www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
osig'liq — mayib barmoqlar ibodat qilayotgan kabi ko'kka yo'naltirilgan ikki qo'l tasviri
yigitda zo'r taassurot qoldirgandi.
Shu tobda eshik ochilib, xonaga oppoq sochli, chaqmoq moviy ko'zli, keksaroq kishi
kirib keldi. Erkaklar qo'l siqib ko'rishishgach, kamin ro'ba-ro'siga joylashdilar.
— Bu rasm sizni ta'sirlantirgan ko'rinadi, — dedi janob Liver, devordagi tasvirga
ishora qilib.
— Ha, — dedi yigitcha, — san'atni unchalik yaxshi tushunmasam-da, nazarimda
ushbu rasmda nimadir borga o'xshaydi...
— Uning ortida ajoyib tarixiy voqea bor, — dedi janob Liver. — Germaniyaning
Nyurnberg degan loyi yaqinidagi kichik qishloqda bundan besh yuz yil muqaddam bo'lib
o'tgan voqea bu. U yerda sakkiz bolasi bor oila yashardi. Albrext Dyurer ismli zargarlik
kasbining ustasi oilasini boqish uchun sutkasiga o'n sakkiz soat ishlashga majbur edi.
Uning ikki o'g'lida san'atga qobiliyat ko'rindi va ikkalasi ham rassom bo'lishni
orzulardi, biroq otasi ularni Nyurnberg badiiy Akademiyasiga yuborishga qurbi
yetmasligini har ikkisi ham bilardi. Ikkala o'g'il qur'a tashlashga shartlashishdi. Qaysi
biriga uyda qolish cheki tushsa, shu yerdagi konda ishlab, ikkinchi birovining
Akademiyada o'qishiga pul topadi. To'rt yildan so'ng Akademiyada o'qishi bitgan o'g'il
bilan bu yerdagisi o'rin almashadilar, ya'ni ma'lumot olib kelgani san'ati yordamida yoki
zarur bo'lsa, konda ishlab, ikkinchisining o'qishiga sharoit yaratadi.
Qur'a tashlanadi. Uka Albrext Dyurer o'qishga jo'naydigan, kattasi Albert esa konda
ishlaydigan bo'ldi. Albrextning qobiliyati tez orada tan olindi va to'rt yildan so'ng,
Akademiyani tugatish chog'ida o'z menhatiga yaxshigina haq oladigan bo'ldi. U qadrdon
qishlog'iga qaytgach, bayram dasturxoni atrofida erishgan yutuqlari uchun sevimli akasi
Albertga minnatdorchilik bildirib, qadah ko'taradi. Endi Nyurnbergga borish navbati
akasiga yetgani, uning orzusi amdlga oshishiga ukasi yordam berajagini aytadi.
Butun oila Albertning Akademiyaga borishini ma'qullaydi, lekin u yig'lay boshlaydi.
«Yo'q... yo'q... yo'q...» deya takrorlardi u va ko'zidan shashqator yosh oqardi. Xona
sukunatga cho'mgandi. Albert ko'z yoshlarini artarkan, shivirladi: «Men uchun endi juda
kech bo'ldi. Men Nyurnbergga borolmayman. Qaranglar! — U kondagi to’rt yillik og'ir
mehnat oqibatida suyaklari qiyshayib, barmoqlari mayib qo'llarini ko'tardi. — Men
og'riqdan hatto qadahni ushlolmayapman, endi hech qachon mo'yqalam tutolmayman.
Men uchun endi kech bo'ldi.
Albrext Dyurer jo'nab ketdi va mashhur rassom bo'lib yetishdi. Bugun uning asarlari
jahonning ko'pgina ko'rgazmalaridan joy olgan. Lekin u o'z muvaifaqiyati akasi tomonidan
ko'rsatilgan saxovat tufayli ekanini hech qachon unutmagan. Akasiga so'nggi qarzini uzish
maqsadida shu tasvirni yarat-di. Boshqa hech qaysi tasviriy san'at asarida shundan ko'ra
ko'proq mehr, og'riq va ko'z yoshlarini topolmaysiz. Unda rassom akasining qo'llaridagi
har bir tirtiq, har bir yara izini ifodalagan. Unsizgina ibodat tarzida ko'kka tomon
cho'zilgan aka qo'llari shukronalik bildirayotgan va... kechirim so'rayotgan kabi
ifodalanishi rassomning o'z aybini sezishi va minnatdorlik hissini aks ettirardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |