«Aql ma’nolari haqida»



Download 66 Kb.
bet6/7
Sana23.06.2022
Hajmi66 Kb.
#694313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
komosh

Qadriyat (aksiologik) o‘lchovi asosidagi ta’rif. Bunda mada-niyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qimmatlarning yig‘indisidan iborat deb talqin etiladi. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur bo‘lgan shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan qadriy o‘lchovga ega bo‘ladi.«Madaniyat» tushunchasi taraqqiyot, tarix, inson, insonparvarlik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda turadi. Insonning faoliyat natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo‘lgan voqelik predmetli aksiologik ta’rifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatni qamrab oladi. Bu ta’rif kamchiliklardan ham xoli emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik hisobga olishga asoslangan. Bunday yondashuv voqelikka subyektiv baho berishga imkoniyat yaratadi. Aksiologik yondashuv doirasida madaniyat faoliyat natijasi í o‘tmishga aylanib qolib, o‘tmish va hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin.2.Madaniyatni «faoliyat» tushunchasi asosida ta’riflash. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Faoliyat kategoriyasi o‘rganish obyekti inson bo‘lgan fanlar harakatini integratsiya qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o‘ziga xos uslubi sifatida ta’riflash konsepsiyasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to‘ldiradi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki an’analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham muhtojdir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga, o‘zida faoliyat ko‘rsatish va madaniyatning o‘zlashtirish aspektlarini mujassam-lashtiradi. Ijodiyot faoliyat ko‘lami qancha katta bo‘lsa, madaniyat-ning ishlab turishi funksiyasi va kelgusi avlodlarga yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan faoliyat ko‘lami shuncha keng bo‘ladi. Faoliyat maqsadli yo‘naltirilgan faollikdir. Inson qanchalik faol harakat qilsa, shunchalik madaniyatning «chegaralari» yo‘qolib boradi. Bu chegaralar zamon, makon va qimmat o‘lchovlariga ega. Faqatgina belgilangan vaqt intervalida inson faoliyati natijalarini to‘g‘ri tasavvur qilish va ularni rejalashtirish mumkin. Faoliyat natijasi boshlanishidan qanchalik yiroq bo‘lsa, shunchalik uning madaniyat-ga munosabati noaniqlashib boradi.
Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish