MONASH prognozlash modeli - bu mehnat bozoridagi ishchi kuchiga talab va taklifni hamda iqtisodiyotning har bir sektoridagi bandlikni belgilovchi makroiqtisodiy modeldir. Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha xodimlar sonini bashorat qilish orqali model mehnat bozorida kerakli mutaxassisliklarni aniqlaydi. U 282 kasblar guruhi bo‘yicha bandlikni batafsil prognozlashni hisobga olgan holda
56 ta hudud va iqtisodiyotning 113 ta kichik tarmoqlari bo‘yicha prognozlash imkonini beradi. MONASH modeli bo'yicha mehnat bozori prognozini ishlab chiqish quyidagi ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
1. YaIM prognozi.
2. YaIM prognozi va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha band bo‘lganlar soni.
3. Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar prognozi, mamlakatning 56 ta mintaqasi bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarda band bo‘lganlarning batafsil ko‘rsatilgan holdagi soni.
4. Kasblar klassifikatoriga muvofiq 282 ta kasb guruhlari bo'yicha band bo'lganlar sonining prognozi.
5. Jins, yosh, ta'lim darajasi va haftalik ish soatlari soni bo'yicha bandlik prognozi.
Bandlikni prognozlash iqtisodiyotni makroiqtisodiy prognozlash jarayonining bir qismi hisoblanadi. Prognozni ishlab chiqish va takomillashtirish har ikki yilda bir marta etti yillik davr uchun amalga oshiriladi.
MONASH prognozlash modeli bandlikka ta'sir qiluvchi asosiy omillarni hisobga oladi va kasbiy tarkib bo'yicha tarmoqlar kontekstida bandlikning aniq va batafsil prognozini ishlab chiqishga imkon beradi.
Shu bilan birga, MONASH prognozlash modelining kamchiliklari orasida juda ko'p ma'lumot va statistik materiallardan foydalanish zarurati va uning asosida mehnat bozorida talab qilinadigan malakalar prognozini ishlab chiqishning mumkin emasligi kiradi.
Ishchi kuchiga talabni prognozlashning eng rivojlangan tizimlaridan biri Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. Prognoz Bandlikni tadqiq qilish instituti (IER) tomonidan ishlab chiqiladi. Rejalashtirish 10 yil muddatni qamrab oladi, prognoz har yili yangilanadi, aniqlashtiriladi va qayta ko'rib chiqiladi. Mehnatga bo'lgan talabni prognozlash quyidagi ketma-ketlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
1. Iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi prognozi.
2. Bandlikning prognozi.
3. Ish bilan ta'minlanganlarni kasblarning yiriklashtitilgan guruhlari va bandlik turlari bo'yicha taqsimlash prognozi.
4. Mehnat bozorida malakali ishchi kuchi taklifi prognozi.
Kembrij universitetida joylashgan Cambridge Econometrics Limited kompaniyasi ham iqtisodiyot, energetika va ekologiyani bog‘laydigan ko‘p tarmoqli dinamik model bo‘lgan