Glossariy 4-mavzu
Ummaviylar – arab xalifalari sulolasi (661-750 yy.). Asoschisi makkalik yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu So`fyonning o`g`li Muoviyadir. Muoviya xalifa Ali hokimiyatini tan olishdan bosh tortib, Damashqda o`zini xalifa deb e`lon qilgan.
ushr – musulmon mamlakatlarida natura shaklida undirilgan soliq. Ushr solig`i har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan.
xiroj – er solig`i; Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarida, jumladan, O`rta Osiyoda davlat tomonidan undirilgan er solig`i. Xiroj O`rta Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy qilingan; hosilning 20-25% hisobida olinadigan qishloq xo`jalik solig`i;
xoqon – hukmdor, podsho
xutba – juma va ulug` ayyom kunlari masjidda imom xatib tomonidan aytiladigan oyatu hadislar, pand-nasihatlar. Shuningdek, o`rta asrlarda xalifa va mahalliy hukmdor nomini tilga olib imom tomonidan o`qiladigan duo ham xutba deyilgan.
Chag`oniyon – O`rta asrlarda Movarounnahrdagi qadimiy viloyat. Uni hozirgi Surxondaryo viloyati hamda qisman Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan bo`lgan.
shayx ul-islom – eng yuqori pog`onada turuvchi huquqshunos shaxs
shod – Turk xoqonligidagi tuman – o`n minglik lashkar boshlig`i
yabg`u, jabg`u – el-yurt hokimi, mahalliy hokim
o`rda – 1. Turkiy va mo`g`ul xalqlarida harbiy-ma`muriy tashkilot, manzilgoh. O`rta asrlarda oliy hukmdorlar qarorgohi, poytaxti; 2. Podshoh, xon yoki biror oliy martabali shaxsning harami.
qasr – saroy
Qur`oni Karim – musulmonlarning muqaddas kitobi
qo`rg`on, qo`rg`oncha – atrofi baland paxsa devor bilan o`ralgan darvozali turar joy
g`azavot – din uchun kurash. Islomda g`ayridinlarga qarshi musulmonlarning muqaddas urushi.
Hadisi Sharif – Muhammad payg`ambarning nasihatlari, ko`rsatmalari va faoliyati bilan bog`liq ahloqiy, huquqiy me`yorlar.
ushur – hosilning 1/10 hisobidagi solig`i
xiroj - hosilning 1/3 hisobidagi solig`i
shayxulislom – din va ilm peshvosi
shahriston – o`rta asrlarda Sharqdagi shaharlarning markazi, ya`ni mudofaa devori bilan mustahkamlangan shaharning asosiy qismi. Shahristonda saroy, jome masjidi, yopiq yoki ochiq bozor, bosh maydon – registon, muhim ma`muriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarini qo`rg`onlari, shuningdek, oddiy aholi xonadonlari va boshqalar bo`lgan.
xatib – din peshvosi
Do'stlaringiz bilan baham: |