Arab xalifaligi va musulmon huquqi



Download 233,5 Kb.
bet4/24
Sana25.03.2022
Hajmi233,5 Kb.
#510181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Arab xalifaligi va musulmon huquqi

Davlat tuzumi
rab xalifaligi rivojlanishining yuqoridagi uchta bos-qichida uning davlat tuzumi o`zgarib borgan. Arab xalifa-ligining birinchi davrida hali davlat tuzumida harbiy demokratiya qoldiqlari saqlanib qolgan bo`lsa, Umaviylar va Abbosiylar davrida xalifalik despotik davlatga aylangan.
Muhammad (SAV) Makkadagi muhojir sheriklari (muxojirun) va madinalik tarafdorlari (ansor) bilan birgalikda o`zining «Umma» nomli diniy-siyosiy jamoasini tuzadi. Bu ayni vaqtda arablar yerida qon yoki qarindoshlik rishtalari asosida emas, balki g`oya asosida ijtimoiy tashkilot vujudga keltirishga dastlabki urinish bo`lgan edi. Buning uchun shunday universal qonun talab qilinadiki, u ana shu vaqtgacha kuchli yoki ayyor rahbarlik irodasi ustunlik qilgan jamiyatda yangilik kiritishi lozim bo`lgan qabila yo`lboshchisi bo`lishi yoki yerdagi qandaydir boshqa mavjudotdan yuqori turishi kerak edi.
Muhammad (SAV) tashkil etgan diniy-siyosiy jamoa ana shu g`oya-ga asoslangan bo`lib, unda Alloh davlat mustaqilligining timsoli, payg`am-bar esa umrbod uning qonuniy noibi va yerdagi oliy rahbar edi. U ana shu tariqa o`z qiyofasida yakka hokimga xos obro`-e`tiborning barcha jihatlari-ni birlashtirgan edi. U Allohning qonun-qoidalarini dindorlarga uning so`zlari bilan e`lon qilgan va ularni o`zi va boshqalar oldida muvaffaqiyatli himoya qila olgan edi. Shu bilan birga Muhammad (SAV) qavmlari uchun mutlaq qonun chiqarish hokimiyatini o`zida saqlab qoldi.
Bundan tashqari u oliy sudya, cheklanmagan ijroiya va harbiy hoki-miyatga ham ega edi. Zabt etilgan qabilalar unga itoat etishardi; u bilan shaxsan ittifoqlar tuzilardi. U aholining butun-butun guruhlarini quvg`in qilish yoki ularni jazolash to`g`risida qaror qabul qilar, soliqlar va ularni undirib olish usulini belgilar, qo`lga kiritilgan o`ljalarini erkin tasarruf etardi. Muhammad (SAV)ning obro`siga doir mutlaq va shaxsiy o`ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, u hech qanday kengash, hech qanday majlis o`tkazishni joriy etmagandi. Aytilishicha, garchi u o`z tevarak-atro-fidagilardan tez-tez maslahat so`rab tursa-da, lekin ularda hamisha taso-difiy va aslo majburiy bo`lmagan tavsiyalar haqida gap borardi.
Butun ijtimoiy hayot masjid qonunlari doirasida borardi. Bu yerda barcha muhim davlat va jamoa masalalari hal etilardi, ommaviy ibodatlar o`tkazilardi, hukmlar e`lon qilinar va ijro etilardi. Masjidga tirkab qurilgan suffa deb ataluvchi zal o`quv xonasi, masjid hovlisi esa harbiy o`quv maydoni hisoblanardi.
Garchi yosh musulmonlar jamoasida ruhoniylar tabaqasini belgilash va ierarxiya tashkil etishdan voz kechilgan bo`lsa-da, payg`ambar (SAV) tez orada o`z vakolatining bir qismini shaxsiy vakillariga topshirishga majbur bo`ldi. Ana shu vakillarining malaka mezonlari ularning halol-pokligida, musulmon huquqini (shariatni), bunga qadar islomga ko`rsatib kelingan xizmatlarni bilishda edi. Muhammad (SAV) harbiy boshliqlar, soliq yig`uvchilar, harbiy boylikni saqlovchilarni, shuningdek, hujjatlar, mulkiy holatlarni qayd etish, soliq tushumlarini baholash, xatlar yuborishni tartibga solish uchun kotiblar ham tayinlardi.
Birinchi musulmon davlati Madina shahrida tashkil etilgandan keyin bir necha yil o`tgach, u Arabiston yarim orolining katta qismini qamrab ol-di, shundan keyin payg`ambar viloyat boshqaruvi tizimini joriy qildi. Har bir viloyat tepasida endi valiy turardi, u jamoat xavfsizligi va tartibini saq-lash, shuningdek, sud vazifalarini ham ado etishi lozim edi. U ayni vaqtda imom ham bo`lib, dindorlarning ommaviy ibodatlariga boshchilik qilardi. Muhammad (SAV) hayot vaqtida musulmon davlatchiligi shak-shubhasiz teokratik (diniy hukmronlikka asoslangan) edi. Alloh davlatining oliy mus-taqil hokimi sifatida Muhammad (SAV) Allohning buyruqlarini amalga oshiruvchi, yetkazuvchi sifatida maydonga chiqdi. Payg`ambar (SAV) shu tariqa o`zining farmoyishlarini ifodalamasdan, xudo amrini bajaruvchi sifatida ish ko`rdi. Bu lavozimda u ikki vazifani ado etdi: birinchidan, pay-g`ambar vazifasini bajardi, ya`ni Alloh so`zlarini dindorlarga yetkazib turdi; ikkinchidan, Allohning yerdagi dunyoviy noibi vazifasini bajardi.
Payg`ambar (SAV)ning Madinada barpo etilgan davlatdagi davlat-huquq vaziyati o`ziga xos darajada noyob va betakror edi, chunki Muham-mad (SAV) Qur`on bo`yicha «Allohning payg`ambari va payg`ambarning so`nggisidir». Shu tariqa payg`ambar lavozimini meros qilib olishga avval boshdanoq barham berilgan edi: Muhammadning (SAV) Alloh vakili sifa-tidagi mavqei faqat uning shaxsi bilan cheklangan bo`lib, uning izdoshlari-ga meros bo`lib o`tishi mumkin emas edi. Lekin musulmon dinshunoslari-ning fikricha, Muhammad (SAV) yerdagi noib, ya`ni musulmonlar jamoasi - ummaning yo`lboshchisi sifatida bevosita Allohning o`zi tomonidan e`lon qilingan bo`lib, uni faqat xalifalar meros qilib olishlari mumkin edi.
Arabcha - «xalifa» so`zi merosxo`r yoki o`rinbosar ma`nosini bildiradi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, xalifalar (arabcha «xillaafa») di-niy vazifalar bilan birga dunyoviy vazifalarni ham bajarardilar. Shu tariqa ular davlat va hukumat boshlig`i, shuningdek, musulmonlar ommaviy ibodatlarining ma`naviy rahbari ham edilar.
Dastlabki to`rt xalifa musulmon aslzodalari orasidan saylangan edi. Muhammad (SAV) payg`ambarning vorislari hisoblangan bu xalifalar ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatga (qonun chiqaruvchi, ijrochi, sud hoki-miyatiga) ega bo`ldilar. V.V.Bartold ana shu o`ziga xos xususiyatni qayd etar ekan, bunday deb yozgan edi: faqat «dindor xalifalar davridagina Arab xalifaligidagi oliy hokimiyat teokratik xususiyatni saqlab qoldi. Bu davrda xalifalar faqat diniy rahbarlar (imomlar) emas, shu bilan birga harbiy rahbarlar (amir al-mo`minin) ham bo`lib qoldilar».
Shunday qilib, xalifalik teokratik shakldagi davlat bo`lib, unga xalifa - payg`ambar (Allohning yerdagi «vakili» va «noibi») ning o`rinbosari boshchilik qilgan.
Xalifalar o`z qo`lostilarida ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatni jamlagan edilar. Shundan keyingi davrlarda mahalliy musulmon hukmdor-lari tomonidan xalifalardan mustaqil, alohida hokimiyatning o`zlashtiri-lishi, arab huquqshunoslari ta`limotiga ko`ra dinga asoslanmagan hukm-ronlik edi.
Xalifa hokimiyatining manbai quyidagilar edi:

Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish