«muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «xatti-harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko‘nikib qolganmiz.Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni baholash tushunchasi sifatida foydalanish va shaxsning ma’lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodaligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyatli kishi tushunchasiga qo‘shib ishlatiluv-chi sifatlar juda keng bo‘lib, uni qo‘llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning ijtimoiy maqomiga bog‘liqdir.Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda, ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi. Ba’zan madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish, «madaniy» kishilar bilan do‘stlashish va chiroyli narsalar bilan bog‘liq deb fikr qilinadi.Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda, ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi. Ba’zan madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish, «madaniy» kishilar bilan do‘stlashish va chiroyli narsalar bilan bog‘liq deb fikr qilinadi. Ro‘znomalarda, statistik ma’lumotlarda «iqtisod va mada-niyat», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari ko‘p ishlatiladi, bunda madaniyat ma’naviy ustqurma yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nuqtai nazardan iqtisodni, siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari turuvchi soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, mumtoz qadriyatlar va san’atning buyuk namunalari, ideal va yuksak intilishlar madaniyatga taalluqli sohalar bo‘lib, oddiy, kundalik narsalar unga yotdir, degan fikrlar asossizdir. Kundalik hayotda madaniyatga faqat qadriyatlar yig‘indisi sifatida qaralishi ham to‘g‘ri emas, chunki madaniyatda insoniyatga zararli bo‘lgan, eskilik qoldiqlari, to‘liq tekshirib ko‘rilmagan «yangiliklar» kabi salbiy narsalar ham o‘zlashtirilishi mumkin.Kundalik hayotda va fanda madaniyat atamasidan foydalanish to‘g‘risidagi mulohazalarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, madaniyat eng keng ma’noda insonni o‘rab turgan tabiatdan, ijtimoiy munosabatlarda va bevosita o‘zida stixiyali ravishda vujudga kelgan tayyor ma’lumotlardan foydalanishni, ongli ravishda ajratib olishni taqozo etadi. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va amaliy o‘rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi. Madaniyat shaxs tomonidan, uning sotsial jihatdan shakllanishi jarayonida o‘zlashtiriladi va asosan keng tarqalgan va ko‘pchilik qabul qilgan axloq, tafakkur va his qilishning parchalaridan tashkil topib, individual harakatlar hissasi bunda juda kamdir.Kundalik hayotda va fanda madaniyat atamasidan foydalanish to‘g‘risidagi mulohazalarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, madaniyat eng keng ma’noda insonni o‘rab turgan tabiatdan, ijtimoiy munosabatlarda va bevosita o‘zida stixiyali ravishda vujudga kelgan tayyor ma’lumotlardan foydalanishni, ongli ravishda ajratib olishni taqozo etadi. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va amaliy o‘rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi. Madaniyat shaxs tomonidan, uning sotsial jihatdan shakllanishi jarayonida o‘zlashtiriladi va asosan keng tarqalgan va ko‘pchilik qabul qilgan axloq, tafakkur va his qilishning parchalaridan tashkil topib, individual harakatlar hissasi bunda juda kamdir.Oddiy ongda madaniyatni tushunishning xususiyati bevosita unda amaliy ishtirok etilishiga bog‘liqligidadir. Madaniy voqelik-larga inson befarq munosabatda bo‘la olmaydi. Uning qadriyatlarga munosabati va hissiy emotsional tasavvurlari bolalik davrida to‘plagan tajribasidan boshlanadi va kishining jamiyatda tutgan o‘rniga, yoshiga, mavqeiga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, u o‘ziga begona bo‘lgan urf-odatlar va xatti-harakatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan, obyektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak.Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan, obyektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak.1.
Do'stlaringiz bilan baham: |