Aql – idrok koefitsentini aniqlash.
Reja:
Fikrlash jarayoni.Ijodkorlikning asosiy sababi. Ong va ong osti.
Tushunchalar shakllarini umumlashtirish. Fikrlash va muammolar. Muammolar turlari, ularning tarkibi va tuzilishi.
Ijodkorlik psixologiyasi va muammoni xal qilish qobiliyatlari
Yangi fikrlarni tan olmaslik va to‘liq inkor etish.
Xar bir yangilikka qarshi yuzlab raqiblar raydo bo‘ladi. Bularning eng dahshatlisi-ruxiy tan olmaslikdir. Bu bilan yaqindan tanishsak:
Boshlanishiga kichkinagina testni ko‘rib chiqamiz. Quyidagi savollarga ko‘z yugurtirib, bir on to‘xtalib, ularga javob bering.
Shunday qilib, boshladik.
Birni kvadrati nimaga teng?
Ikkini kvadrati nimaga teng?
To‘rtni kvadrati nimaga teng?
Burchak kvadratda nimaga teng?
Shunday kichik mashq. Albatta burchakni kvadrati 90 gradusga teng deb aytasiz. To‘rtta savolga javob izlash uchun sizga qancha vaqt ketdi? Agar ikki, uch unda sizning xisoblab chiqishingiz ajoyib, agar undan ko‘p bo‘lsa-unda sizni bu ko‘proq o‘ylatib qo‘ygan bo‘ladi va boshqacha yo‘lni qidirgan bo‘lasiz, bu ijodiyot uchun yaxshi emas.
Kichik test savollarini o‘tkazish shuni ko‘rsatdiki izlanish nomini olgan psixologik inersiyani ko‘rdik.
Izoh: Inersiya – harakatdan o‘z xolatini tiklay olish xolatidur
Psixologiya bunday atamalarga xoslikni tan olmaydi va uning o‘rniga ko‘pgina hissiyotlarni belgilaydi. Fikrlashdagi sustkashlik, yechimlarni topishga xarakat qilmaslik va boshqalar. Balkim bu to‘g‘ridir, ammo psixologik inersiya hamma narsani qisqa va tushunarli qilib qo‘yaadi.
Psixologik inersiya-bu qandaydir aniq usulga bog‘liq bo‘ladi va masala yechimini o‘ylashdagi xolatdir, xar hil imkoniyatlarga etibor bermaslik, birgina eng birinchi uchragan xolatdan tashqari. Bu psixologik inersyani aniq tushuntirib bera oladi.
Psixologik inersiya xolatlarini doimo kuzatamiz, u bizning xayotimizda xotirjamlik va mamurchilikni taminlaydi, ba’zi xolatlarda esa yomon xislatlar bilan xizmat qilishi mumkin. Bir xil ovqat istemol qilish, bir xil kiyinish, bir joyda o‘tirish, xatto bir xil ruchka bilan yozishni bajarish ham psixologik inersiya mahsulidir. Bir joyda o‘tirish psixologik inersiya kuchli bo‘lishi bilan ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz. Biror bir yangi noaniqlik bo‘yicha axborot olish bilan biz unga tushuntirish kiritishga xarakat qilib, bizdagi mavjud bilimlar tizimidan foydalanamiz. Agar u o‘xshamasa, yangicha bo‘lsa, bilimlar tizimiga bilimlar tizimiga mos kelmay qolib, chetga surib qo‘yishga majbur bo‘linadi. Bunga ko‘pgina misollar keltirish mumkin. Birinchi bo‘lib tadqiqot qilingan ishlarni ekspertizadan o‘tkazish juda muxim bo‘ladi, ilm ahli yangi yo‘nalishlardagi yangiliklarni qiyin qabul qilinadi. Uzoqqa bormasdan ishlab chiqarishlarda takliflarni qo‘llash qiyinchiliklarini eslash kerak bo‘ladi.
Konstruktor va loyihachilar o‘z faoliyatlarida malum, sinovlardan o‘tgan texnik yechimlar ular uchun meyorlar ishlangan nostandart vaziyatlarni yechish kerak bo‘lganda esa malum bo‘lgan yechimlarga moslashish bilan boshi berk ko‘chaga kiradilar. Bu bilan hamma ham psixologik inersiyaga mubtalo bo‘lgan va u bilan kurashib bo‘lmaydi deb bo‘lmaydi.
Ammo tabiatan shunday insonlar borki, ular teran aql ishlatadilar, yangiliklarni yaxshi qabul qiladilar. Bundaylar taniqli ratsionalizator, tadqiqotchi, olimlardir.
PI texnika rivojlanishida katta to‘siq bo‘lishi mumkin, u bilan jiddiy kurashish kerak bo‘ladi. Buning uchun ko‘plab uslublar mavjud. Bularga qarshi kurashishdan oldin diqqat bilan raqib qanday ko‘rinish olganini va qanday kuchga ega ekanligi hamda texnika ta’siri o‘rganilishi kerak.
Eng yomon xolatlardan yana biri PI – bu masalalarni xal etishda va bajarishda ularni amalga oshirish uchun yetakchi bo‘lgan odamlarning yangi g‘oyalarga qarshiligi va bunga biror bir chora ko‘rmasliklaridir. Natija oddiy bo‘lib, bu fikrlarni amalga oshirish uchun yillar, o‘n yillar va katta iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Tarix bunga ko‘plab misollarni keltiradi. Shulardan ba’zilarini ko‘rib chiqsak.
Kunlarning birida amerikalik tadqiqotchi olim Fulton Napaleon oldiga kelib, Fransuzlarning yelkanli kemalarini bug‘ bilan ishlaydigan dvigatellarga ( o‘sha paytda yangi ihtiro etilgan) almashtirish va bunda har xil noqulay ob-havo sharoitlarida to‘satdan Britaniya qirg‘oqlarigacha suzib borish imkoniyati paydo bo‘lishi va La – Manshdan o‘tib ingilizlar front ortiga desant tushirib xujumni behosdan boshlash imkoniyati paydo bo‘lishi haqida taklif kiritadi. Napaleon – Kemalar yelkansiz?? - deb bunga e’tiroz bildirgan. Bu fikr ulug‘ sarkardaga bajarib bo‘lmaydigan xolat bo‘lib ko‘rinadi va tadqiqotchiga kinoya qilib qo‘ya berdi. Britaniya tarixchilari bu xaqida, Napalyon Flotonning tadqiqotini baxolay olmaganligi Britaniyani bosib olnishidan saqlab qoldi deganlar. Bu xolatda PI yangi g‘oyani aniq isbotlarsiz to‘liq inkor etilganligiga voqif bo‘lamiz.
Agar siz xozirgi vaqta shunga o‘xshash xolatlar bo‘lmaydi desangiz qattik adashasiz.
Sovet tadqiqotchisi G. Altshuller aytganlaridekunga bir kuni shisha oyna yasovchi tashkilot vakili , oyna tayyorlovchi qurilmani loyihalash bo‘yicha murojaat etdi. Ularga konveyerning konstruksiyalarini issiq oyna adadlarini tayyorlashda yaxshilash kerak edi. Oyna yuzasini tekislaganda, ularning yuzasida to‘lqinli xolat vujudga kelib, ularni yana silliqlash kerak bo‘lar edi. Texnik tizimlarda ochilgan yangiliklar qonuniyati asosida muallif oynani issiq xolatida roliklar o‘rniga qo‘g‘oshinning mayda bo‘laklaridan eritilgan xolda foydalanish taklifini kiritdi. Ammo loyiha tashkiloti tomonidan bu taklif inkor etilgan. Oradan yetti yil o‘tgandan keyingina shu tashkilot G.Altshullerga ingliz firmasi “Pillington Brauzers Limited” patentini chetlab o‘tishga yordam berishni so‘radi, chunki u firma butun dunyoga o‘z tadqiqotini e’lon qilib ulgurgan edi. Bu xolatda ham PI kuchini ko‘rsatdi va talabni bajarmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |