www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
ko'pincha bu tamoyilga amal qilganlar ular bergan pullaridan ortiqroq darajadagi yutuqqa
ega bo'layotganlarini unutadilar.
— Ular o'zlari haqida yaxshi fikrlash imkoniga ega bo'ladilar, demoqchimisiz? —
taxminladi yigitcha.
— Ha, lekin yutuqning mohiyati shundaki, o'zgalarga berayotib, haqiqatda o'zimiz
olamiz. Chunki nimaiki qilmaylik, o'zimizga qaytadi. «Yaxshilik qil, suvga tashla: baliq
biladi, baliq bilmasa, Xoliq biladi». Nimaiki bersangiz, sizga shuning ajri bor, o'zingizga
ko'payib qaytadi. Byergan odamingizdan qaytishi shart emas, lekin baribir kimdandir
qaytadi.-
Ko'p yillar muqaddam men yashash uchun kurash olib borardim. Uzoq vaqtimni
sarflasam-da,
biznesim
hech
rivoj topmadi.
Kunlardan birida bir
qariyani
uchratmagunimcha...
— Keksa xitoylikni, — gapni bo'ldi yigitcha.
— Bo'lmasam-chi! — kulib yubordi janob Liver. — Undan Haqiqiy Boylik sirlarini,
shuningdek, saxovatpeshalik quvvati to'g'risida bilib oldim. Hozirgi ahvolimda
saxovatpeshalik bilan shug'ullanishga imkonim yo'qligi, pul berolmasligim haqida e'tiroz
bildirdim. Lekin chol xayriya bilan shug'ullanmaslikka imkonim yo'qligiga meni qat'iy
ishontirardi.
Tabiiyki, bu holga shubhalanibgina munosabatda bo'ldim, ammo daromadining o'n
foizini berganidan so'ng moliyaviy ahvoli yaxshilanganiga ishontirolgan odamni uchratib
qoldim.
Shunday qilib, nihoyat, saxovatga jur'at qildim va qarorim natijasidan ajablandim.
O'zim haqimda fikrim yaxshilandi, qiziqishim kuchaydi va... daromadim o'sa boshladi.
Bundan tashqari, hayotimdagi keskin o'zgarish, aynan saxovatpeshalik quvvati tufayli
bo'lganini ta'kidlash o'rinlidir.
Bugun juda katta davlatim bor mana shu uy, Barbadosda villa, Shveysariyada chang'i
majmuasi ham menga qarashli. Qadimiy roils-roys ulovi xizmatimda, sof daromadim esa
10 million funtga yetadi.
— Kishilarga xayriya qilish tamoyili yordam berdi, deb hisoblaysizmi? — so'radi
yigitcha.
— Bunga butunlay imonim komil. Albatta, faqat u emas. Haqiqiy Boylikning barcha
sirlari o'z rolini o'ynadi. Lekin daromadimning o'ndan bir qismini muhtojlarga berishni
boshlaganimdan so'nggina o'zimni badavlat deb hisoblay boshladim va ko'p o'tmay
daromadim ko'paya bordi. Imkoniyatlar va bitimlar birin-ketin yog'ilib ketdi.
Bularning barchasi shunchaki muvofiq kelib qolgan, deyishingiz mumkin, Lekin bu
kabi voqealarni so'zlab bera oluvchi ko'plab insonlar mavjud.
Yigitcha yon daftarchasiga bir qancha yozuvlar bitdi, janob Liver so'zida davom
etardi:
— Boylik — o'zida xos changlagich: atrofga oz-moz sepilsa — u ko'payishga
ko'maklashadi. Lekin uni teginmay bir joyga to'plab qo'yilsa, badbo'y hidi taralib, zararli
mikrob va zambumg'lar manbaiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |