Ayrton, fikringizni tushundim, degandek bosh silkib qo‘ydi.
— Men sizlardan olmoqchi bo‘lgan foydam mana bunday, — dedi u. — Ser, siz hali ham meni ingliz ma’murlari qo'liga topshirish fikridamisiz?
— Ha, Ayrton, bu eng adolatli ish bo'ladi.
— Bu to‘g‘rida tortishib o ‘tirmayman, — dedi xotirjamlik bilan botsman. — Demak, siz menga ozod-lik berishga rozi bo‘la olmaysiz?
Glenarvan bir zum ikkilanib qoldi. Ochiq-oydin qilib qo‘yilgan bu savolga javob berish oson emasdi. Garri Grantning taqdiri uning hozirgi javobiga bog'liq bo‘lishi ham ehtimoldan uzoq emasdi. Shunga qaramay, burch hissi ustun keldi, shuning uchun u:
— Yo‘q, Ayrton, men sizga ozodlik va’da qilol-mayman, — deb javob berdi.
— Men ozod qilinglar deb so‘rayotganim yo‘q! — g'urur bilan javob berdi botsman.
— Sizga nima kerak bo‘lmasa?
— Meni kutib turgan dor sirtmog'i bilan siz, ser, menga va’da qilolmagan o‘sha ozodlik o'rtasidagi bir narsa.
— 0 ‘sha narsa nima?
— Meni Tinch okeandagi bo‘m-bo‘sh orollardan biriga tashlab ketishni, shu bilan birga menga eng zarur bo'ladigan ba’zi narsalarni qoldirishni so'rar
Do'stlaringiz bilan baham: |