Архегонийли ва гулли ўсимликлар бўйича амалий машғулотлар



Download 6,34 Mb.
bet23/67
Sana11.03.2022
Hajmi6,34 Mb.
#490909
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67
Bog'liq
Yuksak o‘simliklar sistematikasidan (4)

Nazariy tushuncha: Qarag‘aysimonlar ajdodi, Korda-itkabilar va Qarag‘aykabilar ajdodchasini o‘z ichiga oladi. Ulardan Kordaitkabilar faqat qazilma holda uchraydigan o‘simliklar hisoblanadi. Qarag‘aykabilar ajdodchasi ochiq urug‘li o‘simliklar orasida tur soni jihatidan ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularning hozirgi davrda 7 ta oilasi, 55 ta turkumi va 560 ta turi mavjud. Bu turlar bir nechta qabilalarga bo‘lib o‘rganiladi. Shulardan Qarag‘aynamolar qabilasi faqat Qarag‘ay-doshlar oilasidan tashkil topgan. Bu oila 10 ta turkumni, 250 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ulardan birining tuzilishi va ko‘payishi amaliyot darslarida o‘rganib chiqishga tavsiya etiladi.


Oddiy qarag‘ay
Bu o‘simlik (11-rasm) daraxt bo‘lib, bo‘yi 40 m ga yetib boradi. Tanasi monopodial ravishda shoxlanadi. Shoxlari uzun va qisqa novdalarga ega. Qisqa novdalar bir juft yoki ikkita ninasimon barg chiqaradi. Barglari uchinchi yiliga borib to‘kiladi. Oddiy qarag‘ay bir uyli, ayrim jinsli o‘simlik. U ko‘payish uchun otalik va onalik qubbalarini hosil qiladi. Otalik qubbalar to‘planib, boshoqsimon qalin «to‘pgullar»ga aylanadi. Ular bahor-da o‘sib chiqqan uzun novdalar asosida paydo bo‘ladi. To‘pgullar bir-biriga zich taqalgan, ayrim qubbalardan tashkil topgan. Har qaysi qubbaning o‘rtasida bitta o‘q bo‘lib, unga mikrosporofillar yoki otaliklar birikkan bo‘ladi. Mikrosporofil shaklan tangachaga o‘xshagan va pardasimon tashqi uchi yuqoriga qayrilgan. Tanga-chaning pastki tomonida ikkita mikrosporangiy mavjud. Mikrosporangiy ichida mikrosporalar yoki changlar yetiladi. Har bir mikrospora ikki qavat: tashqi (ekzina) va ichki (intina) po‘st bilan o‘ralgan. Tashqi po‘stning ikki yon tomonida havo bilan to‘lgan ikkita pufak hosil bo‘ladi. Bu moslamalar mikrosporalarni osongina olib keladi. Mikrosporalar mikrosporangiy ichida una boshlaydi. Har bir mikrospora o‘z qobig‘iga ega. Qobiq ichida dastlab ikkita protallial hujayra hosil bo‘ladi. Lekin ular tez orada yo‘qolib ketadi. Ma`lum vaqt o‘tgach yana ikkita yangi anteridial va vegetativ hujayralar vujudga keladi. Shu vaqtda mikrosprongiy devori yoriladi va mikrosporalar shamol yordamida onalik qubbalariga kelib tushadi.
Onalik qubbalari bahorda o‘sib chiqqan yosh, uzun novdalar uchlarida bitta yoki ikkitadan hosil bo‘ladi. Bularda ham xuddi otalik qubbalaridek o‘rtasidan o‘q o‘tadi, bu o‘qqa tangachalar birikkan. Tangachalar ikki xil: biri kichkina yoki qoplovchi tangacha bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qda turadi. Qoplovchi tangacha qo‘ltig‘ida, cheti yo‘g‘on tortgan bir oz etdor ikkinchi yirik yoki urug‘ beruvchi tangacha rivojlanadi. Urug‘ beruvchi tangachaning ustki yuza tomonida, asosiga yaqin joyida ikkita urug‘kurtak paydo bo‘lib, ular birgalikda makrosporofillarni tashkil etadi. Urug‘kurtak shaklan o‘zgargan makrosporangiylardir.



Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish