulli bo‘lib, ko‘pincha o‘tgan yilgi novda-ning tushib ketgan barg qo‘ltig‘idan chiqib, ko‘chala tarzida osilib turadi. Changchilar soni 8-40 taga yetib boradi. Urug‘chisi bitta yoki bir nechta bo‘lib, yangi o‘sib chiqqan serbarg novdaning uchida joylashadi. Har qaysi urug‘chi gulini 2 ta gul yonbargchasi va 4 ta kosa-chabargi bor. Urug‘chi gulkosa bargi, gulyonbarg-chalari bilan qo‘shilib o‘sib, mevaning po‘stlog‘ini hosil qiladi. Urug‘chisi 2 ta meva bargcha-ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, 2 tumshuqchali. Tugunchasi ostki, bir uyali va bir urug‘kurtakli. Mevasi yong‘oq yoki danakli soxta meva bo‘lib, dastlab sirtidan yashil etli po‘stloq bilan o‘raladi, keyinchalik po‘stloq mevadan ajralib tushib ketib, chin yong‘oqqa aylanadi.
Ahamiyati: Bu oilaning eng ahamiyatli turi chin yong‘oq hisoblanadi. Uning urug‘ida 77% gacha qim-matbaho oziq-ovqat va texnika maqsadlari uchun ish-latiladigan moy bor. Pishib yetilmagan yong‘oqlarda ko‘p miqdorda «S» vitamini uchraydi. Yong‘oqning pishgan mag‘zi iste`mol qilinadi va ko‘plab konditer mahsulot-lari tayyorlanadi. Yong‘oq tanasi har xil buyumlarni tayyorlashda ishlatiladi. Mevasining yashil p‘osti, barglari va po‘stlog‘idan oshlovchi modda va jigarrang bo‘yoq olinadi.





18-rasm. Yong‘oq. 1-gulli novdaning umumiy ko‘rinishi va urug‘chi guli, kuchalasimon changchi to‘pgullari; 2-urug‘chi; 3-mevasi; 4-gul diagrammasi;


Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar:

  1. Gerbariylardan foydalanib, chin yong‘oqning barg tuzilishiga, novdada hosil bo‘lgan changchi va urug‘chi gullarining joylanish holatiga e`tibor bering.

  2. Fiksatsiya qilingan gullar asosida, changchi va urug‘chining tuzilishini va ularning sonini lupa yor-damida o‘rganib, rasmlarini chizing. Gul formulasini tuzing.

Yong‘oq: *♂ P5 - 6 A8 - 40; *♀ P4G( )



Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish