Makonda va qiymat chegaralarida ham xuddi shunday xususiyatlar mavjud. Intensiv faoliyat chegaralarni kengaytiradi, lekin bunda vujudga keluvchi voqeliklar mavjud madaniyat uchun begona va xatarli bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, ushbu yondashuvga xos bo‘lgan madaniyatning tirik asosidan falsafiy abstraksiyalar dunyosiga o‘tishga intilishi, hozirgi davrga xos bo‘lgan texnokratik tafakkur ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Ushbu ta’rifning kuchli tomonlari mavjudligiga qaramasdan, amalda u tarixiy-madaniy izlanishlardan yiroq bo‘lib qolmoqda. Makonda va qiymat chegaralarida ham xuddi shunday xususiyatlar mavjud. Intensiv faoliyat chegaralarni kengaytiradi, lekin bunda vujudga keluvchi voqeliklar mavjud madaniyat uchun begona va xatarli bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, ushbu yondashuvga xos bo‘lgan madaniyatning tirik asosidan falsafiy abstraksiyalar dunyosiga o‘tishga intilishi, hozirgi davrga xos bo‘lgan texnokratik tafakkur ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Ushbu ta’rifning kuchli tomonlari mavjudligiga qaramasdan, amalda u tarixiy-madaniy izlanishlardan yiroq bo‘lib qolmoqda. Axborot ta’rif madaniyatni «barcha irsiy bo‘lmagan axborotlar yig‘indisi», uni tashkil etish va saqlash uslublari sifatida ta’riflab, madaniyat axborotlar ombori emas», u nihoyatda murakkab tashkil etilgan mexanizm bo‘lib, axborotni doimiy ravishda eng foydali va qulay uslublarni ishlab chiqqan holda saqlaydi, yangi axborotlarni qabul qiladi, ularni qayta ma’lumotlarga aylantiradi, ularning belgilarini bir tizimdan boshqasiga o‘tkazadi, deb izohlaydi.«Barcha irsiy bo‘lmagan axborotlar yig‘indisi» deganda, xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik mazmunga ega emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Xotiraning eng muhim ma’naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to‘sig‘ini yengadi va o‘limga qarshi turadi. Umumiy xususiyatlariga muvofiq, madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda alohida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz.«Barcha irsiy bo‘lmagan axborotlar yig‘indisi» deganda, xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik mazmunga ega emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Xotiraning eng muhim ma’naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to‘sig‘ini yengadi va o‘limga qarshi turadi. Umumiy xususiyatlariga muvofiq, madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda alohida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz. YU. M. Lotmanning fikricha, bir qator qoidalar, cheklashlar sifatida namoyon bo‘luvchi tashkiliy vaziyat madaniyatni belgilov-chi xususiyat hisoblanadi. K. Levi Strosning fikriga ko‘ra, «qayerda qoida bo‘lsa, shu yerda madaniyat boshlanadi. Inson tabiatidagi barcha umumiylik tabiatga tegishli bo‘ladi va stixiyali avtomatizm bilan tavsiflanadi, majburlash normalari bilan belgilanuvchi sifatlar madaniyat sohasiga tegishli bo‘lib, o‘zida nisbiylik va xususiylikni mujassamlashtiradi». YU. M. Lotman shuni ta’kidlaydiki, «madaniyat entropiyasi» axborotga aylantirishning eng mukammal mexanizmidir. Bu mexa-nizm axborotni saqlashi va uzatishi bilan birga, uning ko‘lamlarini kengaytiradi. o‘zini o‘zi doimiy ravishda mukammallashtirishi va rivojlantirib borishi uning qonunidir. Shuning uchun madaniyat bir vaqtda ham barqarorlik, ham dinamizm xususiyatlarini namoyish qilishi kerak. Shu ma’noda madaniyat tirik organizm va san’at asarlariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Madaniyatni insoniyat tomonidan yaratilgan yaxlit badiiy asar sifatida qabul qilmog‘imiz lozim.E’tiboringiz uchun rahmat!
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |