www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
U o'z e'tiqodlari zanjiriga kishanlangan, erkidan ajratilgan qul.
Tavakkal qilib, nimanidir garovga qo'ygangina ozoddir.
— Tavakkalchilikka borishga ham e'tiqod zarurmi? — so'radi yigitcha.
— Albatta, — javob berdi janob Levis. — Aslo bor bud-shudingizni olib, qimor
o'yiniga boring, demoqchimasman. Bu tariqa tavakkalchilik ahmoqlik va bu xildagi
gardkamlik hech qachon tagi mustahkam boylik keltirmaydi. Aytayotganim —
maqsadlaringizga erishish va omadsizlig-u mag'lubiyatlar haqidagi fikrlarga yo'l
qo'ymasdan o'ylangan harakatlar rejasining ishonchli loyihalariga bog'liq yaxshi hisobga
olingan tavakkalchilikdir.
Hayotingizga o'zgarish kiritganingizdagina u o'zgaradi, buni amalga oshirishga
qobiliyatli ekanligingizga o'zingiz amin bo'lishingiz kerak. Har qanday o'zgarish o'zida
mavhumlikning unsurini mujassamlashliradi, demak, bu ham tavakkal, lekin bir pog'onani
bosib o'tmay turib, keyingisiga qadam qo'yo’lmaysiz.
— To'g'riku-ya, biroq aynan to'g'ri qarorga kelganingizga qanday amin bo'lasiz?
— Basharti ikkilansangiz, hatto harakatlaringiz mantiqqa muypfiq kelmaydigan va
noto'g'ri tuyulsa-da, ichki sezgingiz va ko'nglingizga qarab ish tuting. Orzularingiz sari
ichki tuyg'ularingiz hammadan ko'proq yetaklaydi. Aynan shu bois ishonch shunday katta
ahamiyatga ega. Agar e'tiqodingiz bo'lsa va hayotingizda unga suyanib yashasangiz,
ajoyibotlar ro'y bera boshlashini ko'rasiz.
— Lekin e'tiqod qaydan bo'lsin? — so'radi yigitcha. — Hech qanday diqqatga molik
diniy tarbiya olgan emasman, hatto nimadan boshlashni ham bilmayman.
— E'tiqodga ega bo'lish uchun ma'lum dinga mansub bo'lish shart emas. Qaysi dinga
ixlos qilishingizdan qat'i nazar, qalbingiz ochiq ekan, nimani tilasangiz, o'shanga erishasiz.
E'tiqodga o'rganish va uni yaratish mumkin. E'tiqodga taalluqli eng yaxshi maslahatlardan
biri — «shunday amal tutginki, go'yo!...» iborasidir.
Shunday amal tutish kerakki, go'yo o'z niyatingizga albatta erishishga qodirsiz,
shunday amal tutish kerakki, go'yo qaysi ishga qo'l urmasangiz, u to'g'ri bo'ladi. Shunday
amal tutish kerakki, go'yo sa'y-harakatlaringiz shunchaki muvarfaqiyatga yetmay qolishi
mumkin emas, shundagina o'z oldingizga qo'ygan maqsadlarga erishish yo'lida sizni hech
nima to'xtatib qololmaydi.
— Shunday yo'l tutish kerakki, go'yo... — takrorladi yigit yon daftarchasi uzra
boshini egib.
— E'tiqodni yaratish uchun o'z-o'ziga ta'sir o'tkazishdan ham foydalanish mumkin,
chunki bu ongimiz ostidagi ishonchimizga ham hukm o'tkazadi. Nimaniki bot-bot
takrorlayversangiz, u ongingizning bir bo'lagiga aylanadi. Masalan, «Barcha ehtiyoj va
istaklarimni qondirayotgan Xudo bergan boylik umrimni to'ldirib turibdi», «hayotimdagi
Haqiqiy Boylik taqdimotlarini hech nima to'xtatolmaydi va hech nima to'sqinlik
qilolmaydi», «Barcha ro'y berayotgan voqealar maqsad va sababchisi — hayotimni boy
qilishdir», «Hayotdan nimaiki tilasam, o'z vaqt soati bilan zarur joyda olaman», degan
ayrim qoidalardan foydalanaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |