www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
— Ammo, hozirgina o'zingiz topganim uchma-uch kun kechirishga bazo'r yetadi
dedingiz, demak, mohiyatan hozir sizga hech nima qolmayapti. Daromadingiz, asosan
to'lovlarga ketmoqda.
— Him... ha... lekin... — chaynaldi yigitcha.
— Ko'pchilik odamlar, — shu jumladan, kamina ham shulardan biri edi — uchma-
uch kun kechirish uchun kurash olib boradilar va ular faqat to'lovlar uchun ishlayotganday
bo'lib tuyuladi, — davom etdi Ormen xonim.
— Lekin ko'pincha bu daromadlaridan o'zlari uchun hech qanday bo'lak
qoldirmaganlari tufayli sodir bo'ladi.
Agar Haqiqiy Boylik yaratishni boshlashni istasangiz, daromadingizdan bir qismini
o'zingiz uchun to'lashingiz va bu bo'lakni pul yig'ishga jalb qilib, doimiy daromadingizni
ta'minlashingiz zarur.
— Ancha iqtisod qila olishimga mutlaqo ko'zim yetmaydi, hatto umuman biron-bir
umid ham yo'q, — e'tiroz qildi yigitcha.
— Demak, sarf-xarajatlaringizni yetarli darajada donolik bilan nazorat etmas
ekansiz, — dedi Ormen xonim. — Menga ishoning, siz iqtisod qilib va omonatga qo'yish
imkoniyatiga ega bo'lmasligingiz mumkin emas.
— Ehtimol, lekin buni bajarishdan ko'ra aytish osonroqdir.
— Unday bo'lsa, shuni aytishim mumkinki, bu mening foydamga ishlayotganini
payqadim. Avvaliga olayotgan maoshingizning o'n foyizini ajratib yig'ing. Qancha pul
topishingizdan qat'i nazar, xarajatlarni shunday nazoratga olingki, maoshingizning o'ndan
to'qqiz qismini to'lovlaringizga yetkazing. Bunga o'rganish va odatlanish kerak. Buning
uchun ma'lum bir qisqa vaqt davomida ayrim rohat-farog'atlardan voz kechishga to'g'ri
keladi, ammo natijasi shunga arzigulik bo'ladi. Birgina misol keltirishimga ruxsat bering,
— dedi Ormen xonim. — Keling, faraz qilaylik, siz haftasiga 20 funtdan ajrata olasiz,
ya'ni, bir yilda 1000 funt yig'iladi, bu pullarni omonat dasturiga qo'ysangiz, sakkiz foizlik
yillik daromadga ega bo'lasiz. Yigirma besh yil davomida 25000 funt yig'sangiz, foizlar
hisobidan mablag'ingiz 78950 funtga yetadi.
— Rostdanmi? — hayratlandi yigitcha. — Lekin buning iloji bormi?
— Murakkab foyizlar! — javob berdi Ormen xonim. — Birinchi yili 1000 funtdan
sakkiz foyiz tug'adi, lekin ikkinchi yil 2080 funtdan sakkiz foyiz ko'payadi. Endi
o'zingizning birinchi foyizingizdan foyiz olasiz. Murakkab foyizlar hisoblanayotganda
omonatdagi pullaringiz qanchalik tez o'sayotgani shunchalik ajablanishga loyiq. Masalan,
o'ttiz besh yil davomida har yili 1000 funtdan pul qo'yib, sakkiz foyizlik yillik foyda olib
tursangiz, 35000 funt mablag' qo’yganingizda hisobingizda 186000 funtdan ortiq pulga
ega bo'lasiz!
— Pulning qadrsizlanishi-chi? — so'radi yigit. — Agar narx-navo sakkiz foyizga
oshib turganda omonatingiz sakkiz foyiz foyda keltirsa, boshlayotgan chog'ingizdan
tuzukroq ahvolda bo'lmaysiz-ku.
— Adolat tanbeh, — tan oldi Ormen xonim. — Mutlaqo haqsiz. Mablag'ingizning
o'sishining real sur'ati pulning qadrsizlanishi tezligidan ko'ra tuzukroq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |