www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Har doim ham emas. Hamma boylar nohalol deya xulosa chiqarish hamma
qashshoqlar ham o'zlarini avliyolar singari tutadilar, degan taxminlar kabi bema'ni gap.
Haqiqatda qayda kambag'allik va qashshoqlik bilan ro'baro' bo'lmang, hamisha
jinoyatga duch kelasiz. Eng yuqori jinoyatchilik ayni eng qashshoq hududlardadir.
— Nima sababdan shunday ekan? — so'radi yigitcha.
— Chunki ko'pincha jinoyatni oqlash sifatida kambag'allik va qashshoqlikni bahona
qiladi Haqiqiy Boylik faqat halol yo'l bilan yaratilishi mumkin.
— Ammo, biznes bilan shug'ullanuvchi yo’lg'on-chi va birovlarni aldaydigan
kishilarni ko'p uchratganman.
— Demak, siz yomon odamlar bilan ko'proq munosabatda bo’lganga o'xshaysiz, —
dedi janob Bruks.
— Yaxshi va yomon odamlar orasidagi tafovutni qanday belgilash mumkin, ayniqsa,
hamma g'anim hamkasblaringiz nohalol bo'lsalar? — so'radi yigitcha.
— Buning eng oddiy yo'li shuki, har qanday ishga kirishishdan avval o'zingizga
qator savollar berishingiz mumkin. Birinchi savol: «Bu ish qonuniymi?». Agar bu faoliyat
noqonuniy bo'lsa, sizni albatta ko'ngilsizliklar kutadi. Ikkinchi savol: «Bu axloqiy
me'yorlarga qay darajada to'g'ri keladi?»
— Bu xususda tashvishlanishning hojati bormikan? — so'radi yigitcha. — Basharti
bu qonunga zid bo'lsa, amalda hech qanday ko'ngilsizliklar to'g'risida gap ham bo'lishi
mumkinmas.
— Politsiya haqida so'z borarkan, bu hammasi xuddi shundayku-ya, lekin esingizda
bo'lsin: salomga yarasha alik qaytadi. Agar yashashingiz uchun pul topishga yordam
berayotgan soha axloqsiz bo'lsa, oxir-oqibatda buning hammasi oshkor bo’ladi va nima
bilan shug'ullanayo-ganingizdan har bir kishi boxabar bo'lganda qay ahvolga tushasiz?
Gazetani varaqlasangiz bas, biznes yoki shaxsiy hayotda bo'lsin, axloqsiz harakatlar
shaxsning sinishiga olib kelishini ko'rasiz.
Yigitcha ma'qullagandek boshini irg'adi.
— Bu yerdan uchinchi savol kelib chiqadi: «Natijada o'z-o'zimdan faxrlana
olamanmi?». Agar ajarayotgan ishingiz faxr tuyg'usini uyg'otmas ekan, demak, siz yomon
ish qilyapsiz. To'rtinchi savol: «Bu haqda yaqinlarim bilishini xohlaymanmi?». Onangiz
ishingizdan boxabar bo'lsa, siz bilan faxrlanadimi? Siz bajarayotgan faoliyat oilangiz
a'zolarini faxrlanishga majbur etish o'rniga ularni xijolatga solayotgandek tuyulsa, bu ishni
darhol to'xtatish kerakligiga ochiq ishoradir. Va nihoyat, so'nggi savol: «Bundan keyin
o'zimni o'zim hurmat qila olamanmi?».- Basharti gap sizning tamoyillaringizga qarshi
biron narsa to'g'risida borayotgan bo'lsa, demak qadringizni yerga urayotgan bo'lasiz. Seni
hurmat qilmaydigan inson bilan yashash nihoyatda murakkab... ayniqsa, bu kishi o'zing
bo'lsang.
Asosiy tamoyil — biror kimsa sizga nimaiki qilmasin yoxud gapirmasin, o'zingiz
istamagan ishni qilmasangiz va so'zlamasangiz, bas.
Do'stlaringiz bilan baham: |