www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Qaysi sohada bo'lmasin, o'zgalar ko'magisiz to'kislikka kamdan kam erishiladi, degan
hayot taqdim etgan eng muhim saboqni yodga solib turgani uchun ham ushbu suratni bu
yerga osib qo'ydim. Agar inson shu haqiqatni tan olishdan bosh tortsa, uning bankdagi puli
miqdori qanchalik ko'p bo'lmasin, qanchalik ulov va hashamatli uylarga ega bo'lmasin,
Haqiqiy Boylikning o'ninchi va so'nggi siri — saxovatpeshalik quvvatini bilib olmas ekan,
u o'zini asl badavlat deb sezmaydi.
— Saxovatpeshalik? — ishonqiramay qayta so'radi yigit.
— Ha, — javob berdi janob Liver. — Saxovatpeshalik — Haqiqiy Boylikning jon
tomiri. Albatta, sizni faqat o'zingiz va oilangiz uchun boylik to'plashgina qiziqtirsa, hech
bir yordam qo'lini cho'zmay ham maqsadingizga yetasiz. Lekin bu holda Haqiqiy Boylik
nimaligini hech qachon bilolmaysiz. Yodingizda tuting, boylik pul mablag'ingiz yoki
egalik qilayotgan mulkingiz miqdori bilan emas, balki hayotingiz sifati bilan aniqlanadi.
— Lekin saxovatpeshalikning hayotimiz sifatiga qanday aloqasi bor? — so'radi
yigitcha.
— Birovga biron yashirin maqsadda beg'araz yordam berishingizga to'g'ri kelganmi?
Shunchaki qo'lingizdan kelgani uchun ko'maklashganmisiz? Bu juda oddiy yordam
bo'lishi mumkin. Masalan, kishiga katta yo'ldan o'tishida yordamlashish yoki notanish
yo'lovchiga to'g'ri yo'l ko'rsatish kabi.
Yigit boshini qimirlatdi.
— O'sha kezda nimani tuydingiz? — so'radi janob Liver. — Bu sizga huzur
bag'ishladimi, unga ko'maklashganingiz sizga yoqdimi?
— Ha.
—Agar
o'zgalar
ahvoliga
e'tibor
bermay,
beparvo
o'tib
ketib
ko'maklasholmaganingizda qanday kechinmalarini sezardingiz?
— Ehtimol o'zimni aybdorday sezardim, — tan oldi yigit.
— To'g'ri. Ko'rib turganingizdek, muhtojga xayrixohlik ko'rsatib, o'zingiz haqingizda
yaxshi fikrlashni boshlaysiz. Jamiyat uchun qandaydir foyda keltirishga o'zingizni loyiq
sezasiz.
Demak, bundan-da ko'proq ehtiromga munosibligingizga ich-ichingizdan ishonasiz.
— Bu o'zingiz haqingizda yaxshi fikrlashga yordam berishi mumkin, — dedi
yigitcha. — Lekin boylik yaratishda sizga yordam bermaydi.
— Siz "O'ndan birini ajratish" deb atalgan tamoyil haqida hech eshitganmisiz? —
so'radi janob Liver.
— Eshitganman. Bunda xudojo'y kishilar daromadlarining bir qismini cherkovga
beradilar.
— To'g'ri. Lekin bu tamoyil Injil yaratilgan davrdayoq yuzaga kelgan, o'shandayoq
odamlar ishlab topganlarining (o'n foyizini) muhtojlarga berishgan. Endi juda qashshoq va
gadoylardan boshqa, hamma shunday qiladi.
Dinshunoslar o'ndan bir ulush haqidagi tamoyilning vujudga kelish sabablari haqida
bahslashadilar. Ayrimlar bu soliqning oddiy ko'rinishi deb biladilar, boshqalar esa jamiyat
o'z a'zolariga ko'proq g'amxo'rlik qilishi uchun bu tamoyil kiritilgan, deydi. Lekin
Do'stlaringiz bilan baham: |