Kelasi kun yigitcha odatdagidan ertaroq uyg'ondi. U bilan uchrashgan kishilarga
Haqiqiy Boylik sirlari xizmat qilgani, ammo ular yigitchaga ham yordam bera olarmikan,
mana, masala qayerda, degan fikrlar unga sira tinchlik bermasdi. Bunga javob — uning
o'zida ishoch hissini tuymasligida edi. Unda shaxsiy biznesini qaror toptirish fikrlari ham
www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
ham bor edi-yu, lekin basharti muvaffaqiyatsizlikka uchrasa-chi, unda nima bo'ladi. Agar
buning oqibatida hozirgidan ham kamroq pul topsa-chi?
Tuni bilan shu muammoni hal etishga urinsa-da, tongda kechagidan ortiqroq hech
nima deyo’lmadi. U hamisha muhim qarorlarni qabul qilishda qiynalardi. Noto'g'ri qabul
qilingan qaror halokatli bo'lishi hamda uning keyingi hayotiga ta'sir etishi mumkin edi.
Ro'yxatidagi navbatdagi kishi unga bu borada yordam berishiga umid qilardi.
Boshi kal va oltmishdan oshgan bo'lishiga qaramasdan Saymon Levisni yigitlik
g'ayrati tark etmagandi. U doimiy ravishda badantarbiya bilan shug'ullanar va bog'da
ishlab huzurlanardi, uning gapiga qaraganda, bular o'zini yosh hisoblashga ko'maklashardi.
U boshdan oyoq ishbilarmon-biznesmen degan nomga arzirli edi: egnidagi to'q kulrang
buyurtmaga tikilgan va taxtakachdek dazmollangan kostumi qizil bo'yinbog'i yon
cho'ntagidagi shunga mos dastro'moliga g'oyat mutanosib edi.
Janob Levis shahar chekkasidagi o'zida qarashli katta majmuada joylashgan hayotni
sug'urtalash bo'yicha shaxsiy agentligida xizmat qilardi. Uning kompaniyasi mazkur
sohada yetakchi bo'lib, uning umumiy yillik aylanma mablag'i boshqalarnikidan kam'ida
o'n barobar ortiq edi. Janob Levisning qarshisida o'tirgan yigitga tez orada ayon bo'lishi-
cha, u har doim ham badavlat, ishbilarmon biznesmen bo'lmagan ekan. Aslida u butun
umri mobaynida, aniqrog'i, oltmish yoshiga qadar moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan
kechirgan ekan. Atigi besh yil muqaddam u shahar tashqarisidagi eng yomon joylardan
birida bir xonali torgina uyda yashab, ofisi uchun tuzukroq joyi ham bo'lmaganidan eskib
vayronaga aylangan ma'muriy binoning to'rtinchi qavatida joylashgan oshxonada o'z
biznesini yuritishga majbur edi.
Lekin bugun yigitcha qarshisida hayotni sug'urta qilish bo'yicha butun mamlakatda
eng ilg'or kompaniyalardan birining asoschisi o'tirardi. Yigit shu qisqa muddat ichida
uning hayotini bir yuz sakson darajaga nima o'zgartirganini tezroq bilib olish ishtiyoqida
edi.
— Hammasi besh yil avval boshlandi, — deya hikoya qila ketdi janob Levis. — Men
ish joyim bo'lmish oshxonada ahvolimni yaxshilash uchun nima qilish kerakligi to'g'risida
o'yga cho'mib o'tirardim. Oltmish yoshimni hech bir jamg'armasiz, qarzlarga bo’lgancha
qarshilayotganim, endi keksaligimni tuzukroq ta'minlash to'g'risidagi o'ylar xayolimni
band etgandi. «Time» jurnalida sakkiz foyizdan kamroq erkaklar va ikki foyizdan kamroq
ayollar oltmish besh yoshga yetganda moliyaviy jihatdan mustaqilliklari bilan maqtana
olishlari to'g'risida berilgan maqolaga ko'zim tushib qoldi. Maqolada aytilishicha,
aholining atigi bir foizdan kamroq qismini badavlat yoki o'ziga bahuzur deb ataluvchi
kishilar tashkil etar ekan, Bu meni anchayin g'amgin o'ylar girdobiga tortdi. Hozirgi
nochorlikdan qutulish ancha mushkuldek tuyuldi va bu ahvoldan chiqishga
ko'maklashadigan biron voqea ro'y berishini so'rab, Yaratganga iltijo qila boshladim.
«Xavotirlanma, hech qachon bunday bo'lmasligi mumkin!», degan ovoz bexos
qulog'imga kirdi. Ko'zimni ochsam, tabassum bilan boqib turgan sharq kishisini ko'rdim.
U nima sababdan oshxonaga mo'ljallangan joyda ishlayotganimni so'radi. Unga davrimiz