1-LABORATORIYA ISHI.
MAVZU: MASOFAVIY TA’LIM TIZIMLARIDAN FOYDALANISH VA
MS WORD MATN MUHARRIRIDA HUJJATLARNI TAYYORLASH.
Reja:
1.
Masofaviy taʼlim boʼyicha asosiy tushunchalar.
2.
Masofaviy ta’limning zamonaviy modellari.
3.
MS Worddahujjatli fayllarni yaratish, saqlash.
4.
MS Wordda matnni kiritish va tahrirlash.
Masofaviy taʼlim boʼyicha asosiy tushunchalar
Hozirgi kunda anʼanaviy taʼlim shakllari bilan birgalikda masofaviy taʼlim
texnologiyalari jadallik bilan keng joriy etilmoqda. Bu hozirgi yoshlarning, yaʼni
yangi
avlodning koʼpchiligi shaxsiy kompyuterdan erkin foydalana olishi va hozirgi kunda har bir
taʼlim
muassasasi, har bir shaxs Internet tarmogʼi va undagi maʼlumotlardan mohirlik bilan
foydalanishiga bogʼliq boʼlishi mumkin.
Masofaviy taʼlim texnologiyalari
- bu taʼlim oluvchi va pedagog xodimning toʼliq yoki
qisman masofadan oʼzaro faoliyatida asosan axborot va telekommunikatsiya
texnologiyalarini
qoʼllab amalga oshiriladigan taʼlim texnologiyalari tushuniladi.
Masofaviy taʼlim sohasida nufuzli nazariy ishlanmalar mavjudligiga qaramasdan, taʼlim
jarayonini tashkil qilish shakli sifatida hozirda masofaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish
kengroq hisoblanadi.
Masofaviy taʼlim texnologiyalarini qoʼllashda taʼlim oluvchi mashgʼulotda
qatnashmaydi, lekin topshiriqlarni bajaradi va tyutor bilan elektron pochta orqali muloqot qiladi
yoki tyutor taʼlim oluvchilarga darsdan tashqari vaqtda blog yoki sayt orqali konsultatsiya
beradi.
Masofaviy taʼlim texnologiyalari kunduzgi, sirtqi, kunduzgi-sirtqi; eksternat shakllarida;
taʼlimning maʼlum
bosqichlarida; asosiy va qoʼshimcha taʼlim dasturlarini amalga oshirishda
qoʼllanilishi mumkin. Masofaviy taʼlim texnologiyalarida qoʼllaniladigan
aloqa usuli har turli
boʼlishi mumkin. Ular elektron pochta orqali yozishmalar, shaxsiy
saytlar bloglar orqali
muloqotlar, materiallarni turli elektron resurslar yordamida oʼrganish va boshqalardan iborat.
“Masofaviy oʼqitish” atamasi, yuqorida aytilganlarning eng birinchi boʼgʼini boʼlib,
Viskonsin shtati Universiteti tomonidan 1892 yildan boshlab sirtqi (korrespondentlik) kurslarda
qoʼllanilgan. Masofaviy deb masofadan turib tashkil qilingan taʼlim tushunilgan. Unga
“korrespondentlik oʼqitish”, “uyda oʼqish” va boshqalar sinonim hisoblangan.
Xorijiy davlatlarda masofaviy oʼqitish boʼyicha bir qator muassasalar va olimlar
tomonidan izlanishlar olib borilgan va masofaviy oʼqitish haqida turlicha fikrlarni bildirishgan.
Аmerikaning masofaviy oʼqitish assotsiatsiyasi mutaxassislari (The
United States
Distance Learning Association — USDLA) masofaviy oʼqitish deganda -