www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Lekin bundan foyda ko'rish uchun bag'oyat uzoq kutishga to'g'ri keladi, — dedi
yigitcha. — Xarajatlarni nazorat etish va pulni omonatga qo'yish keksaygan chog'da
yordamlashishiga qo'shilaman, ammo bu hozir yoki yaqin kelajakda boylik yaratish uchun
qanday ko'maklashishi mumkin?
— Basharti real boylikka ega bo'lishni istasangiz, uni yaratishingiz zarur, buning
uchun esa kuchli asoslar talab etiladi. Xarajatlarning nazorati sizni bir kechada, hatto bir
yilda ham boy qilmaydi, lekin u kelajagingizni qurishga yo'l qo'yadi. Bu oilangizga
g'amxo'rlik qilishingizga imkon beradi, sizni qarzlardan asraydi va eng muhimi, shuning
evaziga keksayganingizda moliyaviy mustaqillik bilan maqtana oladigan, o'n foyizni
tashkil etuvchi kamdan-kam kishilardan biri bo'lasiz. Har haftada maoshingizdan o'n
foyizini omonatga qo'yib, Haqiqiy Boylik yaratishga kiritadigan mablag'ni asta-sekin,
lekin ishonch bilan yig'ib borasiz.
Lekin «qanday qilib tez boyish» dasturlaridan ehtiyot bo'ling, — ogohlantirdi Ormen
xonim. — Haddan tashqari shubhali omonatlar xavfli bo'lishi mumkin. Katta
pushaymondan ko'ra kichik ehtiyotkorlik afzalroq! Kezi kelganda shunday bo'ladiki,
tavakkalchilikka borishga to'g'ri keladi, ammo yaxshilab o'ylangan, bexos avantyura
bo'lmagan gardkam bo'lishi kerak.
— Endi, anchagina pul yig'ib olganingizda, — dedi yigitcha, — xarajatlaringizni
nazorat etish sizga shart bo'lmasa kerak?
— Bilasizmi, kishi xarajallari har doim daromadlariga mutanosib ravishda o'sib
boraveradi, — javob berdi Ormen xonim.
— Odamlar darhol katta imorat, yaxshiroq mashina uchun ko'proq pul sarflashni
boshlaydilar, ular nihoyat xarajatlarini nazorat etishga qaror qilmagunlaricha qimmatbaho
kurortlarga boradilar, qimmat modelyerlarga kiyim-bosh buyuradilar va eng qimmat
restoranlarga boradilar.
Darhaqiqat, qancha pul sarflasalar ham bu haqda unchalik qayg'urmaydigan kishilar
bor. Lekin bu toifadagi kishilar kam, ko'pchiligi nazorat etadi. Hatto millionerlar ham.
Lotoreyag yutuq yutgan kishilardan ko’pchiligi oxir-oqibatda cho'ntaklarida sariq
chaoqasiz qoladilar, bunga sabab shuki, ular xarajatlarini nazorat qilmaydilar.
Ular kelajak haqida o'ylamasdan pullarni sarflaydilar. Boylik haqida gapirganda
doimiy daromad yaratish to'g'risida so'zlashimizni unutmang. Agar doimiy daromadingizni
ta'minlaniasangiz, pulingiz oxir-oqibatda xuddi daryo suvi quyilmay, qurib bitayotgan ko'l
misol tugaydi.
Shu bois xarajatlarni nazorat etish quvvatidan foydalanmasangiz Haqiqiy Boylikni
yaratib va qo'llab-quvvatlay olmaysiz.
Yigitcha uyga kelgach, Ormen xonim bilan suhbat chog'ida yozganlarini diqqat bilan
o'qib chiqdi. U yerda quyidagi jumlalar bor edi: Haqiqiy Boylikning yettinchi siri —
xarajatlarni nazorat elish quvvatidir.
♦ Boylik qancha pul topayotganingiz bilan emas, topganinigizga qanchalik yaxshi
yashay olishingiz bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |