www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Xarajatlaringizni nazorat etib va pullaringizning bir qismini doimiy ravishda omonatga
qo'yib, mablag'ingizni qay tarzda ko'paytira olishingizni namoyish etish uchungina sakkiz
foyizlik misol sifatida keltirdim xolos.
Albatta, pulni tejab-tergab yana omonatga qo'yish uchun ayrim maxsus bilimlarga
ega bo'lish yoki shu soha bilimdoni bilan, masalan, moliya maslahatchisi yoki hisobchi
bilan kengashish zarur. Maqsadlaringizga ko'proq muvofiq keluvchi omonat dasturi va
investisiyalar jadvalini to'g'ri tanlaganingizga imoningiz komil bo'lishi lozim. Bu
daromadlaringiz, oilaviy sharoitingiz, soliqqa aloqadorligingiz va pullaringizdan qaysidir
davrdagi muddat ichida foydalanishdan o'zingizni tiya olish yoki shunga rag'batingiz
mavjudligiga bog'liqdir.
Siz doimo qo'yishga pul ajrata olishingiz va shu tariqa mablag'ingizni foydangizga
ishlata olish va kelgusida ular daromad keltirishi uchun sarf-xarajatlaringizni nazorat etish
tamoyili juda muhim jihat hisoblanadi. Xarajatlaringizni nazorat etishni qanchalik tez
boshlasangiz, ishingiz xayrli rivoj topishi ham shunday ravshan. O'n yillik muddat ham
anchagina katta farqni keltiradi. Shu bois pul qo'yishni yoshlikdan boshlash shunchalar
muhimdir.
— Pul yig'ishni yigirma yoshdan boshlash o'rniga o'ttiz yoshdan boshlash unchalik
katta farq bo'lishi dargumon, — dedi yigitcha.
— Xo'sh, o'zingiz hal eting, — javob berdi Ormen xonim, — kim oltmish besh
yoshini yaxshiroq natija bilan kutib oladi: 29 yoshidan boshlab yiliga 1000 funtdan ajratib
keksaygunicha davom ettirgan kishimi, yo o'shancha mablag'ni 19 yoshidan boshlab 29
yoshda to'xtatganimi? Agar ular bir xil sharoitda, yiliga sakkiz foyizlik kirim bilan
omonatga qo'ygan bo'lsalar, qaysi biri oltmish beshida ko'proq pulga ega bo'ladi?
— Albatta, 29 yoshidan boshlab yiqqan kishi-da. Garchi u pul yig'ishni kechroq
boshlagan bo'lsa-da, o'ttiz olti yil davomida boshqasiga nisbatan to'rt barobar ortiq pul
qo'ygan.
Ormen Xonim kinoyali jilmaydi.
— Siz aytgan kishi 36000 funt pul qo'yib, 65 yoshida bu ko'rsakich 202070 funtga
yetadi. Lekin 19 yoshida pul yig'ishni boshlagan kishi, garchi faqat o'n yil pul qo'ysa-da,
10000 funt ajratgan esa-da, bu davrga kelib uning mablag'i 249901,57 funtga yetadi.
— Jiddiy aytayapsizmi ? — hayrat bilan so'radi yigit. — O'n yil shunday katta farqni
beradimi?
— Raqamlarning o'zi aytib turibdi, shundaymasmi? — javob berdi Ormen xonim.
Yigitcha imkon boricha tezroq pul qo'yishni boshlash kerakligini anglab, og'ir xo'rsindi.
Lekin u hali ham buni qay tarzda amalga oshirishni tasavvur qilolmasdi.
— Sarf-xarajatlarni nazorat etish va doimiy ravishda omonatga qo'yish — nazariyada
yoqimli jaranglaydi, — dedi u, — lekin amalda qanday bajariladi? Siz bunga qanday
erishdingiz?
— Sarf-xarajatlarni nazorat etishning muhimligi to'g'risida ilk bor eshitganimda
kattagina pul miqdorida qarzlarimni qistayotgan sudxo'rlarim ko'pligi bois bunga doir o'z
bahonalarim bor edi. Lekin bu ish yo'lga tushib keta olsa, kelajagimni ta'minlash va
Do'stlaringiz bilan baham: |