Arab xalifaligi va musulmon huquqi



Download 233,5 Kb.
bet9/24
Sana25.03.2022
Hajmi233,5 Kb.
#510181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Arab xalifaligi va musulmon huquqi

Xorijiylar (arabcha - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o`rtasidagi kurash davomida VII asrning II yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga ko`ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining o`rtasida norozilik tug`dirgan. Qo`shinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchanlikda ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham babbaravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh ta-rafdorlari xorijiylar deb nom olgan. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo`ysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arab-musulmonlar hamda mehnatkashlar ommasi manfaatini ifodalagan demokratik harakat bo`lgan. Ular o`zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblaganlar. Xorijiylar «dindan qaytgan», yo`qotilishga mahkum etilgan deb e`lon qilingan siyosiy va g`oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo`lganlar. Xorijiylar ta`limotiga ko`ra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo`ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki negr bo`lsa ham) xalifa bo`lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa vazi-fasidan bo`shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar fikricha, e`tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim. E`tiqod, gunohkor kishilarni jazo-lash masalalarida xorijiylar murji`iylarga qarama-qarshi turganlar. Keyin-chalik xorijiylar bir necha mayda guruhlarga bo`linib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib bordilar. Buning natijasida xorijiylarning ko`pi qirib tashlandi, ularning qolganlari Shimoliy Afrikada o`z davlatini vujudga keltirdilar. Xorijiylar xalifalikdagi ko`pgina qo`zg`olonlarga (Zinjiylar qo`zg`oloni, Abu Muslim qo`zg`oloni va boshqalar) qatnashganlar. Hozirgi davrda xorijiylarning ibodiylar sektasi mag`rib mamlakatlarida (Jazoir, Tunis va boshqalarda), Ummon, Tanzaniyada uchraydi.
Islomdagi oqimlarning yana bir turi mazhablardir. Masalan, sunniy-likda fiqhiy maktablardan tashqari aqidaviy muammolarda ixtilofga bor-gan ko`pgina mazhablar mavjud bo`lib, ular asosan quyidagi masalalarda bir-biridan farq qiladi:
1. Oliy hokimiyat (imomat, xalifalik) masalasi.
2. Imon masalasi.
3. Qazo va qadar masalasi.
4. Allohning zoti va sifatlari masalasi.
5. Fiqhiy masalalar.
Har qanday musulmon fiqhda ma`lum maktab yoki mazhabga (masalan, hanafiylikka) erishgan bo`lishi bilan bir vaqtda, imon masalasida ash`ariy, qadr masalasida qadariy, sifat masalasida esa mu`taziliy aqidasida bo`lishi mumkin. Albatta, bunday holat kam uchraydi. Chunki yirik mazhab sohiblari nafaqat bir yo`nalishda, balki islomdagi barcha masalalar bo`yicha o`z fikrlarini bildirganlar.
Azaldan bizning yurtimizda fiqhda hanafiylik, aqidada esa moturidiylik maktabi ta`limotlariga rioya qilib kelingan. Lekin usul (asosiy masalalar)da yuqorida sanab o`tilgan sunniylik mazhablari orasida hech qanday ixtilof, qarama-qarshilik yo`q. Ularning barchasi «to`g`ri yo`ldan boruvchi» deb e`tirof etilgan.
Hanafiya - sunniylikdagi diniy-huquq mazhablaridan biri. Abu Hani-fa an-Nu`mon asos solgan. Undan keyin hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (795 yilda vafot etgan), Muhammad ash-Shaybon (804 yilda vafot etgan), Quduriy (1036 yilda vafot etgan) va boshqalar asarlarida ish-lab chiqilgan. Iroqda vujudga kelib, islom tarqalgan barcha mamlakatlarda, jumladan, Xuroson va Movarounnahrda ham keng yoyilgan. Burhoniddin Marg`inoniyning «Hidoya» to`plami bu mazhabning asosiy shariat qo`llanmasi sifatida tanilgan. Hanafiya qonunlari nisbatan yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy an`analarini e`tiborga olganligi sababli keng yoyilgan. Sunniylik yo`nalishiga mansub bo`lgan musulmonlarning uchdan bir qismidan ko`prog`i bu mazhabga kiradi, u bir necha arab dav-latlarida, Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afg`oniston, Xitoy musulmonlari orasida tarqalgan. Ularda hanafiya mazhabi qonunlari hozirgi davrda ham o`z ta`sirini saqlab qolgan.
Shofi`iya - sunniylikdagi Shofi`iy asos solgan diniy-huquq mazhab-laridan biri. Suriya va Misrda shakllangan, o`rta asrlarga kelib Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Keyinchalik bu mazhabning ta`sir doirasi torayib borgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya musulmonlari ora-sida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining ba`zilarida, qisman Suriyada va ja-nubiy arab sultonliklarida shofi`iya mazhabi diniy-huquq tizimiga amal qiluvchilar bor. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida musulmon mamlakatlarida shariatning, jumladan, shofi`iya mazhabining huquqiy hayotdagi ta`siri borgan sari susaymoqda. Shofi`iy o`z asarlarida islom huquqini an`anaviy normalar bilan bog`lashga intilgan.
Sunniylikdagi yana bir diniy-huquq mazhabi - Malik ibn Anas tomo-nidan asos solingan malikiyadir. Bu mazhab tarafdorlari huquq masalalari-da ratsionalistik metodga, ya`ni Qur`on va hadislarni aqlga asoslangan hol-da talqin qilishga qarshi chiqqan. Bu mazhab dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda malikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va ayrim boshqa mamlakatlarda musul-monlar o`rtasida ta`sirga ega.
Va nihoyat, sunniylikdagi so`nggi mazhab hanbaliya bo`lib, unga Ibn Hanbal asos solgan. Hanbaliya huquq tizimi o`ta torligi, har qanday ko`ri-nishdagi «yangilik»ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat normalariga rioya etishga qat`iy mutaassibligi bilan ajralib turgan. Hanbaliya tarafdorlari Qur`on va hadislarni erkin talqin etish yo`lidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham bu mazhab keng tar-qalmagan. Faqat IX asrning II yarmida Arab xalifaligida mu`taziliylarning va ilohiyot sohasidagi hurfikrlilikning ta`qib ostiga olinishi tufayli hanba-liya bir muncha kengaygan va XII asrda mustaqil mazhabga aylangan. X asrda Eronda, XI asrdan XV asrgacha Suriya va Falastinda hanbaliya iz-doshlari ko`p bo`lgan. Undan keyingi asrlarda hanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo bo`lgan vahhobiylar hanbaliya taraf-dorlari bo`lib chiqqan. Vahhobiylar Saudiya Arabistonida hokimiyatni qo`lga olgach (XX asrning 20-yillari), hanbaliya qonunlarini amalga kirit-ganlar. U yerda hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amal-da. Hanbaliya Saudiya Arabistonidan boshqa mamlakatlarda kam uchray-di. Islomda ikkinchi yo`nalish - shialik ham ismoiliy, ibodiy, ja`fariy, zay-diy kabi mazhablarni98 o`z ichiga oladi.



Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish