www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
shiddatli ekanligini tushuntirdim, u anglagandek bosh irg'adi. «Shiddatli zamonlar hech
qachon tugamaydi, — dedi u, — ammo shiddatli kishilar doim harakatdalar!».
O'rtada o'zaro suhbat boshlandi va chol Haqiqiy Boylik sirlari to'g'risida so'z ochdi.
Ilgari bu haqda sira eshitmagandim, lekin uning hamma gaplari ma'nili edi. Xonadan
chiqib ketayotib, u o'n nafar kishi ismi va telefon raqamlari yozilgan ro'yxatni uzatdi
hamda basharti hayotimni o'zgartirmoqchi va Haqiqiy Boylik yaratmoqchi bo'lsam, shu
kishilar bilan uchrashmog'im zarurligini aytdi. Cholning ro'yxatidagilarning barchasi bilan
uchrashganimni so'zlashning hojati yo'q, lekin ajoyibot ro'y berdi — hayotim hatto
tasavvur etmagan darajada keskin o'zgarib ketdi. Bularning hammasi Haqiqiy Boylik
sirlari tufayli ro'y berdi.
— Sizga ular qanday ko'maklashdi? — so'radi yigitcha.
— Ular hayotda tutgan o'rnim uchun o'zim javobgarligimni va ahvolimni o'zgartirish
uchun quvvatim mavjudligini ko'rsatdilar. Nazarimda kelajakka umid va ishonchimni
yo'qota boshlagan o'sha davrda, menga, ayniqsa yordam bergani e'tiqod quvvati edi.
— E'tiqod? — takror so'radi yigitcha. — Lekin boylikka e'tiqodning qanday aloqasi
bor?
— Eng uzviy aloqasi bor, — javob berdi janob Levis. — Hayotda hammasi
e'tiqoddan boshlanadi. Bajarishga urinayotgan ishimizga to to'la ishonch hosil
qilmaguncha, biznesimizni tashkil etolmaymiz, pul yig'olmaymiz yoki uni kelajak uchun
tejolmaymiz, orzularimizni amalga oshirolmaymiz. Ikkilanishlar girdobiga tushib,
ko'pincha urinishlarimizni to'xtatamiz va yengilamiz.
Keksa xitoylikni uchratganimda o'z ishlarimni qay tarzda yaxshilash yo'llarini izlab
topishga urinardim. Kallamga kelgan yagona fikr, davletga qarashli. moliyaviy gazetada
aniq reklama kompaniyasini o'tkazish edi. Bu ish katta mablag'siz kiritishni talab etgani
bois hamda mo'ljallangan natijalarga erishishga hech qanday kafolat yo'qligi sababli ancha
xatarliligi muammo bo'lib turardi. Lekin agar ishlab ketsa, yuqori natijaga yetish ham
mumkin edi.
— Xo'sh, qanday yo'l tutdingiz? — so'radi yigitcha.
— Hech qanday, — javob berdi janob Levis. — Sira o'ylashdan to'xtamasdim:
«Mabodo ishlab ketmasa-chi?». Bu meni butkul xonavayron qilardi Reklama
kompaniyasini moliyalashtirish uchun bankdan yirik mablag'ni qarzga olishim zarur edi,
agar bu ish yopishmay qolsa, qarzni besh yil davomida to'lashga to'g'ri kelardi!
Boshlagan ishim muvaffaqiyat qozonadi, deb hisoblash uchun qanday asosim bor
edi? O'tmishda muvaffaqiyatga kam erishganman, endi maqsadimga yetishimga qanday
ishonishim mumkin edi.
Keyin cholning ro'yxatida ko'rsatilganlardan biri ikkilanish va taraddud chog'i
o'zingga: «Basharti yengilishni ko'tarolmasligingni bilganingda qanday yo'l tutarding?»
degan yagona savol berish kerakligini aytdi. Albatta, yengilishni ko'tarolmasligimga
ishonchim komil bo'lsa, qarz olardim va reklama kompaniyasini boshlashimni bilardim.
O'shanda bu odam: «Mana sizga javob. Muvaffaqiyatsizlikka uchramasligingizga
ko'zingiz yetgan taqdirda qanday yo'l tutish kerak bo'lsa, o'shandan qolmang». Shundan
Do'stlaringiz bilan baham: |