Arab xalifaligi va musulmon huquqi



Download 233,5 Kb.
bet2/24
Sana25.03.2022
Hajmi233,5 Kb.
#510181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Arab xalifaligi va musulmon huquqi

Birinchi davr - arablarda davlatning tashkil topishidan to Umaviylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishigacha bo`lgan vaqtga to`g`ri keladi va qarayib 30 yil davom etadi. Bu vaqtda arab davlati tashkil topgan, arab-larning ijtimoiy va davlat tuzumida ibtidoiy jamoa tuzumining ko`pgina qoldiqlari, harbiy demokratiya belgilari saqlanib qolgan edi. Aynan shu davrdan boshlab Arab xalifaligining o`ziga xos belgilari - davlat boshlig`i qo`lida ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatning qo`shilib ketishi sodir bo`ladi.
Ikkinchi davr - Damashq (Suriya) davri - Umaviylar sulolasining hukmronligi davri (661-750 yillar) bo`lib, bu vaqtda o`ziga xos despotiya ko`rinishidagi merosiy xalifa boshchilik qiladigan nisbatan markazlashgan davlat tashkil topgan. Xalifa ayni paytda islom dinining ham boshlig`i hisoblangan.
Uchinchi davr - Bog`dod (Eron-Mesopatamiya) davri - Abbosiylar sulolasining idora qilish davri bo`lib, 750 - 1055 yillarni o`z ichiga oladi va xalifalikning turklar tomonidan bosib olinishi bilan tugaydi.
VI-VII asrlardagi arablarning ijtimoiy tuzumida hali urug`chilik belgilari kuchli edi. Arablar - ko`chmanchi (badaviy) arablar ham, o`troq arablar ham juda ko`p urug` va qabilalarga bo`lingan edi. Xun olish bor edi. Urug`ning boyroq a`zolari qurbsizroq qarindoshlariga iqtisodiy jihat-dan yordam berishi lozim edi. Har bir qabilaning o`z diniy marosimi mav-jud edi. Qabila va urug`larning boshida shayx va saidlar turib, hokimiyat faqat shularning qo`lida edi. Biroq urug`chilik tuzumining yemirilish alo-matlari ro`y bera boshlagan edi. Urug`-qabila zodagonlari eng yaxshi yay-lovlarni va dehqonchilik uchun yaroqli uchastkalarni - vohalarni (bunday uchastkalarning o`zi oz edi) o`z qo`liga kirgizib olmoqda edi. Zodagon oilalarning ko`pdan-ko`p mollari, shuningdek, qullari bor edi. Shayx va saidlar shu oilalardan chiqardi. Urushda qo`lga kiritilgan o`ljalarning eng ko`p qismi bularga ajratilardi. Arablarda urug`-qabila zodagonlaridan tash-qari, ya`ni qabila-urug` boshliqlari va oqsoqollaridan tashqari, yana sha-harli savdogar-sudxo`rlardan iborat boshqa bir yuqori tabaqa ham avj olib bordi, bu tabaqa ham muayyan bir qabila va urug`ga kirgan bo`lib, odatda badaviy qabilalarning boshliqlari bilan qattiq bog`langandi. O`rta dengiz-dan Hindistonga boradigan muhim savdo yo`li qadimdan Arabistondan o`tardi. Shu savdo yo`lida ilk vaqtlardayoq katta-katta savdo punktlari, Makka, Yatrib va boshqalar vujudga keldi. Makka shahri ayniqsa katta ahamiyatga ega edi. Arablar o`rtasida juda dong`i ketgan ibodatxona bo`l-mish Ka`ba va undagi muqaddas qora tosh (hajari asvad) shu Makkada edi. Makkada shu Ka`ba atrofida har yili katta yarmarka bo`lib turardi. Makka-ning savdogar-sudxo`rlardan iborat yuqori tabaqasi savdodan katta-katta foyda ko`rardi. Ular qullarni ekspluatatsiya qilish va qul qilib sotish bilan ham shug`ullanardilar. Shahardagi mayda hunarmandlar ham shu savdo-gar-sudxo`rlardan hamma vaqt qarzdor bo`lib, iqtisodiy jihatdan ularga qaram edi.
VI asrning oxiri - VII asrning boshlarida arablar qattiq iqtisodiy va ijtimoiy inqirozga uchradi. Yarim orolning aholisi ko`payib, yer yetishmay qoldi. Oddiy arablar uchun katta madad bo`lib kelgan karvon savdosi ham tushkunlikka uchradi. VI asrda eronlar bilan habashlar o`rtasida bo`lgan va uzoq-uzoq davom etgan urushlar natijasida Yaman deyarli butunlay xarob va vayron bo`ldi. Shimoldan janubga va janubdan shimolga tovar olib borish juda ham kamayib ketdi.
Eroniylar Hindistonga boradigan va o`zlari uchun foydali bo`lgan boshqa bir yo`lga, ya`ni Tigr (Dajla) va Yevfrat (Frot) daryolari bo`ylab Fors qo`ltig`iga boradigan yo`lga homiylik qilardilar. Ana shunday sha-roitda arablarda sinflarning tashkil topish jarayoni tezlashib ketdi. Arab shaharlaridagi aholining quyi tabaqalari o`z ahvolidan norozi edi, ular sud-xo`r boylarga nafratlanib qarardi. Bu norozilikni va nafratlanib qarashni dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi o`troq qabilalardagi va chorvachilik bilan shug`ullanuvchi ko`chmanchi qabilalardagi oddiy omma ham quv-vatladi, bu qabilalar ham yerga muhtoj edi va o`z urug`-qabilasidagi feodallasha boshlagan zodagonlardan jabr-zulm ko`rardi.
Urug`doshlik tuzumining yemirilishi jarayoni ayniqsa Hijozda, xusu-san, Makkada ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu yerdagi quraysh qabilasida urug` - qabila aristokratiyasi ajralib chiqib, hokimiyatni qo`lga olgan edi. Badaviylarda urug`chilik tuzumi ancha uzoq saqlanib qolgan. Lekin ularda ham tez orada urug`-qabila aristokratiyasi - qabila oqsoqollari (shayxlar, amirlar, sayid (hukmron)lar, qoid (dohiy)lar) va boshqalar ajralib chiqadi. Ularning hokimiyati amalda meros bo`lib o`tadigan bo`ldi. Urushlar vaqtida maxsus dohiylar saylanardi.
Arablarda ham davlatning tashkil topishining asosiy sababi jamiyat-ning sinflarga ajralishi edi. Bundan tashqari, arablar iqtisodiy inqiroz tufayli yangi-yangi hududlarga muhtoj bo`lib, Eron va Vizantiya yerlariga kirib borishga harakat qilganlar. Bu inqiroz arab qabilalarining ittifoqlarga birlashishi jarayonini tezlashtirdi, oqibatda butun Arabistonda yagona davlatning tashkil etilishiga olib keldi.
Mayda arab qabilalarini birlashtirish harakati, ayniqsa, VI asrda ku-chaydi. Bunga urug` va qabila zodagonlari boshchilik qilardi. Qabilalarni birlashtirish yakka xudoga sig`inish - monoteizmni targ`ib qilish shiori ostida o`tardi. Arab xalq ommasining ijtimoiy noroziligi mafkura tarzida, yangi din - islom dinining vujudga kelishida ifodalandi. VII asrning bosh-laridan Muhammad (SAV) arab qabilalarini birlashtirish maqsadida islom dinini targ`ib qila boshlaydi. 610 yilda u din targ`ibotchisi (payg`ambar) sifatida maydonga chiqqandi.
Shu bilan birga urug`lar o`rtasidagi o`zaro urush-janjallarni to`xta-tishni ham talab qildi, urug`larning bir-biridan qasos olishiga, urug` va qa-bilalarning tor qon-qarindoshlik doirasida biqinib yotishiga qarshi chiqdi. Arab jamiyatining bundan buyog`iga rivojlanishiga g`ov bo`lgan urug`chi-lik tuzumining tor doirasiga qarshi olib borilgan bu kurash Muhammad-ning ko`p xudolikdan qaytib, bitta xudoga - Allohga sig`inish kerak, degan asosiy diniy talabida ifodalandi (islom dinining «Lo iloha illalloh, Muham-madun rasululloh» degan asosiy formulasi - «xudo - bir, Muhammad uning payg`ambari», demakdir). Alloh - quraysh qabilasidagi bosh xudoning nomi bo`lib, Muhammad unga butun olam xudosi tusini berdi. Mo`min musulmonlar «Allohning haqiqiy payg`ambariga» (Muhammad o`zini shunday deb e`lon qilgan edi) so`zsiz itoat qilishlari kerak edi.
Muhammad (SAV) sudxo`rlikni qattiq qoraladi, har bir kishidan kambag`allarga yordam berishni, o`z daromadining o`ndan bir qismini kambag`allarni boqish uchun ajratishni talab qildi.
Muhammad (SAV) vujudga keltirgan yangi dinning beshta asosiy qoidasi, ya`ni: 1) bitta xudoga - Allohga ishonish, 2) har kuni albatta besh vaqt namozni tark qilmaslik, 3) yilda bir marta ramazon oyida ro`za tutish, 4) zakot (kambag`allarga ushur) berish va 5) haj qilishdan iborat besh farzi muhim ahamiyatga ega. Muhammad (SAV) qullikni qonuniy deb hisobla-di, ko`p xotin olishga fatvo berdi, savdoga va xususiy mulkchilikka homiy-lik qildi. Shu bilan birga yangi din dastlabki vaqtlarda xalq ommasining kayfiyati bilan hisoblashishga har holda majbur bo`ldi. Zakotning farz qilib qo`yilishi va sudxo`rlikning birmuncha cheklanishi buning yorqin dalilidir.
Dastlabki vaqtlarda Makkadagi quraysh aristokratiyasi Muhammad (SAV)ga nihoyatda dushmanlik ko`zi bilan qaradi. Muhammad Makka-ning azaldan beri davom etib kelayotgan urf-odatlarining ildiziga bolta urayotgandek, Ka`baning ahamiyatini gumon ostida qoldirayotgandek tuyulgan edi. Qurayshlar payg`ambarning o`zini va uning barcha muridlarini o`ldirmoqchi bo`lishdi. Muhammad (SAV) Makkadan qo`shni Yatrib shahriga ko`chib o`tishga majbur bo`ldi; Yatrib o`sha vaqtda Makka bilan raqobat qilardi. Bu voqea eramizning 622 yilida yuz berdi.
Muhammad (SAV)ning Yatribga ko`chishi (arabchasiga «hijrat») islom tarixida bir era bo`lib, musulmonlar o`z hisobini mana shu eradan boshladi. Shundan keyin Yatrib shahri Madinat-un-Nabi, ya`ni «payg`am-bar shahri» deb atala boshladi. Madinada Muhammad (SAV) mo`minlar - «Alloh bandalari»ning katta jamoasini tuzdi («islom» degan so`z «banda» demakdir). Madinadalik davrida ham Muhammad (SAV) bilan Makka o`rtasida nihoyatda dushmanlik munosabati davom etdi. Madinaga hamda ittifoqchi badaviy qabilalarga suyanib turib, Muhammad (SAV) qurol ku-chi bilan makkaliklarni o`z hokimiyatiga bo`ysundirdi. Makka aristokra-tiyasi oxir-oqibatda yon berishga majbur bo`ldi. Makka aristokratiyasi is-lom dinini va Muhammad (SAV)ning e`tiborini tan oldi. Lekin Muham-mad (SAV) ham Makkaning diniy ustunligini, Ka`baning va undagi qora toshning muqaddasligini e`tirof etib, har bir musulmon Makkaga haj qili-shi shart, deb e`lon qildi. Bu bilan Muhammad (SAV)ning yangi diniy tashkiloti quraysh zodagonlarining siyosiy ta`sirini ham tan oldi. Haqiqat-da, arablarda turli arab qabilalarini bitta qilib birlashtirgan davlat dini teokratik shaklda tashkil topa boshladi. Makka zodagonlari va badaviy qa-bilalarning boshliqlari bu yangi davlatda o`zlarining hukmronlik mavqeini kengroq, umum Arabiston doirasida mustahkamlab olish imkoniga ega bo`ldi. Muhammad (SAV) vafot etgandan keyin, oradan ko`p o`tmay, islom bayrog`i ostiga birlashgan arab qabilalari Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqib, Vizantiya, Eron yerlarini istilo qila boshladi.
Shunday qilib, turli arab qabilalarining birlashtirilishi natijasida yagona arab davlati tashkil topadi. Bu davlat teokratik - dinga tayangan davlat bo`lib, quldorlik tuzumining yemirilishi bilan feodal davlat sifatida paydo bo`ldi. Muhammad (SAV) vafotidan keyin Abubakr (632-634 yil-lar), Umar (634-644 yillar), Usmon (644-656 yillar), Ali (656-661 yillar) hukmronlik qilishgan. Bu xalifalar kelib chiqishlari jihatidan Muhammad (SAV)ning qarindoshlari yoki yaqin do`stlari edi.
Islom ta`limoti bo`yicha Muhammad (SAV) Allohning yerdagi noibi, unga ummaning yo`lboshchisi degan unvon ham Alloh tomonidan beril-gan. Bundan keyin hech kim Allohning yerdagi noibi bo`lishi mumkin emas. Undan keyin faqat o`rinbosarlar, merosxo`rlar, ya`ni xalifalar bo`li-shi mumkin edi. Yuqoridagi to`rt xalifa xuddi shunday merosxo`rlar edi. Xalifalar ham dunyoviy, ham diniy hokimiyat boshlig`i edi. Qonun chiqa-rish, ijro etish, sud hokimiyati ham ularga tegishli edi. Ushbu to`rt xalifalar islomda «xulafo ar-roshidin» («to`g`ri yo`ldan borgan xalifalar»), dindor-lar o`rtasida choryorlar deb atalgan.
Abubakr Muhammad (SAV)ning safdoshlaridan, uning qaynotasi (Oyshaning otasi) bo`lib, yirik savdogar edi. Uning davrida Iroq va Suriya bosib olingan, sosoniylarga (633 yil), vizantiyaliklarga qarshi (Falastin yerlariga, 634 yil) qo`shinlar yuborilgan va Arabistonda islom musatah-kamlangan. U o`zi hukmronlik qilgan ikki yil ichida ridda nomli arab qabilasining kuchli va xavfli qo`zg`oloniga duch kelgan. U o`limi oldidan kengash chaqirib o`zining yaqin safdoshi Umarni (634 yil) vasiyat yo`li bilan o`ziga voris etib tayinlagan.
Umar xalifaligi davrida Suriya, Falastin, Misr, Iroq va Eronning katta qismi bosib olingan va Arab xalifaligiga qo`shilgan. U davlat apparatini ancha mustahkamlagan, soliq tizimini tartibga solgan, davlat xizmatchilari va harbiy boshliqlar maoshini aniq belgilagan, bosib olingan mamlakatlar-da, shaharlarda arablarning harbiy lagerlarini, ulardan keyinchalik Basra, Sheroz, Qohira va boshqalarni vujudga keltirgan. Aynan shu davrda yangi musulmon yil hisobi - hijriy yil kalendari joriy etiladi. Islom an`anasida Umar hukmronligi davri islomning «oltin asri» deb hisoblanadi.
644 yilda xalifa Umarga xristian qullardan biri (hunarmand kishi) suiqasd qiladi. U o`limi oldidan o`z atrofidagi 6 kishidan iborat kengashga (shuuraga) o`z oralaridan merosxo`r saylashni topshiradi. Kengash Madina aholisi fikrini o`rganib chiqadi va Usmonni uchinchi xalifa sifatida tasdiq-laydi (644 yil).
Xalifa Usmon quraysh qabilasining umaviylar shajarasidan kelib chiqqan edi. Uning davrida xalifalik hududi ancha kengaydi, uning buyru-g`i bilan Qur`on matnlari to`plandi. U makkalik, ayniqsa umaviy zodagon-larga homiylik qiladi, qarindosh va yaqinlariga davlat mansablarini va katta-katta yerlarni, xazina mablag`larini bo`lib beradi. Natijada norozilik kelib chiqadi va birinchi xalifa Abu-Bakrning o`g`li Abdullo ibn Bakr rahbarligida (656 yilda) o`ldiriladi.
Shundan so`ng, 656 yilda Madinadagi masjitda musulmonlarning ulkan jamoasi - ummada Muhammad payg`ambarning yaqin qarindoshi (amakivachchasi va qizi Fotimaning eri) Ali xalifa etib saylangan. Lekin umaviylar uning hokimiyatiga bo`ysunmadilar. Ular eski arab qabilalari qonunlariga binoan, Usmonning o`limi uchun qonli o`ch olishni talab qiladilar. Bu harakat tez orada Aliga qarshi muxolifiyatning asosiy shiori bo`lib qoladi, unga Suriyaning umaviychi noibi Muoviya boshchilik qiladi. U yangi xalifani tan olish va unga bo`ysunishdan voz kechadi hamda 658 yilda Damashqda o`zini xalifa deb e`lon qiladi. Ali taxt uchun kurashda g`alaba qozonolmay, umaviylar bilan kelishishga ko`nadi. Ali o`z davlat poytaxtini Madinadan Iroqning Kufa shahriga ko`chiradi. Alining murosa-sizlik siyosatidan norozi bo`lgan uning tarafdorlaridan bir qismi (xorijiy-lar) suiqasd uyushtirib, 661 yilda uni o`ldiradilar. Shu bilan xalifalikning «respublika davri» deb atalgan davr, ya`ni to`rt xalifa davri tugaydi.
Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangandan so`ng arablar istilosi na-tijasida egalari tashlab ketgan yerlarni, Sosoniy shahanshohlari va Vizanti-ya imperatorlarining mol-mulklarini qo`lga oladi. Hijozdagi otasidan qol-gan mulkni harbiy asirlar kuchi bilan obod qiladi. Asoratga solingan xalq-larning ichki ishlariga aralashmay, faqat soliqlar yig`ish bilan kifoyalanadi, joylarda boshqarish ishlarini mahalliy amaldorlarning ixtiyorida qoldiradi. Shuning uchun ular uni qo`llab-quvvatlagan edilar. Ali vafotidan keyin (661 yil) Muoviya arab zodagonlari va harbiy boshliqlar yordamida yago-na hukmron bo`lib qoladi.
661-685 yillarda Umaviylar Ali tarafdorlari va xorijiylar ustidan g`a-laba qozonib, hokimiyatni mustahkamlab oladilar. Umaviylar qator islo-hotlar o`tkazadilar. Ular xalifa lavozimini nasliy mulkka aylantirish, davlat xazinasi va davlat arxivini tashkil etish, arab tilini davlat tili deb e`lon qilish, yangi oltin, kumush va mis pul chiqarish, harbiy-dengiz floti tashkil etish va boshqalar bo`yicha islohotlar o`tkazadilar. Bu tadbirlar Umaviylar davlatining harbiy-siyosiy hamda iqtisodiy qudratini oshiradi. Poytaxt Damashqda qoladi. Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga aylanadi. Umaviylar davrida arablar sharqda Afg`oniston, Hindistonning shimoliy qismi, Armaniston, Gruziya, Movarounnahr, g`arbda Shimoliy Afrika va Ispaniyaning katta qismini bosib oladilar.
Umaviylar sulolasi VIII asrning o`rtasidagi Abu Muslim boshchili-gidagi qo`zg`olon natijasida ag`dariladi. Xalifalik taxtiga Muhammad (SAV)ning amakisi avlodlaridan bo`lgan Abul-Abbos as Saffoh (749-754 yillar) o`tiradi va umaviylar avlodlaridan bo`lgan shahzodalarni qirib tash-laydi va abbosiylar sulolasiga asos soladi. Poytaxt Damashqdan Bog`dod-ga ko`chiriladi. Bu sulola 750-1055 yillar mamlakatni idora etadi. Mahdiy (775-785 yillar), Xorun ar-Rashid (786-809 yillar), Amin (809-813 yillar), Ma`mun (813-133 yillar), Mu`tasim (833-842 yillar) va boshqalar davrida Arab xalifaligi markazlashgan qudratli davlatga aylanadi, unda feodal mu-nosabatlar rivojlanadi. Arab xalifaligiga Yaqin va O`rta Sharq, Shimoliy Afrika davlatlari kiradi. Feodallar zulmi kuchayishi bilan xalq qo`zg`olon-lari (masalan, Bobak, Muqanna, Sumbod Mug` boshchiligidagi qo`zg`o-lonlar, zinjiylar qo`zg`oloni va boshqalar) ko`tariladi. IX asrning II yarmi-dan boshlab Abbosiylar xalifaligining markaziy hokimiyati zaiflasha boradi, xalifalik tarkibida bir necha mustaqil davlatlar vujudga keladi. Ma-salan, 756 yilda Ispaniyada Qurtoba amirligi tashkil topadi, Shuningdek, tez orada Afrikada Ag`labiylar davlati, Xuroson va Movarounnahrda So-moniylar davlati, Marokash, Tunis, Misr va boshqa mustaqil davlatlar vu-judga keladi. 945 yilda Erondagi Buvahiylar Bog`dodni egallab, Abbosiy-larni siyosiy hokimiyatdan chetlashtiradilar.
1055 yilda Bog`dodni saljuqiy turklar bosib oladilar va o`z boshliq-lari To`g`rulbekni sulton deb e`lon qiladilar. So`nggi xalifa Mustasimni mo`g`ullar xoni Xulagu qatl ettirgan edi (1258 yilda). XIV asrda Arab xalifaligi hududi Amir Temur tomonidan bosib olingan. XV asrda xalifalik Usmonli Turk saltanati tarkibiga qo`shib olinadi.



Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish