www.aql.uz - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar
Ketayotib,
cholning
aytishiga
qaraganda,
muammolarimni
yechishga
ko'maklashuvchi bir varaq qog'oz tashlab ketdi. Unga ko'z yugurtirarkanman, hayronu lol
qoldim, chunki o'n kishining ism-sharifi va telefon raqamlari qayd etilgan ro'yxat bor edi,
xolos.
— Men ham xuddi shunday hissiyotlarni kechirgandim, — dedi yigitcha
jilmaygancha.
— Tan olishim kerakki, unchalik umidvor bo'lmadim, — so'zida davom etdi Ormen
xonim, — lekin ro'yxatda keltirilgan kishilarning hammasi bilan uchrashdim va ularning
gaplarini eshitdim. Ularning barchasi cholning haqligini ajoyib ravishda isbotlardi. Garchi
Haqiqiy Boylikning sirlari menga yordami tegishiga unchalik ishonmayotgan bo'lsam-da,
eshitganlarimni qo'llashga harakat qildim va hayotim sekin-asta o'zgara bordi.
Yigitcha yon daftarchasi va qalamini olib, yoza boshladi. So'ng Ormen xonimga
qarab:
— Hayotingiz qay tarzda o'zgardi? — deya so'radi.
— Avvaliga o'zimni shunchaki baxtiyorroq his eta boshladim, chunki hayotimga
ta'siri yanada kuchliroq bo'lishini anglagandim. Lekin ajablanarlisi shundaki, uch yilda
qarzlardan qutulib, uncha katta bo'lmagan xususiy biznesimni yo'lga qo'yishga yetarli
mablag' ham orttirdim.
— O'zgarishlarga eng samarali ta'sir etgan sir qay biri ekan? — so'radi yigit Ormen
xonimning boshidan kechirgan voqealarga qiziqsinib.
— Ularning barchasi menga yordam berdi, — javob berdi Ormen xonim, — lekin,
endi ortga nazar tashlarkanman, o'sha chog'da hayotimga eng chuqur ta'sir ko'rsatgani
xarajatlarni nazoratga olish quvvati bo'lganini ko'rmoqdaman.
— Xarajatlar nazorati? — takrorladi yigitcha. — Siz xarajatlarni rejalashtirishni
nazarda tutayapsizmi?
— Ha, shunaqa desa ham bo'ladi, —javob berdi ayol.
— Biroq xarajatlarni rejalashtirish boylik yaratmoqqa qanday yordam berishi
mumkin? — so'radi yosh yigit.
— Avvalo shuni esda tutingki, boylik sizning qancha pul topayotganingiz bilan
emas, balki topgan pulingiz evaziga qanday yaxshi yashashingiz bilan belgilanadi, —
davom etdi Ormen xonim.
— Nima farqi bor? — dedi yigit. — Axir qancha ko'p miqdorda pul topgan sari
shunchalik ko'p sarflash hamda tuzukroq hayot kechirishingiz mumkinligi aniq-ku.
— Shart emas, — javob berdi Ormen xonim. — Haqiqatda siz qancha ko'p pul
topsangiz, shuncha ko'p sarflashingiz va o'zingizga shuncha miqdorda jabr qilishingizga
to'g'ri keladi. Masalan, maoshingiz qanchalik baland bo'lsa, ishingizda shunchalik ko'p
soat sarflab, band bo'lasiz, demak, oilangizga ham shuncha kam vaqt qolishi mumkin.
Basharti siz katta maosh olsangiz-da, farzandlaringiz bilan birga bo'lishga haftasiga bir
necha soatdan mo'lroq vaqt ajratolmasangiz, o'zingizni badavlatroq hisoblaysizmi?
Yigitcha engagini qashladi.
— Nimani nazarda tutayotganingizni angladim, — dedi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |